Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taʼlimning rivojlanish yo’nalishlari: uzluksiz taʼlim konsepsiyasi,texnologiya taʼlim paradigmalari.
- pedagogik paradigma
- Qadriyatli (aksiologik) yondashuv
- Bilim olishning an’anaviy paradigmasi
- Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma
Munavvarqori Abdurashidxonov
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida ozodlik, millat kelajagi uchun kurashgan ma’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchi-lik harakatining yirik namoyan dalaridan biri.1904-yildan boshlab o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisi. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek millim matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Adib 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari ma’rifatparvar kishilar edi. Siyosiy ma’noda ma’rifatparvarlik xalqni ozodlikka olib chiqish va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surish bilan ifodalanadi. Ma’rifatparvarlar keng ma’noda bilim tarqatuvchi kishilar hisoblanadi. Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan, ya’ni Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g‘oyalarni davom ettirdilar. Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag‘ ajratgan. 1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Ab-duvohid, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar. Taʼlimning rivojlanish yo’nalishlari: uzluksiz taʼlim konsepsiyasi,texnologiya taʼlim paradigmalari. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasi va Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi tashabbusi bugun reallikka ko‘cha boshlagani, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangrayotgani, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirayotgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, yurtimiz zamin tarixida ikkita buyuk Uyg‘onish davriga beshik bo‘lgani, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergani mahorat bilan qalamga olingan. Ayniqsa, Uchinchi Renessansga qo‘yilayotgan poydevor va yangi tamaddun asoslari aniq dalillar asosida ochib berilgan. Zotan, qaysi zamonda bo‘lmasin, buyuk evrilishlar, o‘zgarish va yangilanishlar, avvalo, xalqning qudrati, salohiyati va kuchiga tayanadi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonning ertangi kuniga ishonchni mustahkamlash, ajdodlarga munosib boʻlish uchun islohotlarni ilmdan boshlash kerak. Chunki ilmsiz hech bir sohada natija boʻlmaydi. Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarga yaxlit reja yaratildi. Shu maqsadda qator Farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks saʼy-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Maktabgacha taʼlim, umumiy taʼlim va oliy taʼlim tizimi mazmunan va sifat jihatidan yangilanib ta’lim klasterini barqaror faoliyati ijobiy amalga oshishini kafolatlaydi.3 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat. Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel). Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov) Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO). Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov). Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi.Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Didaktikada pedagogik paradigma(yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomoni Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at). Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at). Paradigma – bu kasbiy faoliyat amaliyotida qo’llaniladigan ta’limot va aniq ilmiy g’oyalardir. «Paradigma» tushunchasida urg’u aynan «aniqlangan» so’ziga, ya’ni ilmiy holatlar va g’oyalar xilma-xilligiga yo’naltiriladi.Paradigmalar- nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan: An’anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi). Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma. Fenomenologik (gumanistik) paradigma. Texnokratik paradigma. Ezoterik paradigma. Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud: 1.Qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi. 2.Faoliyatli yondashuv, asosan, madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi. 3.Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo‘ladi. Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Xususan: - ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari; - ta’limning samarali tizimi; - o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala; - ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari; - muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi. Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud: 1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. An’anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan avlodga etkazish. 2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha, behavior - xulq) konsepsiyasi tashkil qiladi. Maktabning maqsadi o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, “xulq” atamasi bilan “insonga xos hamma ta’sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va harakatlari” ifodalanadi (R.Tayler). Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi. P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o‘qishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning firicha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib tashlanganda o‘quv kursining butun mazmunini o‘zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir: Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonnini aniq belgilab olish asosida o‘qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak bo‘lgan aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. O‘quv birliklari, ya’ni o‘quv materiallarining yaxlit bo‘limlari ko‘rsatiladi, ularni o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko‘rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat. To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan har bir o‘quv kurs materiallarini o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o‘tkazish. Bu o‘rinda har bir o‘quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim. Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AQSH va boshqalar) ta’lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g‘oyalariga muvofiq ish ko‘rilganda 70 % o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o‘rin tutishini nazarda tutmaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling