Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet11/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

O’quv reja ta’lim sohalarini me’yorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmetlari bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum o’quv predmeti bo’yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi.
O’quv dasturi- ham xuddi o’quv rejasi muhim davlat hujjati bo’lib, unda muayyan o’quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o’quv yili davomida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi.O’quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o’rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to’la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo’lim va mavzular bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Tushuntirish xatida o’quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o’rni, ular o’rtasidagi aloqadorlik, materialni o’rganish jarayonida hal etilishi lozim bo’lgan ayrim bo’lim va mavzularni o’rganish xususiyatlari ko’rsatiladi. O’qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qo’llashga doir tavsiyalar beriladi.Soatlar hisobini asosli o’rinlarda o’zgartirilishiga yo’l qo’yiladi.Dastur materiali bo’limlar va mavzular bo’yicha taqsimlangan bo’lib, har bir mavzuni o’rganish uchun o’zlashtirishi majburiy bo’lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko’nikma va malakalarning aniq ko’rsatkichi beriladi, nihoyat, o’quvchilarga qo’yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.O’quv dasturi darslik va o’quv qo’llanma yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Darslik – bu aniq soha bo’yicha fan va madaniyat yutuqlarini zamonaviy darajadagi fan asoslarini tizimli ifodalovchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad hamda vazifalariga javob beruvchi kitob.O’quv darsligida o’quv dasturining aniq, to’la mazmuni o’z ifodasini topadi. Darslik bilimni asosiy manbai hisoblanadi. U yordamida o’quvchilarni mustaqil ishlari tashkil etiladi va u ta’limni asosiy vositasi hisoblanadi. Darslik o’quvchiga o’qishni o’rgatishi kerak. Darslikdagi o’quv materiali mazmuni o’quvchilarni yosh imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak.
O. Roziqovning ta’kidlashicha, o’quv darsliklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Bilish, o’rganish, izlanishga oid qiziqishlarni oshirish funksiyasi.
2. Hayotning turli sohalariga oid bilimlarni egallash, ularning hajmi, mazmunini kengaytirish funksiyasi.
3. O’rganilgan bilimlardan o’quv sharoitida, hayotiy muammolarni hal qilish jarayonlarida foydalanish funksiyasi.
4. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish funksiyasi.
5. Munosabatlarni shakllantirish funksiyasi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling