Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet12/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

O’quv qo’llanma –bu ma’lum bir fan asoslari muallifning ilmiy qarashlari va nuqtayi nazariga qarab yoritiladigan kitob. O’quv qo’llanmada mustaqil ish uchun tavsiya etilgan uslubiy tavsiya, lug’at, Nazorat uchun savollar berilishi mumkin.
Darslik va o’quv qo’llanmalar – bu o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish va bilim manbai sifatida ta’limning didaktik vositasi hisoblanadi.
Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. «Metod» — yunoncha «metodos» - «yoi» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1.O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim.
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.
6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri bu bilimlarning asosli va puxta bo'lishi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ulug‘vor vazifalar qo‘yilgan . Mazkur vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, ta’lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogika fanida ta’lim metodlarini va usullarini tasnif etish masalalari ham alohida muammo sifatida o‘rganilgan.Turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan turli tadqiqotchilar tomonidan ta’lim metodlari turlicha tasnif etilgan. Ya’ni, pedagogikada o‘qitish metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi olimlar o‘qitish metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olgan bo‘lsa, ayrimlari esa o‘qituvchi faoliyatini, uchinchi guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olgan. O‘qitish usullariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang bo‘lishi tabiiy, chunki o‘qitish metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, O‘qituvchi hamda o‘quvchi faoliyati bilan, bilim va malakalar bilan, qolaversa, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish ishlari bilan bog‘lik bo‘lgan tushuncha sanaladi. Shu bois ta’lim metodlarini tasnif etish bo‘yicha yagona yondashish mavjud emas. Didaktikada ta’lim metodlarini bilimlar manbai, didaktik maqsadlar, bilish faoliyatining saviyasi bo‘yicha farqlash mavjud. Ta’lim metodlarini bilish manbalari bo‘yicha tasniflash sodda jarayon bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Masalan, taniqli pedagog olimlardan S.I. Perovskiy, Ye.Ya.Golant va boshqalar o‘qitish usullarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan10. O‘qituvchi nutqi, ko‘rgazma qurol, darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ta’lim manbai sifatida ekanligini O.Roziqov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Umumiy didaktika” o‘quv adabiyotida alohida ta’kidlangan.Didaktikada ta’lim jarayonining turli bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, o‘qitish usullarini tasnif etish g‘oyasi ham mavjud. Masalan, Yu.K.Babanskiy tahriri ostida chiqarishgan o‘quv qo‘llanmasida berilishicha M.A.Danilov, B.P.Yesipovlar o‘qitish usullarini quyidagicha tasnif etgan:
-bilimlarni o‘rganishga oid usullar;
-ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari;
-bilim va malakalarni tadbiq etish usullari;
-ijodiy ishlash usullari;
-bilim va malakalarni mustahkamlash;
-tekshirish usullari.
Ta'lim metodlari tarkiban o’qitish metodlari va o’qish metodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish metodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish metodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza metodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat. Ma'ruza metodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kelmaydi. Zero, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga mo’ljallangan.
Og’zaki bayon metodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni Og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan universal metodlardan biri hikoyadir. hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv materialini o’rganishga bolalarni tayerlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o’qituvchi o’quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta'siri diolog shaklida amal qiladigan ta'lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: evristik suhbat; katoxezistik suhbat. Evristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan metod bo’lib, unda o’zaro ta'sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona foydalangan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling