Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash dars tipi quyidagi bosqichlardan iboratdir
Darsning maqsadi.
Pedagogik faoliyat obyekti bu o’quvchilar faoliyati hisoblanadi, natijasi esa o’quvchilarni o’zlashtirganlik darajasidir. Zamonaviy maktabda darsning maqsadi aniq bo’lishi zarur. O’qitishning umumiy nazariyasidan kelib chiqib ta’lim nazariyasi darsga nisbatan bir qancha talablarni ta’riflaydi: Maqsadning aniq qo’yilishi. Interfaol metodlardan foydalanish. Ta’lim prinsiplariga amal qilish. O’quvchilarda motivni shakllantirish. Darsda vaqtdan ratsional foydalanish. Dars tipologiyasi ― ta’lim nazariyasining murakkab didaktik vazifalaridan biridir. M.A.Danilov, B.P. Yesipov, B.A. Onishuklar dars tiplarini didaktik maqsadga ko’ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini tasviya etganlar: kirish darslari; o’quv materiali bilan tanishtirish darslari; qonun, qoida, tushunchalarni o’zlashtirish darslari; o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash darslari; malakalarni shakllantirish darslari; takrorlash va umumlashtirish darslari; nazorat darslari; aralash darslar. I.N.Kazansev darslarni ta’lim metodlarini qo’llashga ko’ra tiplarga ajratadi. ― ma’ruza-dars, suhbat-dars, ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil ishlash darsi. M.I.Mahmudov quyidagi dars tiplarini tavsiya etgan: ― yangi materialni o’rganish darsi; ― bilim, malaka, ko’nikmalarni shakllantirish darsi; ― tizimlashtirish va umumlashtirish darsi; ― aralash dars; ― nazorat va bilimlarni tuzatish darsi. O’qituvchi dars tipi qanday bo’lishidan qat’i nazar dars samarali bo’lishi uchun uni tuzilishi haqida o’ylashi zarur. Aralash dars tipi quyidagi bosqichlardan iboratdir: Tashkiliy bosqich. Didaktik vazifasi - o’quvchilarni darsga tayyorlash. O’tilganlarni takrorlash bosqichi. Didaktik vazifasi - tekshirish. Aktiv o’quv bilish faoliyatiga tayyorlash bosqichi. Didaktik vazifasi - o’quvchilarni bilish faoliyatiga tayyorlash. Yangi bilimlarni o’zlashtirish bosqichi. Didaktik vazifasi - o’quvchilarda hodisa, jarayon, tushunchalar to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish. O’quvchilarni yangi materialni tushunganligini tekshirish bosqichi. Bilimlarni mustahkamlash bosqichi. Didaktik vazifasi - bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkil etish. Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bosqichi. Bilimlarni nazorat qilish bosqichi. Uy vazifasi haqida axborot berish bosqichi. Dars bosqichlari dars tiplari o’zgarishiga qarab o’zgarishi mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling