Fizika o’qituvchisi:
- Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari paytida men o’quvchilarni 4-5 tadan qilib kichik guruhlarga bo’laman. Guruhga kimlarni kiritishni oldindan belgilab olaman. Bunda o’quvchilarning o’zaro munosabatlarini, tayyorgarlik darajasini hisobga olaman. Guruhga kuchli, o’rta va kuchsiz o’quvchilar kirishi kerak.
Geografiya o’qituvchisi:
- Men bolalarning o’tirishiga ahamiyat bermayman, kim qaerda xohlasa o’tiraversin. Buning dars uchun ahamiyati yo’q deb o’ylayman.
Shu masalada o’z fikringizni ayting. Bu muhimmi? O’quv jarayonida o’quvchining to’g’ri tanlangan ish joyi qanday rol o’ynaydi. O’qituvchi o’quvchilarni joylashtirishi kerakmi?
Matematika o’qituvchisi:
- Men o’quvchilarni o’quv maqsadiga ko’ra o’tqizaman, kuchli bilan kuchsiz, etakchi bilan qoloq o’quvchi birga o’tirishi kerak. Yetakchilar bilan ularning otalig’idagilarga qanday yordam berish haqida suhbatlar o’tkazaman.
Ingliz tili o’qituvchisi:
- Men o’quvchilarning bittadan o’tirishlari tarafdoriman. Shunda ularda mustaqillik shakllanadi, bir-biriga halaqit qilishmaydi. Har bir o’quvchi o’qituvchi bilan alohida ishlagandek bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi:
- Men birinchi navbatda bolaning sog’ligini- ko’rishi, eshitishi, bo’y balandligini hisobga olaman. O’g’il va qiz bolani birga o’tirg’izaman, bu bolani intizomli qiladi va tarbiyalaydi. Bo’ysunmas, quloqsiz bolalarni va qo’shimcha yordamga muhtojlarni o’z stolimga yaqinroq o’tqizishga harakat qilaman
Pedagogika – yunoncha ―paydagogos soʼzidan olingan, ―bola yetaklovchi degan maʼnoni bildiradi.
Pedagogikaning obʼekti – shaxsning maʼnaviy-intellektual kamolotijarayoni.
Pedagogikaning predmeti – pedagogik jarayonning qonuniyatlari,printsiplari, oʼqitishva tarbiya metodlari, vositalari va tashkiliy shakllaridan iborat.
Tarbiya – aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni shakllantirishgaqaratilgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |