Muhokama uchun savollar:
O‘qituvchilar o‘qitishning qanday metodidan foydalangan edi?
Ushbu metodlarga o‘qituvchi faoliyati hamda o‘quvchi faoliyati nuqtai nazaridan baholang.
Sizningcha, ayni vaziyatda qaysi metod samaraliroq?
Siz ushbu mavzuni o‘quvchiga qanday tushuntirgan bo‘lar edingiz?
7-keys bayoni
O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
8-keys bayoni
Anvarning matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikn o’qituvchi qo’lidan olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o’tirdi. U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. endi boshqa fanlardan ham ikkisini to’g’rilashni, «tarbiyasi og’ir» degan nomdan qutilishni, onasini xursand qilishni o’ylardi. U shirin xayollar bilan darsning yarmi o’tib ketganini sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to’ymasdi. Shu payt o’qituvchi :
Nima uchun kundalik o’ynab o’tiribsan? Qani mening savolimni takrorlachi!, deb qoldi. Anvar savolni takrorlay olmadi.
Kundaligingni menga ber!, -dedi o’qituvchi.
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo’ldi.
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo’ldi, lekin o’qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch bahoni ikkiga o’zgartirib qo’ydi.
O’qituvchi xatoga yo’l qo’yganini tushundimi? Bu holda qanday yo’l tutish kerak edi? O’qituvchi qo’llashi mumkin bo’lgan holatlar variantlarini bering.
9-keys bayoni
O’quvchi she`rni yaxshi ayta turib, birdan to’xtab qoldi, yana boshladi va to’xtadi. So’ngra yig’lab «Yodlagan edim», dedi. O’qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan», -dedi.
O’quvchi o’zini tutib olib she`rni to’xtamay aytib berdi. O’qituvchi 5 baho qo’ydi.
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o’rtasida bahoni oshirib qo’ymadimikin degan munozara boshlandi. O’qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o’qimagan bo’ladi.
O’qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim prinsipi qo’llanilayapti?
10-keys bayoni
«Sinfda o’quvchilar qanday o’tirishlari kerak» degan mavzuda munozara bo’lib o’tdi. O’qituvchilar bunga quyidagicha munosabat bildirdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |