Kurs ishining maqsadi. Hozirgi davr, respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy o‘zgarishlar ona tili ta’limi oldiga muhim jiddiy talablarni qo‘ymoqda. Mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida qurish, ta’lim-tarbiya jarayonida Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda o‘stirib borish, o‘quvchilarning nutqiy va imloviy savodxonligini to‘la ta’minlash ana shu talablar jumlasiga kiradi.
Kurs ishining obyekti boshlang‘ich sinf ona tili darslarini o‘qitish jarayonidagi olingan natijalardan tashkil etilgan.
Kurs ishining tаdqiqоt predmeti. Oʻquvchilarda ilmiy dunyo qarash elementlarini shakllantirishning samarali vositalarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning grammatikaga oid bilimlarni bilish, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitib borish, o‘quvchilarning shu davrgacha foydalanib kеlayotgan so‘zlarining ma'nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish yо‘llari va mаzmuni.
Kurs ishning nazariy ahamiyati. Nutqimizda grammatikani, xususan, so’z yasalishi, so’z tarkibi, so’z turkumlarini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham mazkur kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- o‘quvchilarga ona tili darslarida fonetika, morfologiya, sintaksis bo’limi haqidagi dastlabki tushunchalarni singdirish usullarini ishlab chiqish;
- o‘quvchilarning ona tiliga qiziqishini shakllantirish metodlarini ishlab chiqish.
Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili: Bitiruv ishining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta’lim-tarbiya sohasida keyingi yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari, tilshunos, metodist olimlarning tadqiqot ishlari ilmiy-nazariy va metodologik asos vazifasini o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |