Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash


Download 7.12 Mb.
bet52/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash
Kondensatsion yo‘l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo‘ladi:

  1. erituvchining o‘zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida;

  2. kimyoviy reaksiya natijasida. Erituvchini almashtirish usuli

Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o‘tishi bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p ko‘pol dispers darajali sistemalarni tashqil qiladi. Oxirida ko‘p dispersli sistema bo‘lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni yangi dispers muxitga o‘tkazishda gidrofob xossasi bo‘lgan flokulyasiya xodisasini hosil kilmaslik uchun stabilizator kiritilishi kerak. Kaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor kilsa, shunga o‘xshash dispersion muxitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi. Erituvchini almashtirish usuli bilan mexaniq dispergirlashga karaganda turg‘unrok suspenziya hosil bo‘ladi.
Ko‘rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha). SHunga ko‘ra bu guruhdagi miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) nomi bilan ataladi. Suvli eritmalarga nastoykalarni, suyuq ekstraktlarni va boshqa galen preparatlarini ko‘shsak, xira miksturalar hosil bo‘ladi.
Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash.
Keng tarqalgan yozmalarni ko‘ramiz.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 6,0:200 ml Tincturae Convalariae
Tincturae Valerianae ana8 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
Agar suzilgan natriy bromid eritmasi ustiga tindirmalarni ko‘shsak, undagi tinik rangsiz eritmada xira, ochrok, ko‘ngir suyuqlik hosil bo‘ladi. Nastoykalar tarkibidagi erigan moddalar, (70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o‘sha erigan moddalar) mayda gidrofil zarrachalari cho‘kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (dorixatda keltirilishicha, bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o‘tgan engil, parcha-parcha cho‘kmalar paydo bo‘lib), ekstrafaol moddalarning cho‘kishini ko‘ramiz.
Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga karaganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan miksturalar xirarok bo‘ladi. Nastoykalarga ko‘ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda ekstrafaol moddalar saqlaydi. SHuni aytish kerakki, miksturalardagi tuzli eritmani suzilgandan keyin galen preparatlarini kuyish lozim.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling