Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suspenziyalarning sifatini baxolash


Download 7.12 Mb.
bet54/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suspenziyalarning sifatini baxolash.

  1. Resuspendirligini aniqlash: 24 soat saqlangandan keyin 15-20 sek. davomida suspenziyalarni chayqatilib, zarrachalar keng tarqalishi kuzatiladi, 3 sutkadan keyin 40-60 sek.

  2. Quruq qoldiq: Ma‘lum hajmni o‘lchanib, quritiladi va quruq qoldiq massasi tortib aniqlanadi.

  3. Qatlamlarga bo‘linish vaqti – qanchalik qatlam kam bo‘lsa, suspenziyaning barqarorligi shunchalik yaxshi.

  4. Dispers faza zarrachalarini bir xilligini aniqlash uchun mikroskopda ko‘riladi, ularning kattaligi 50 mkm dan oshmasligi kerak.

5.Mikrobiologik tozaligini aniqlash. YUqorida keltirilgan talablar bilan bir qatorda suspenziyalar mikrobtologik tozalikka xam javob berishi kerak. Mikrobiologik tozalikka javob berishi uchun suspenziyalar tarkibiga konservant qushish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun ko‘pincha parabenlar ishlatiladi. 0025-0,20% metilparaben, 0,01-0,02 % propilparaben suspenziya tarkiba qo‘shish tavsiya etiladi. Bu ikkala preparat qaynab turgan suvda yaxshi eriydi va antibakterial xususiyati bo‘yicha yaxshi ximoya qiladi. Lekin bu moddalarni kiritishdan avval shifokor bilan maslaxatlashish kerak.18
12 - Ma‘ruza.
MAVZU 12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi: suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o‘rganish. Shuningdek nazariy bilimlari asosida talabalar dispersion, kondensacion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini tahlil qilishni o‘rganish.
Reja:

  1. Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.

  2. Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.

  3. Suspenziyalar sifatini aniqlash.

Tayanch atama va iboralar: gidrofil xususiyatli moddalar, gidrofob xususiyatli moddalar, kuchli gidrofob xususiyatli moddalar, kuchsiz gidrofob xususiyatli moddalar, stabilisator.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling