Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

RDB doiraviy jilvirlash stanogi 
Hozirgi doiraviy jilvirlash stanoklari RDB sistemalari bilan jihozlanadi. 
«OUEKVESK» firmasining 600 — SMS rusumli bunday stanogi bunga misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Bu stanok SKS toifasidagi RDB sistemasi bilan jihozlangan. 
Bu firmada ishlab chiqilgan doiraviy jilvirlash avtomati tayyorlamalar uchun 
zanjirli magazin va portal bo’ylab siljiydigan ikki qo’lli robot bilan jihozlangan. 
Robot tayyor detalni stanokdan olib, uni tayyor mahsulot idishiga uzatadi
shuningdek, tayyorlamani stanokka o’rnatadi. 
Yassi jilvirlash stanoklari 
Bu stanoklar yassi va tekis fason yuzalarni jilvirlashda qo’llaniladi. Yassi 


107 
jilvirlash stanoklari charx toshining yon qismi va tub qismi bilan ishlovchilarga 
bo’linadi. Bu stanoklarning ishlash chizmalari quyidagi rasmda ko’rsatilgan (40- 
rasm). 
Jilvir toshining yon tomoni 
bilan ishlovchi stanoklar ancha 
yuqori aniqlik (3-klass) olish 
imkoniyatini beradi. Ammo 
ish 
unumdorligi 
boshqa 
usullarga nisbatan pastrokdir. 
Quyidagi 3724 rusumli yassi 
jilvirlash stanogining tuzilishi,
40-rasm. 3724 rusumli yassi jilvirlash
stanogining tuzilishi.
ishlash prinsipi va kinematik chizmasi izohlangan. Stanok texnikaviy xarakteristikasi: 
jilvirlanuvchi yuzaning eng katta razmerlari, mm; uzunliga — 600; kengligi — 400; 
balandligi — 600 mm. Jilvir toshining razmerlari: mm da. maksimal — 500; minimali 
375; tosh kengligi — 10; jilvir to-shining aylanish soni, minutiga — 1430; stolning 
harakat tezligi, mm/min. — 33; surish katgaligi — 3 mm. 
Stanokka asosiy harakat (jilvirlash toshining aylanma harakati) alohida 
elektrodvigateldan uzatiladi. Ishlov berilayotgan tayyorlama stanokning stoliga 
elektromagnit plita yordamida o’rnatiladi va bo’ylama yo’nalishda ilgarilama-qaytma 
harakat qiladi. 
Stanok gidrosistemasining chizmasi quyvdagi rasedda ko’rsatilgan. Suyuqlik ish 
unumdorligi 50 m/min, bo’lgan shesternyali nasos (N
1
) yordamida 10—12 kg/sm
2
bosim ostida rezervuar (2), klapan (K
1
), drossel (D
1
) orqali reverslash zolotnigi 
(Z
e
)ning chap qismidagi o’yiq-ariqcha orqali kuch silindrik (S
1
)ning chap qismiga 
yuboriladi. Natijada porshenь bilan uzviy bog’langan stol (7), o’ng tomonga 
harakatlana boshlaydi. Silindrning o’ng qismidagi suyuqlik (yog’) zolotnik (3
2
)ning 
o’ng tomonidagi o’yiq, boshqarish zolotnigining o’rta kanali trubalar orqali rezervlarga 


108 
qaytariladi. Stolning o’ng tomonga harakati oxirida unga o’rnatilgan tayanch (R) 
dastak (U
1
)ni buradi, natijada boshqarish zolotnigi Z
r
unga, 3
2
esa chap tomonga 
suryladi. Bu holda suyuqlik nasosdan (12), zolotnikning o’ng tomonidagi o’yiq 
orqali zolotnik (3
2
ning o’ng qismiga kira boshlaydi va uni chapga suradi. Zolotnik 
(3
2
)ning chapga surilgan holatiga yog’ bosim ostida kuch silindrining o’ng tomoniga 
kira boshlaydi va uni chapga qarab sura boshlaydi. Drosselь (D
1
) yordamida reverslash 
zolotnigi plunjerini harakatlanish tezligini kerakli qiymatda o’zgartirish mumkin. Bu 
hol stanok stolini asta-sekinlik bilan reverslash imkoniyatini beradi. Stanokni to’xtatish va 
yurgazish kran (K
1
)orqali amalga oshiriladi. 
Jilvirlash toshining ko’ndalangiga surish gidroprivod yoki qo’l yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. Gidroprivod yordamida surish harakati quyidagicha amalga 
oshiriladi. Stolning har bir harakatining oxirida yog’ bosim ostida zolotnik (3
3
)ning 
plunjerini biror tomoniga kiradi, zolotnikning ikkinchi tomoni esa suyuqlik qaytaruvchi 
qismi bilan ulanadi. Plunjer bir tomondan ikkinchi tomonga surilish jarayonida ma’lum 
vaqg davomida ko’ndalang surish silindri (S
6
)ning yuqorigi qismini, yogai rezervuarga 
qaytaruvchi liniyaga ulanadi. Silindr pastki qismiga esa yor bosim ostida kira 
boshlaydi. Bu hodda porshenь shtok-reyka orqali yuqoriga qarab harakatlana 
boshlaydi va maxsus mexanizm yordamida jilvirlash babkasini suradi. Surish 
kattaligi qiymati maxsus mexanizm tarkibidagi sobachkani buralish burchagini 
sozlash orqali amalga oshiriladi.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling