Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#105338
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


 

 



 

 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

PSIHOLOGIYA KAFEDRASI 

MAKTABGACHA TA’LIM  YO’NALISHI  

 4-BOSQICH BITIRUVCHISI 

 

  

KUShMATOVA MAFTUNA    MAXAMADALI KIZINING 

         

 

 

 



MAVZU:  FARZAND TARBIYASIDA OILAVIY 

MUNOSABATLAR VA TARBIYANING IJTIMOIY 

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. 

 

 



 

 

ANDIJON-2017 



 

 

MAVZU:  Farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy 



psixologik xususiyatlari 

Reja. 

Kirish. 

1.BOB.  Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari.  

1.1  Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari 

tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi. 

1.2.  Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik   

xususiyatlari. 

1.3.  Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari. 

2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos  psixologik jihatlari. 

2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari. 

2.2 Ota-ona – bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari. 

2.3 Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning o‘rni. 

3-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik 

xarakteri. 

3.1 Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy 

taxlili. 

3.2. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik ta’sirini  

tajriba asosida o’rganish.  

Xulosa. 

Tavsiya. 

Foydalangan adabiyotlar. 

Ilovalar. 

 

MUNDARIJA. 



Kirish.____________________________________________________ 

1.BOB.  Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik  

asoslari.___________________________________________________ 

1.1  Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari 

tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi._________________________ 

1.2.  Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik   

xususiyatlari___________________________________________ 

1.3.  Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi 

qarashlari_________________________________________________ 

2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos  psixologik 

jihatlari.___________________________________________________ 

2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari._________________ 

2.2 “ Ota-ona – bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari___ 

2.3 Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning 

o‘rni_____________________________________________________ 

3-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik 

xarakteri.________________________________________________ 

3.1 Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy 

taxlili._______________________________________________  

3.2.  Tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshiruvchi  psixologik  ta’sirini  

tajriba asosida o’rganish. __________________________________ 

Xulosa.________________________________________________ 

Tavsiya_____________________________________________ ___ 

Foydalangan adabiyotlar.________________________________ 

Ilovalar._______________________________________________ 

 


 

Kirish. 



Tarbiya biz uchun yo hayo-yomamot, yo najot, yo haloqat, yo saodat, yo 

falokat masalasidir 

 

 

 

        

 

 

 

 

  (A.Avloniy

Barkamol  inson  haqida,  uning  mehnati  va  turmushi,  ma’naviy    taraqqiyoti 

haqida  g‘amxo‘rlik  jumxuriyatimizning  asosiy  maqsadidir.  Inson  o’ziga  hos 

xususiatlari  uning  mehnatga,  ma’naviy,  g‘oyaviy  va  madaniy  boyliklarga 

munosabatining asoslari oilada shakll anadi.Jamiyat  mustahkam,  ma’naviy  va 

ahloqiy  jihatdan  sog‘lom  oila  bo‘lishidan  manfaatdordir.  Shu  sababli 

jumxuriyatimiz  oilani  mustahkamlashni,  bolalar  tarbiyasi,  shuningdek,  ijtimoiy 

turmush  sharoitlarini  yaxshilashda  yordam  berishni  davlat  ahamiyatiga  molik  ish 

deb  biladi.  Keyingi  yillarda  respublikamiz  tomonidan  qabul  qilingan  bir  qator 

qaror va yo‘l-yo‘riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi 

fikrlar,  tavsiyalar  berildiki,  bular  respublikamizning  asosi  –  oilalarning  ijtimoiy-

iqtisodiy va ma’naviy  kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Chunki oilalarning har 

tomonlama  yuksalishi,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  jamiyatning  yuksalishi  demakdir.  Xuddi 

shu ma’noda 

1

yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti muhim masaladir. Ikkinchi 



tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo‘lgan talabi ham kun sayin ortib 

bormoqda.  Zotan,  ota–onalarning  bolalar  tarbiyasi  yuzasidan  ma’suliyatini 

kuchaytirish,  tarbiyalashga  oid  layoqatini  oshirish,  oilaviy  va  ijtimoiy  tarbiya 

birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. 

 Mavzuning dolzarbligi. 

Ma’lumki,  insoniyat  jamiyati  taraqqiy  etib  borgan  sari  odamlarning  o‘zlari 

ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo 

munosabatlar  orasida  eng  samimiy,  eng  yaqin  bo‘lgan  oilaviy  munosabatlar  ham 

takomillashib,  o‘ziga  xos  tarzda  murakkablashib  boradi.  Sababi:  hozirgi  zamon 

fan-texnika  taraqqiyoti,  ishlab  chiqarish  munosabatlari,  vositalari  taraqqiyoti, 

qishloq  xo‘jaligi,  sanoat  ishlab  chiqarishi,  umuman  xalq  xo‘jaligining  barcha 

                                                           

1

 

Karimov. I. A.  Yuksak ma’naviyat -  yengilmas  kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 - 176 b. 



 

 

jabhalarida  yangi  texnologiya,  texnik  jarayonlarning  jadal  joriy  etilishi  bevosita 



shu  jarayonlarning  yaratuvchisi,  ishtirokchisi  bo‘lgan  inson  omiliga,  inson 

shaxsiga  ham  o‘ziga  xos,  yangicha  talablar  qo‘ymoqda.  Ishlab  chiqarish 

munosabatlari,  jamiyat  taraqqiyoti  bir  tomondan,  odamlarning  o‘zlarida  ro‘y 

berayotgan  ijtimoiy-psixologik,  fiziologik  va  boshqa  o‘zgarishlar  odamlarning 

o‘zaro  muloqot  munosabatlari  doirasini  ma’lum  darajada  chegaralanib  qolishiga, 

ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga 

va  oqibatda  inson  ruhiyatida  mumkin  qadar  hissiy,  emotsional  zo‘riqishlarning 

yuzaga  kelishga  asos  bo‘lmokda.  Bularning  ta’siri  oilaviy  hayot  va  undagi 

psixologik  iqlimda  xam  o‘z  ifodasini  topadi.  Oilaviy  munosabatlar  o‘zining  ko‘p 

qirraliligi  bilan  alohida  xususiyat  kasb  etib,  jamiyat  taraqqiyotini  belgilashda, 

ma’nan  barkamol,  ruhan  sog‘lom  avlodni  voyaga  yetkazish  jarayonida  ularning 

ijobiy  yechimi  katta  ahamiyatga  egadir.  Agar  har  bir  oilani  tashkil  etuvchilar  o‘z 

muammolarini  bahamjihatlik  bilan,  o‘zaro  kelishuv  asosida  hal  qilsalar,  oiladagi 

tinchlik  kafolatlanib,  uning  ma’naviy  asoslari  mustahkam  bo‘ladi.  Alohida 

ta’kidlash  joizki,  er-xotin, qaynona-qaynota,  kelin-kuyov  munosabatlarida,  fikrlar 

va qarashlardagi paydo  bo‘ladigan  ayrim  kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, 

ziddiyatlarni  uni  tashkil  etuvchi  shaxslar  o‘zaro  kelishib,  muammoni  konstruktiv 

tarzda  yechishga  qodir  bo‘lsalar,  oiladagi  ijtimoiy-psixologik  hamda  ma’naviy 

muhit  yosh  avlod  ongida  insoniy  munosabatlar  to‘g‘risida  teran  va  ijobiy  

tasavvurlar  shakllanishiga  imkon  beradi.  Shu  bois  ham  mamlakatimizda  oila  va 

uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi. 

Mamlakatimiz  birinchi  prezidenti  I.A.  Karimov,  oilada  hukmron  bo‘lishi 

lozim bo‘lgan  ma’naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr 

bildirib:  “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari 

o‘z  burchlarini  ado  etmasa,  bir-birlariga  nisbatan  ezgulik  bilan  mehr  oqibat 

ko‘rsatmasa,  yaxshi  va  munosib  tarzda  yashash  mumkin  emas...  O‘zbeklarning 

aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh-

urug‘lari  va  yaqin  odamlarning,  qo‘shnilarining  omon-esonligi  to‘g‘risida 



 

g‘amho‘rlik  qilishni birinchi  o‘ringa  qo‘yadi.  Bu  esa  eng  oliy  darajada  ma’naviy 



qadriyat, inson qalbining gavharidir”.

2

 deb ta’kidlaganlar. 



Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  oilaviy  munosabatlar  har  doim  ham  bir 

tekisda  silliq,  risoladagidey  kechavermaydi.  Uy-ro‘zg‘or  yumushlarini  ado  etish, 

er-xotinlik 

burchlari, 

ota-onaning 

farzandlar 

oldidagi 

majburiyatlari, 

farzandlarning  kattalar  oldidagi  huquq  va  burchlarini  ado  etish  jarayonida 

murakkab  rollararo  muomala  va  muloqot  jarayonlari  kechadiki,  ularning  deyarli 

barchasida  shaxsiy  va  ijtimoiy  manfaatlar  to‘qnashadi,  ayrim  xolatlarda  fikr  va 

qarashlardagi 

ziddiyatlar, 

qarama-qarshiliklar, 

kelishmovchiliklar, 

anglashilmovchiliklar  shaxslararo  nizolar  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  xolatlar 

al,atta  farzandlar  tarbiyasiga  ta;sir  etmay  qoymaydi.  Bu  esa  tarbiya  jarayonida 

ijtimoiy  normalarni  amal  qilishi  yoki  buzilishida  nomoyon  bo’ladi.  Ayni  shu 

maslalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi. 

Mavzuning   o’rganilganlik darajasi; 

Tarbiya  avvalo  oilada,  keyinchalik  ta’lim-  tarbiya    muassasalarida    ta’lim 

bilan  birgalikda    uzluksiz      ravishda  berib  beriladi.  Shaxsning  qaror  topishining  

eng  muhim    vazifasi    o’quvchida  ahloq  talablariga  javob  beradigan  e’tiqod    va 

ideallar    tarkib    toptirishdir.  Bola  shaxsning  shakllanishdagi    bundan  keyingi  

jarayon shundan  iboratki, unda yuzaga kelgan ahloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi 

ya’ni uning ma’naviy ong xukmronlik  qiluvchi omildan  uning ijtimoiy faolligini 

belgilab beruvchi omilga aylanadi.  

Biz  o’rganayotgan  mavzu  bo’yicha  turli  soha  vakillari  o’z  yo’nalishlari 

asosida izlanishlar olib borganlar. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik 

berishicha,  o‘zbek  oilasining  hayoti,  undagi  o‘zaro  munosabatlar,  uning  urf-

odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va 

mehnat  shart-sharoitlari  jiddiy  ilmiy  muammolar  sifatida  XX  asrning  60-70 

yillaridan  e’tiboran  o‘rganila  boshlangan.  Respublikamiz  pedagog  olimlarining 

mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, 

M.  I.  Sanginov,  O.Musurmonova,  H.Uzoqov,  O.To‘raeva  va  boshqalar  o‘z 

                                                           

2

 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.  T.: O‘zbekiston



, 1992. – 72 

 

tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  o‘ziga  xosligi,  tarbiyaviy  imkoniyatlari  va  shart-



sharoitlari,  o‘zaro  munosabatlar  shakllanishining  ma’naviy  asoslarini  keng 

o‘rganganlar. Bu sohada psixolog olimlardan G‘.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina, 

E.G‘oziev,  V.M.Karimova,  M.G.Davletshin,  N.A.Sog‘inov,  S.A.Oxunjonova, 

A.Shojalilov  va  boshqlar  ham  o’z  atdqiqotlarida  oilada  farzand  tarbiyasi 

masalalriga alohida e’tibor bergalar. 

    Bitiruv  malaka  ishining  maqsadi:    Bitiruv  malakaviy  ishida  oila  va 

undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning bola 

tarbiyasiga  ta’siri,  bola  faoliyatini  oilada  tashkillashtirish  masalalari,  oilada 

ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish kabi masalalarni nazariy 

va  amaliy  tahlil  qilish  va  yoritish    maqsad  qilib  olingan.    Shuningdek,oilada 

farzandlar  tarbiyasining  ijtimoiy  psixologik  moxiyatini,  ijtimoiy  tasavvurlarning 

shakllanishida  oila  muhitining,  xususan,  ota-onalarning  o‘zaro  munosabatlari, 

ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy-

psixologik  mavqei,  oilaviy  munosabatlarga  tayyorligi  xususiyatlarini  xam  taxlil 

qilishga e’tibor qaratilgan. 



Bitiruv  malaka  ishining  vazifalari.  Ilmiy  maqsad  quyidagi  vazifalarni 

amalga oshirish zaruratini taqozo etadi: 

1. 

Oilada  farzandlar  tarbiyasining  oziga  xos  ijtimoiy-psixologik  shart-



sharoitlarini aniqlashga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish. 

2. 


Oilaviy      munosabatlar  sharoitida  ota-ona  va  farzandlar  munosabatlari 

negizida  shakllangan  tarbiyaviy    ta’sirlarini    ijtimoiy  psixologik    xususiyatlarinii 

aniqlash. 

3. 


 Farzand  tarbiyasida  oilaviy  munosabatlar  va  tarbiyaning  ijtimoiy 

psixologik xususiyatlarini organish 

4. 

Farzand  tarbiyasida  oilaviy  munosabatlar  va  tarbiyaning  ijtimoiy 



psixologik  xususiyatlarini  aniqlovchi  ijtimoiy-psixologik  usul  va  so‘rovnomalarni 

ishlab 


chiqish, 

mavjud 


test 

va 


metodikalarning 

maqsadga 

muvofiq 

modifikatsiyalarini tanlash, amaliyotda sinash, tadbiq etish. 



 

5.    Farzand  tarbiyasida  oilaviy  munosabatlar  va  tarbiyaning  ijtimoiy 



psixologik  xususiyatlarini  yosh,  jins,  hududiy  o‘ziga  xosliklarini  ijtimoiy-

psixologik  jihatdan  asoslash,  empirik  ma’lumotlarni  matematik-statistik  jihatdan 

qayta ishlash, ma’lumotlarni umumlashtirish. 

Bitiruv  malaka  ishining  predmeti.  Oilaviy  munosabatlar  tizimida  oiladagi 

farzand tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini psixologik  xususiyatlarini 

nazariy va amaliy taxlili. 

       Bitiruv  malaka  ishining  ob’ekti:      Oilada  farzand  tarbiyasining  ijtimoiy 

psixologik xususiyatlariOilaviy munosabatlar , ota-ona va farzandalarning o‘zaro 

iunosabatlari,  

 

Bitiruv  malaka  ishining  ba’zasi:  Namangan  viloyati  Uchkurgon 

tumanidagi  6 nafar oila  va maktab o’quvchilaridan 22 nafari.   



     

Bitiruv  malaka  ishining  farazi:  Tadqiqotimizdagi  asosiy  faraz  shundan 

iboratki, Agar: 

-  farzandlar  tarbiyasida  oilaviy  munolsabatlarni  o‘rniga  alohida  e’tibor  berish 

nuktai  nazardan  qaralsa,  oiladagi  ota  ona  munosabatlarining  ijtimoiy  xarakteri 

asosiy rol o‘ynaydi. Negaki “qush uyasida ko’rganini qiladi”- degan naql bekorga 

aytilmagan. 

-ota  ona  munosabatalaridagi  ayrim  salbiy  xolatlar  farzand  tarbiyasiga  ham  salbiy 

ta’sir  etishi  mumkin,  bunday  holatlarda  bolani  psixologik  zo‘riqishi  kuchaishi va 

ularda turli kasalliklarga moyilliklar ortishi mumkin. 

-farzanddagi  oilaviy  ustanovkalar  va  tarbiya  mezonlariga  mos    ijobiy  yoki  salbiy 

tasavvurlar  shakllantirish,  avvalo,  shu  oilada  ustuvor  hisoblangan  munosabatlar 

xarakterining  negiziga,  ya’ni  “Ota-ona  –  farzand”  munosabatlari  tizimidagi 

emotsional  yaqinlikni    shakllanishi  va  farzand  tarbiyasiga  ta’siri,  oiladagi 

demokratiklilik yoki  liberallilik tamoyiliga bog‘liq tarzda shakllanishi mumkin.  

-Tarbiya  jarayonida    bolaning  yoshga  xos  psixologik  xususiyatlari  o‘ziga 

xoslikka ega bo‘lib, ulardagi o‘zaro genderlik   xususiyatining kamayishiga, nizoli 

vaziyatni  idrok  qilish  darajasining  pasayishiga  zamin  yaratishi  va  bunda  ona 

shaxsining roli yetakchi bo‘lishi mumkin;  



 

Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi:  o‘rganilayotgan muammoning ilmiy 

yangiligi  shundaki,  tarbiya  masalasiga  turli  soha  vakillari  turlicha  yondashish 

asosida tahlil qilib o‘rganib kelmoqdalar. Lekin oiladagi alohida ijtimoiy muxit va 

psixologik  normalarning  tarbiyaga  ta’siri  masalasi    kam  e’tiborga  olingan 

muammodir..Ya’ni  bu  masala  psixologik  jihatdan  kengroq  o‘rganish  va  tadqiqot 

olib  borishni  taqozo  etadi.  Shu  nuqtai  nazardan  farzand  tarbiyasidagi  oilaning 

ijtimoiy psixologik xususiyatlari masalasidagi e’tibor beradigan jihatlari shundaki,  

1.  Oiladagi  ijtimoiy  normalarning  psixologik  jihatdan  tarbiya  jarayonida 

farzandlar tomonidan anglanilishi ta’minlash usullarini ishlab chiqilishi. 

2.  Ijtimoiy  normalarning  buzilishi  natijasida  ijtimoiy  sanksiyalar  asosida 

tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berishni shakllantirilishi. 

3.  Axloqiy  normalarning  oiladagi  a’zolar  tomonidan  idrok  etilishi  asosida 

tarbiyalanganlik    ma’nosini  kengroq,  milliylik  xususiyatlarini  farzanda  ongida 

shakllantirilishi. 

 Bitiruv  malaka  ishining  metodologiyasi.  Barkamol-ijodkor  shaxsni 

shakllantirishning  metodologiyasi  bu  kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  asosiy 

tushuncha  va  tamoyillarini  talqin  qilish,  ularni  amaliyotga  tadbiq  qilish 

jarayonlarini  ilmiy  o‘rganish,  o‘zgartirish  uslublari  majmuasi,  degan  ta’rif  paydo 

bo‘ladi.  Bu  bilan  metodologiya  tushunchasiga    xos  bo‘lib  kelgan  nazariylik 

amaliylik  bilan  bog‘lanadi.  Shuningdek, 

  Sharq  mutafakkirlarining  shaxsini 

shakllantirish  haqidagi    falsafiy  ta’limotlari,  axloqiy  qarashlari,  umuminsoniy  va 

milliy  qadriyatlar,  pedagogika  va  psixologiya  sohasidagi  ilg‘or  tajribalar, 

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov asarlari  va shu asosida 

yaratilgan  ko‘plab  monografik tadqiqotlar  metodologik  asos bo‘lib  xizmat  qiladi. 

Bundan  tashqari  tarbiya  psixologiyasi  muammosi  yechimida  ijtimoiy  muhitni 

ahamiyatiga bag‘ishlangan (bu o‘rinda ijtimoiy institutlar ko‘zda tutiladi) qarorlari, 

farmon  va  farmoyishlar,  me’yoriy  xujjatlar  ham  ilmiy  tadqiqot    ishiga  asosiy 

manbaa bo‘lib xizmat qildi. 

 

Bitiruv  malaka  ishining  metodlari:  tadqiqot  davomida  ko‘plab 

metodiklardan foydalanish mavzuning yoritishda asosiy rol o‘yna oladi. 



10 

 



  Tadqiqot  mavzusiga  oid  ilmiy  falsafiy,  psixologik  –pedagogik,  tarixiy 

adabiyotlar, o‘quv metodik qo‘llanmalarni ilmiy psixologik-pedagogik jihatdan 

taxlil etish usuli, kontent analiz: 

 



Tadqiqot  mavzusi bo‘yicha  respondentlar o‘rtasida  suhbat va so‘rovnomalarni 

tashkil etish: 

  Tadqiqot natijalarini qauta ishlash va xulosalarni umumlashtirish. 



Bitiruv  malaka  ishining  nazariy  va    amaliy  axamiyati:  Tadqiqotda  qo‘lga 

kiritilgan  ilmiy  xulosa  va  tavsiyalardan  joylarda  tashkil  etilgan  “Psixologik 

xizmat”  bo‘limlaridagi  amaliy  psixologlar  faoliyatida    foydalanish  mumkin. 

Shuningdek,  nazariy  xulosalardan  “Oila  psixologiyasi”,  “Etnopsixologiya” 

kurslarini  o‘qitishda,  ota-ona  va  yoshlarga  amaliy  maslahat  berishda,  keng 

jamoatchilik,  aholi  o‘rtasida  ijtimoiy-psixologik  bilimlarni  targ‘ib  qilishda 

foydalanish  mumkin.  Bundan  tashqari,  tajriba  natijalari  ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarning  samaradorligini  oshirish,  oilalarni  mustahkamlash  amaliyotiga  tadbiq 

etilishi mumkin. 

Bitiruv  malaka  ishining  tuzilishi:      kirish,  uchta  bo‘lim,  sakkista  paragraf,    

xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan 

iborat. 

 


11 

 

1.BOB.  Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari. 



1.1  Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning  jaxon psixologlari 

tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi. 

Oila  va  oilaviy  tarbiya  muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  olimlarning 

tadqiqotlarida  asosiy  e’tibor  oila  bo‘yicha    amaldagi  bo‘linishga  va  Bolalar 

tarbiyasida  ota-onalarning  faol  darajasiga  qaratiladi.  Shuningdek,  ota-onalarning, 

Bolalarning  hamda  aellarning  bandligi  va  ularning  Bolalar  tarbiyasiga  bo‘lgan 

ta’siri  oilaning  moddiy  imkoniyatlari  va  turar  joylariga  bog‘lab  o‘rganiladi. 

 

Jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy  kamoloti  yoshlarni  turli  ijtimoiy 



vazifalarni  bajarishga,  to‘plangan  munosabatlarga  doir  tajribalar,  moddiy  va 

ma’naviy  qadriyatlarga  har  tomonlama  va  uzoq  tayorlash  lozimligini  talab 

etmoqda.  Ijtimoiy-tarixiy  va  ilmiy  manbalarning  guvohlik  berishicha,  o‘zbek 

oilasining  hayoti,  undagi  o‘zaro  munosabatlar,  uning  urf-odatlari,  an’analari  va 

qadriyatlari,  turmush  tarzi,  madaniyati,  tarbiyaviy  muhiti  va  mehnat  shart-

sharoitlari jiddiy ilmiy  muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran 

o‘rganila  boshlandi.  Ana  shu  yillardagi  dastlabki  tadqiqotlar  ko‘proq  falsafiy, 

tarixiy,  etnografik  yo‘nalishdagi  va  oilaning  tarbiyaviy  va  mehnat  shart-

sharoitlarini  o‘rganishga  qaratilgan  bo‘lsa,  keyingi  tadqiqotlar  o‘z  xarakteriga 

ko‘ra,  oilaning  madaniy,  huquqiy,  tibbiy,  uning  turmush  tarzi,  undagi  tarbiya 

muhitining  ahamiyati,  o‘zaro  munosabatlarning  psixologik  qonuniyatlarini 

o‘rganishga  qaratilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Mazkur  tadqiqotlar  sirasiga 

quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. 

Jumladan,  X.Toshtemirov,  L.S.Yaxyoev,  G.M.Hamidova,  T.T.To‘ychieva, 

M.Xolmatovalar  tomonidan  oilaviy  turmushning  falsafiy  jihatlari,  oila-nikoh 

munosabatlarining  takomillashish  an’analari  va  hozirgi  zamon  o‘zbek  oilasining 

turmush  tarzi  o‘rganilgan.  Sh.A.Isroilov,  F.M.Otaxo‘jaev  va  boshqalar  o‘z 

tadqiqotlarida 

o‘zbek 

ayollarining 



huquqiy 

masalalari, 

oila-nikoh 

munosabatlarining 

huquqiy 

jihatlarini 

o‘rganganlar.  M.R.Bo‘rieva  o‘z 

tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  demografik  jihatlarini  tadqiq  etgan.  B.Z.Umarov 

esa  o‘z  ishlarida  o‘zbek  oilasining  sotsiologik  jihatlarini  tadqiq  etgan.  Ayniqsa, 


12 

 

Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari 



e’tiborga  loyiqdir.  A.  Q.  Munavvarov,  M.  I.  Sanginov,  O.Musurmonova, 

H.Uzoqov,  O.To‘raeva  va  boshqalar  o‘z  tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  o‘ziga 

xosligi,  tarbiyaviy  imkoniyatlari  va  shart-sharoitlari,  o‘zaro  munosabatlar 

shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.  

Oilaviy  hayot  psixologiyasi,  oila-nikoh  munosabatlari,  oiladagi  o‘zaro 

munosabatlar,  undagi  ziddiyatlar,  ajralishlar  va  uning  oqibatlari  keyingi  yillarda 

psixologiya  fanining  keng  tadqiqot  ob’ektiga  aylanib  bormoqda.  Bu  sohada 

psixolog 

olimlardan 

G‘.B.Shoumarov, 

Ye.A.Morshinina, 

E.G‘oziev, 

V.M.Karimova,  M.G.Davletshin,  N.A.Sog‘inov,  S.A.Oxunjonova,  A.Shojalilov, 

T.M.Adizova, 

E.Usmonov, 

X.Karimov, 

Sh.Sh.Jo‘raeva, 

R.S.Samarov, 

O.Shamieva,  N.Salaeva,  F.R.Ro‘ziqulov    va  boshqalar  olib  borayotgan  ilmiy 

tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.  

E.G‘ozievning  oilaviy  hayot  muammolari  sohasida  olib  borilayotgan 

tadqiqotlari  diqqatga  sazovordir.  Olimning  ta’kidlashicha,  oilaviy  munosabatlar 

turli  negiz;  iqtisodiy,  mafkuraviy,  hissiy  irodaviy,  axloqiy-aqliy,  qarindosh-

urug‘chilik,  yaqinlik  va  do‘stlik-  birodarlik  asosida  quriladi.  Ana  shu  negizlar 

baquvvat  oilada  er-xotin  totuvligi,  oila  barqarorligi,  oilaning  baxti  va  farovonligi 

ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida  ana shu muhim asoslarga e’tibor 

berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.  

E.G‘oziev  o‘z  tadqiqotlarida  oilada  yuzaga  keladigan  ziddiyatlar  va  oila 

buzilishlari    haqida  ham  alohida  to‘xtalib,  tarbiyaviy  qashshoqlik,  oilada  ortiqcha 

an’ana  va  marosimlarning  mavjudligi,  ichkilikka  ruju  qo‘yish,  rashk,  madaniy 

hordiq chiqarish  imkoniyatining  yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar 

ishlar  mavjudligini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Shuningdek,  E.G‘ozievning  bu  sohadagi 

ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning 

o‘ziga  xosligi,  oila  barqarorligining  ijtimoiy-psixologik  mezonlari  haqida  ham 

qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz. 

V.M.Karimova  o‘zbek  yoshlarida  oila  to‘g‘risidagi  ijtimoiy  tasavvurlar 

shakllanishi,  o‘zbeklarning  oilaviy  psixologiyasida  tarbiyaning  o‘ziga  xos 


13 

 

tomonlari  haqida  salmoqli  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan.  Muallif  tadqiqotlari 



davomida  o‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodida,  islom  dinining  muqaddas  manbalarida, 

sharq  mutafakkirlari  asarlarida,  taniqli  pedagog  va  psixolog  olimlar  asarlarida 

oilaning    farzand  tarbiyasidagi  ahamiyati,  oilaviy  hayot  muammolariga  doir 

materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni 

ilgari  surgan.  Muallifning  fikricha,  oiladagi  tarbiya  nola  xayot  yolining 

debochasidir, u    murakkab  va  ko‘p  komponentli  psixologik  tizim  bo‘lib,  ularning 

tarkibiga  oilaning  umumiy  qadriyatlari,  shaxslararo  munosabatlarga  xos 

tasavvurlar,  erkak  va  ayol  fazilatlari,  ularning  oilaviy  munosabatlardagi  o‘rni  va 

ahamiyati  to‘g‘risidagi,  oilaviy  rollar  va  ularni  amalga  oshiruvchi  ijtimoiy 

normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik 

tushunchalar kiradi. 

Oilaviy-munosabatlar  asosan  shaxs  ijtimoiylashuvining  dastlabki  davridanoq 

shakllana  boshlaydi  va  uning  o‘zgarishida  ijtimoiy-psixologik  omillar,  ta’lim-

tarbiya,  oila  muhiti,  milliy-ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlar,  shaxsning  muloqot 

muhiti  va  shaxsiy  faolligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Oilaviy-munosabatlar  har  bir  oila 

a’zosining  bilish  tizimida  shakllangan  ong  tarkiblaridan  iborat  bo‘lib,  shaxsning 

ijtimoiy  va  individual  tajribasi  sifatida  uning  oilaviy  hayotga  tayyorligini 

ta’minlaydi . 

V.M.Karimova  tadqiqotlarida  oilaviy-munosabatlarning  xarakteri  farzand 

tarbiyasiga  ta]siri  bolaning  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etishi,  ya’ni 

oilaning  katta  yoki  kichikligi,  to‘liq  yoki  noto‘liqligi,  undagi  rollar,  jinsiy  o‘zaro 

munosabatlar  haqida  va  reproduktiv  tasavvurlar  xarakterini  belgilashi  va  shaxsiy 

ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan. 

Oiladagi  o‘zaro  munosabatlarning  asosini  tashkil  etgan  oilaviy  tarbiyaga  oid 

masalalar  va  ularning  differensiatsiyasi  o‘zining  yosh,  hududiy  va  jinsiy 

xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  ular  avvalo  har  bir  oilaning  ruhiy  ma’naviy  muhiti,  u 

yerdagi  milliy  qadriyatlar,  an’analar,  rasm-rusumlar  qanchalik  saqlanib 

qolganligiga  ham  bog‘liqligi  asoslangan  Bu  holat  tarbiya  jarayoniga  katta  ta’sir 

etishi  muallif        tomonidan      psixologik  nuqtai  nazardan  tahlil  qilib,  uning 


14 

 

sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. 



M.G.Davletshin  tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  etnopsixologik  muammolari 

keng  qamrovli  o‘rganilgan,  shuningdek,  ta’lim  tizimida  o‘quv-tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil  etishda  etnopsixologik  omillarni  e’tiborga  olish  masalalari,  etnopsixologik 

xususiyatlarning  O‘zbekiston  psixologiya  fanida  o‘rganilganlik  darajalari  nazariy 

yo‘nalishda tahlil qilinadi. 

N.A.Sog‘inov    o‘z  tadqiqot  ishlarida  o‘zbek  oilalarida  kuzatiladigan 

ajralishlarning  etnopsixologik  xususiyatlari,  uning  farzand  tarbiyasiga  salbiy 

ta]sirlarini  uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, 

hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy-

madaniy  muhitida  ana  shu  sabablarning  qaysi  birlari  kuchliroq  ta’sirga  ega 

ekanligini  o‘zbek  qishloq  va  shahar  oilalari  misolida  hamda  erkak  va  ayollarda 

qanday kechish holatini aniqlashga erishgan. 

M.A.Sog‘inovning  ta’kidlashicha,  o‘zbek  oilalarida  er-xotinlarni  yoki  ulardan 

birini  ajralishga  undovchi  muhim  sabablar  sirasiga:  turmush  o‘rtog‘ining 

qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning 

noo‘rin  aralashuvi: turmush  o‘rtog‘ining oilaning  umumiy  masalalariga  befarqligi 

va boshqalar kiradi. 

Muallifning  e’tirof  etishicha,  o‘zbek  oilasidagi  ajralish  sabablari,  motivlari  va 

ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, 

ana  shunday  holatlarda  ularning  oldini  olish  choralari haqida  to‘xtalib,  mutasaddi 

xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . 

A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. 

Ba’zi  bir  yoshlar  oila  qurib  ota-onalik  funksiyasini  yetarli  darajada  bajara 

olmasliklari,  bu  holat  esa  yosh oilalarda  bir  qator  qiyinchiliklar  va  muammolarga 

sabab  bo‘layotganligi  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Shunga  binoan,  tadqiqotda  yoshlarni 

oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa 

va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, 

oila  qurgan  yoshlar  turmush  tarzini  kuzatib  borish  asosida  undagi  ixtiloflarning 

oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash 


15 

 

zarurligi ta’kidlangan. 



X.Karimovning  ilmiy  ishlarida  o‘zbek  oilasida  er-xotin  orasidagi  nizolar 

boshqa  millat  vakillari  (rus,  ukrain  va  boshqa)  oilalaridagi  nizolardan  farqlanishi, 

ya’ni  o‘ziga  xos  etnopsixologik  xususiyatlarga  ega  ekanligi  aniqlangan  o‘zbek 

oilalaridagi  er-xotin orasida  nizolarning kelib  chiqishiga  milliy-madaniy  muhitiga 

xos  bo‘lgan  nikoholdi  omillarining  xususiyatlari:  ya’ni  ba’zida  tanishish 

imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan 

nizo  sabablarini  tomonlar  o‘zidan  qidirmasligi,  uni  bartaraf  etishda  ota-onalarga 

tayanish,  oiladagi  o‘zaro  munosabatlar  qo‘pollik  asosiga  qurilishi  va  boshqa  bir 

qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. 

X.Karimov  tadqiqot  ishlari  natijalariga  tayanib  er-xotin  o‘rtasidagi  yuz 

beradigan  nizoli  holatlarning  klassifikatsiyasini  ishlab  chiqqan.  Nizolar 

klassifikatsiyasini  asoslashda  nizo  sabablari,  unda  ishtirok  etganlar  soni,  uning 

ifodalanish  darajalari,  nizo  o‘chog‘i,  yo‘nalganlik  xarakteri,  bosqichlari  va 

boshqalar  asos  qilib olingan.  Shu  bilan bir  qatorda,  muallif  tadqiqotlariga  tayanib 

oilaviy  nizolarning  oldini  olish  yo‘llari,  bartaraf  qilish  choralari,  unda  o‘zaro 

murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi. 

O.Shamievaning  tadqiqotlari  rahbar  ayollar  shaxsining  ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda  rahbar  ayollarning  faoliyati  ularning 

ijtimoiy-psixologik 

tuzilmasini 

ijtimoiy 

vaziyatlarga 

nisbatan 

xulqni 


muvofiqlashtirish  jarayonida  tarkib  topishi,  takomillashishi  va  rivojlanib  borishi 

ilmiy  asoslangan.  Shuningdek,  rahbarga  xos  shakllangan  sifat  va  fazilatlar 

(ijtimoiy,  psixologik  va  madaniy)  oilada  shaxslararo  munosabatlarning 

barqarorlashuviga, 

undagi 

tarbiyaviy-psixologik, 



muhitning 

yanada 


yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. 

F.R.Ro‘ziqulov  ilmiy  izlanishlarida  o‘zbek  oilalarda  ajralishning  ijtimoiy-

psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada 

ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini 

ta’minlashning  ba’zi  omillari  to‘g‘risidagi  ilg‘or  qarashlarni  va  hozirgi  kunda 

respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  davlat  ahamiyatidagi  tadbirlarni  tahlil 



16 

 

qilarkan,  oila-nikoh  munosabatlarining  jiddiy  jihatlaridan  biri  sifatida  hali  ham 



oilalarning  buzilishi  -  ajralishlar  borligini  alohida  ta’kidlab  o‘tadi.  F.Ro‘ziqulov 

ajralish  miqdori  haqida  gapirar  ekan,  «Ajralish  respublikamiz  hududida  istiqomat 

qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari, 

Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam 

bo‘lsa-da,  biroq  o‘zbek  oilalarida  ajralish  asoratlari  nihoyatda  ayanchli,  noxush 

holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy 

ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. 

Muallifning  tadqiqot  xulosalariga  ko‘ra,  ajralish  va  uning  asoratlari  o‘zbek 

oilalarida  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  ko‘p  bolalilik,  uning  murakkab 

tuzilmaliligi, 

qarindosh-urug‘chilik 

aloqalarining 

kuchliligi, 

oila-nikoh 

munosabatlarining  etnik  xususiyati  ko‘proq  saqlanib  kelganligi,  o‘zbek  oilasida 

ajralish  boshqa  xalqlarnikiga  nisbatan  qoralanishi,  er-xotinlarning  turmush 

darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi. 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling