Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana12.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#105338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


Xulosa. 

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  shaxs  tarbiyasida  ota-ona  bilimlarini  doimiy 

oshirib  borishlari  lozim.  Yagona  haqiqat  shuki,  uyda  ota-ona,  maktabda  ustoz  va 

murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib 

kelayotgan  avlodlarga  to‘g‘ri  yo‘l  ko‘rsata  olish  mumkin.  Eng  muhimi  ularning 

psixologik  rivojlanishi,  ruhiyatidagi  o‘zgarishlar  to‘g‘risida  umumiy  ma’lumotga 

ega  bo‘lish  mumkin  bo‘ladi.  Bu  esa  o‘z  o‘rnida  munosabatlarni  to‘g‘ri 

rivojlanishiga,  ularni  hayotini  oldindan  ko‘ra  bilishga,  kelajagini  porloq  qilib 

voyaga yetkazishga katta yordam beradi. 



       Oilaviy  hayot,  mehnat,  kattalar  va  kichiklar  o‘rtasidagi  o‘zaro 

munosabatlar,  axloqiy-ma’naviy  qiyofalari,  ota-onalarning  siyosiy  va  ma’naviy 

saviyalari,  ularning  iqtisodiy  ta’minlanganligi,  turli  ko‘rinishdagi  faoliyatlari, 

vaqtni  to‘g‘ri  rejalashtirish,  yashash  sharoitlari  va  boshqalar  oilada  farzand 

tarbiyasini    samaradorligini  ta’minlovchi  omil  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Biz 

mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik: 

  Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga 



ega boladi; 

  Oiladagi    axloqiy  tarbiya  bilan  ta’lim  muassalari  tarbiyasi  mushtarakligini 



ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ; 

 Farzandlar  tarbiyasida  oilaviy  an’analarni,  milliy  urf  odatlar  mohiyatini  ular 



ongiga  singdirib  borish  tarbiyaning  milliy  xarakterini  oshirish  imkoniyatini 

beradi.  

 oilaviy  hayotda  urf  –  odat,  an’ana,  milliy  ong  va  milliy  til  kabi  ijtimoiy 



tushunchalar  va  O‘rta  Osiyo  mutafakkirlarining  axloq,  odob  va  oilaviy  hayot 

xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi; 

 

oilaviy  tarbiyaning  o‘ziga  xos  qoidalaridan  xabardor  bo‘lish  va  kamchiliklarini 



psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor

 



oilada  shaxslararo  munosabatlarning  ko‘rinishini  va  rollar  taqsimoti  bola 

faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega



69 

 



 

oilada  ma’naviy,  axloqiy  va  madaniy  malakalarni  shakllantirish  bolaning  har 

tomonlama  ma’nan  pok,  iymonli,  vatani  va  xalqiga  sodiq  farzand  bo‘lib 

yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.   

 

Sog‘lom  bola  oilada  shakllanadi  va  kamol  topadi.  Bu  o‘rinda  ota-onaning 



psixologik-pedagogik    bilimi,  dunyoqarashi  hamda  madaniyati  yetakchi  omil 

hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish, 

mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi. 

Ko‘rib  o‘tdikki  oilada  bola  tarbiyasi  masalasi  qadim-qadimlardan  bo‘yon 

barcha  axli  donishlarning  fikrlari  qaratilgan  eng  asosiy  masalalardan 

hisoblangan.  Hattoki,  urf-odatlarimiz,  an’analrimiz  ham  bolalarni  har 

tomonlama  shakllantirishga  qaratilgan.  Allomalarimizning  qarashlari, 

an’analarimiz  asrlar  o‘z  hikmatli  tomonlarini  yo‘qotmay,  tobora  sayqal 

topib  hozirgacha  keldi.  Ular  o‘z  navbatida  oilada  bola  tarbiyasida  ijtimoiy 

pedagogik  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Oilada  bola  tarbiyasidagi  ijtimoiy 

pedagogik  asoslar  esa  jamiyatda  yuz  berayotgan  ijtimoiy,  iqtisodiy 

jarayonlar  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Bu  jarayonlar  tub  o‘zgarishlar  davrini 

boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi 

kunda  jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlarning  o‘zgarishi  natijasida  barcha 

sohalar  kabi  oilada  shaxslar  aro  munosabatlar,  shu  ju mladan  ota-ona  va 

farzandlar  orasidagi  munosabatlar  ham  davr  talabiga  mos  holda 

shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish, 

madaniy  merosimizni,  milliy  qadriyatlarimizni,  urf-odatlarimizni  tiklash  va 

ularni  amaliy  faoliyatda  qo‘llash  hamda  xususiy  mulkka,  ishbilarmonlikka, 

tadbirkorlikka  keng  e’tibor  berish  ularni  kishilarimiz  hayotiga  tadbiq  etish 

kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos 

holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy  merosimizni, milliy 

qadriyatlarimizni  o‘rgatish  bilan  bir  qatorda  yosh  avlod  ongiga 

umuminsoniy  qadriyatlarni  bilish,  jahon  xalqlari  tillarini,  madaniyatini 

mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi 

yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir. 



70 

 



 

Bugungi  kunda  davlatimiz  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  o‘zgarishlar 

yagona  maqsadga  aholining  moddiy  sharoitini  yaxshilash,  turmush 

farovonligini  oshirishga  qaratilgan.  Yana  bundan  tashqari  kelajagimiz 

hisoblanmish bolalar va ularning tarbiyasiga keng e’tibor berilgan bo‘lib, 

uni  «Sog‘lom  avlod  ordeni»ning  «Umid»  va  shu  kabi  turli  xil 

jamg‘armalarning ta’sis etilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 

Ota-onaning  o‘z  farzandi  tarbiyasiga  e’tibor  bermasligi,  uni  o‘z  holiga 

tashlab qo‘yishi, bu sohadagi vazifalarga bir tamonlama qarash ota-onaning 

burchini jamiyat oldidagi ma’suliyatini his qilmaslikdir. Har bir ota -ona o‘z 

farzandi  tarbiyasi  bilan  asosli  ravishda  shug‘ullanishi,  buning  uchun  esa 

ta’lim-tarbiya  ishining  o‘ziga  xos  tomonlarini,  qonuniyatlarini,  bolaning 

pedagogik-psixologik  va  yosh  xususiyatlarini,  jismoniy  va  fiziologik 

rivojlanish  qonuniyatlarini  bilishlari,  yosh  avlodni  tarbiyalash  sohasidagi 

muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.            


71 

 

AMALIY TAVSIYaLAR 

 Farzand  tarbiyasida  oilaviy  munosabatlarni  o‘rni  va  ijtimoiy  xarakteri 

masalalarini  biz  yuqorida  nazariy  va  amaliy  taxlillarimiz  asosidagi  xulosa 

qiladigan  bo‘lsapk,  demak  farzand  tarbiyasi  bu  o‘ta  muxim  va  dlzarb 

masalal.uning  shakllanishida  birinchi  o‘rinda  ota-ona  munosabatlari  va 

tarbiyalanganlik darajalari yotadi.    

Ma’lumki,  bolaning  shakllanishi,  tarbiyasi,  dunyoqarashi,  muomalasi  avvalo 

oilada  boshlanadi.  Oiladagi    bobo,  buvi,  ota-ona  ,  aka-opalar    bilan  birgalikdagi 

munosabatlarida tarbiyalanib boradiTarbiyaning axloqiy jihatlarii shakllanadi.  

1. 

Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni  targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy 



tarbiyada  qiyinchilikka    uchrayotgan  ota-onalarga    jamoatchilik  yordamini 

kuchaytirish  lozim.  Oilaviy    tarbiyada  ijobiy  yutuqlarni  qo‘lga  kiritgan  ota-

onalarning  tajribalaridan  foydalanish  uchun  ularni  maktabning  kengaytirilgan 

yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari 

bilan  o‘rtoqlashishni  yo‘lga  qo‘yish    nihoyatda  muhimdir.  Ulardan  unumli 

foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur. 

2. 

Ta’lim  muassalarida  psixolog  va  pedagoglarga  tashxis  vositasi  sifatida 



farzandlar  bilan  “Ota-ona  va  farzand  munosabatlari”  ,  “Burch  va  uning  oilaviy 

munosabatlardagi  o‘rni”mavzusida  suhbat,  yozma  ishlar,  Dj.Moreno  tomonidan 

tavsiya  etilgan  sotsiometriya  metodi,  M.Rokichning  “Qadriyatlar  orientatsiyasi” 

metodlaridan  foydalanish,  Feldsning  “Psixologik  yaqinlik”  testi  yordamida  ota-

ona,  oila-a’zolari,  tengdoshlariga  munosabatlarining  emotsional,  kognitiv, 

shuningdek,  ijtimoiylashuv  xususiyatlari  ta’sirini  o‘rganish  uchun  M.Saks  va 

S.Levining  “Tugallanmagan  jumlalar”,  mutaxassislarga  havola  qilingan  “Suratlar 

albomi” metodikalari tavsiya etiladi.   

3. 

Ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda yoshlarni 



oilaga  tayyorlashga  yo‘naltirishda  burch  fenomeni  va  uni  shakllantiruvchi 

psixologik  mexanizmlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.    Buning  tegishli 

yo‘nalishda va samarali kechishi uchun, oila va maktab hamkorligini kuchaytirish 

talab etiladi. 



72 

 

4. 



Ommaviy axborot vositalari orqali farzandlarga burch xissi va uning ijtimoiy 

psixologik 

mexanizmlarining 

shakllanishi, 

ota-ona 

va 


farzandalar 

munosabatlaridagi ma’suliyat, burch tushunchalarining axamiyati xakida    maxsus 

ko‘rsatuvlar,  ruqnlar  turkumini  tayyorlash,  ularni  farzandlarning  bo‘sh  vaqtiga 

moslab  namoyish  etish,  ular  o‘qiydigan  nashrlarda  chop  etish,  maktabda  turli  xil 

kasb  ustalari,  urush  va  mehnat  faxriylari,    bilan  uchrashuvlar  tashkil  qilish 

maqsadga muvofiqdir. 

5. 

Ta’lim muassasalarida ayniqsa, o‘qituvchilar ijtimoiy- psixologik bilimlarini 



oshirish  bo‘yicha    psixotrening  mashg‘ulotlari  tashkil  qilish,  zarurligini 

tushuntirish va uqtirish yaxshi samara beradi. 

6.  Tarbiya va korreksion ishlar samaradorligini oshirishni oila instituti bilan uzviy 

aloqador maktab, mahalla, qarindoshlar va boshqa ijtimoiy sub’ektlarning rolini 

oila ilmi markazlarida  tashxislashdan boshlash maqsadga muvofiq. 

7. 


 

73 

 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI. 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent.-“O‘zbekiston”.-2008. 

2.  Karimov,  Islom  Abdug‘anievich.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch. 

I.Karimov-T.: «Ma’naviyat», 2009.- 176 b. 

3.  Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida». 

4.  Karimov  I.A.  «Barkamol  avlod  O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori» 

Toshkent, «O‘zbekiston», 1997 y. 283 b. 

5. 

Karimov  I.A.  «O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  Toshkent, 



«O‘zbekiston», 2000 y. 5 b. 

6.  Karimov  I.A.  «O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li» 

Toshkent, «O‘zbekiston», 1992 y. 80 b. 

7.  Karimov  I.A.  «Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir»    «O‘zbekiston» 

nashriyoti, 1995 y. 

8.  Abu Ali Ibn Sino.Tadbiri manzil,1-jild.-Toshkent.,1994.- 304 b. 

9.  Axatova  D.  «Abdurauf  Fitratning oilaviy  munosabatlarga oid qarashlari» 

«Xalq ta’limi» jurnali Toshkent, 2006 y. 4-son, 62-65 b. 

10.  Ahliddinov  R.  «O‘zbek  oilasi  fazilatlari»  «Xalq  ta’limi»  jurnali. 

Toshkent 1998 y. 1-son, 51-56 b. 

11.  Zunnunov A. «Pedagogika nazariyasi» Toshkent, «Aloqasi» 2006 y.  

12.  Inomova O. «Farzand-nihol, ota-ona bog‘bon» Toshkent, «O‘qituvchi» 

1994 y. 

13.  Inomova M. «Oilaviy tarbiyani takomillashtirishning nazariy asoslari» 

«Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 1998 y, 3-son, 12-19 b. 

14.  Inomova  O.  «Oila  tarbiyasida  milliy  xususiyatlarni  hisobga  olish» 

«Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 2004 y, 5-son, 56-58 b. 

15.  Uzoqov  X.,  G‘oziev  E.,  Tojiev  A.  «Oila  etikasi  va  psixologiyasi» 

Toshkent; «O‘qituvchi» 1992 y, 125 b. 

16.  Uzoqov  X.,  G‘oziev  E.,  Oripova  L.  «Oila  axloqi  va  odobi»  Majmua. 

Toshkent; «O‘qituvchi» 1995 y, 198 b. 


74 

 

17.  Xolmatova  M.  «Oilada  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish  – 



sog‘lom  avlod  tarbiyalash  omilidir»  «Xalq  ta’limi»  jurnali.  Toshkent; 

1998 y, 1-son, 37-42 b. 

18.     G‘oziev  E.G.  O‘zbek  xalqining  etnopsixologiyasi  va  bola  tarbiyasi.     

 



O‘zbek  oilasining  etnopsixologik  muammolari.  Respublika  ilmiy-amaliy 

anjumani. Toshkent, 1993. 8-9 s. 

19.     G‘oziev E.G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent, "O‘qituvchi", 1990.-184 s. 

20.    G‘oziev E.G. Psixologiya. Toshkent, "O‘qituvchi", 1991.-220. 

21.    Munnavarov A.K. Oila pedagogikasi. Toshkent, "O‘qituvchi", 1994. - 112 s. 

22.    Davletshin  M.G.  Abduraxmonov  F.  R.  Qadimgi  sharq  mamlakatlarida 

psixologik fikrlar taraqqiyoti. Toshkent, 1995. -26 s. 

23.    Hadis namunalari. Toshkent, "Fan", 1990.-168 s. 

 

Internet manbalari: 

1.  http: 

www.lib.psixology.msu.ru

 

2.  http: 



www.lib.psixology.ru

 

3.  http: 



www.Ziyonet.uz

  

4.  http: 



www.google.uz

  

5.  http: 



www.Pedagog.uz

  


75 

 

 



                                                           

 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling