Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
1.3. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari
29
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash; - hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish; - o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish; - o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi; - ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; - o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish; - madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; - har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak. 30
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
31
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar. O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etg an. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
32
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim. Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy tarbiya bermoq zarur» 3 . taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega
bo‘lishiga, uni
g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak. Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. «Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiya si masalasini, ota- onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb hisoblaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni
3
33
tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota - onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan. Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va ota- onalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi – zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar». Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerd a oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir. Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida
34
bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq. Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyid an to‘rtinchi oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv, kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi. Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish, iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin. Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aql - zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirish ga da’vat etadi. Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga 35
yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya - natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak. Bir xil nasihatlarni qaytaraverish bolaga ta’sir qilmaydi. U deydi: «Sening fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon berish. . . Agarda suhbatdoshning yoki do‘sting sening so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi – bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir.
36
2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari. Oilada bolalarni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.U ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan iborat: 1). Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o’zlarini chetga oladilar. Go’yo farzandlarini bog’cha, maktab tarbiyalab berishlari shart. 2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va g’amxo’r, talabchan va qattiqqo’l bo’lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi. 3). Ko’pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o’z vazifa va burchlarini to’la his qilmaydilar boshqacharoq aytganda ularda pedagogik tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarining o’zlarini- o’zlari tarbiyalash demakdir. 4). Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish lozim. Bu ishda hech qanday mayda chuydalar bo’lmasligi kerak.Har bir narsa bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq atvorlar paydo bo’ladi.Ota-onalarning har bir hatti-xarakatini bolalar kuzatib turadi.Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma qabilidagi o’rgatish yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak. 5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining barkamol inson bo’lishidan nafaqat ularning o’zi, balki jamiyat ham manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra ota- ona eng avvalo, mamlakat uchun bulajak fuqaroni tarbiyalayotganini unitmaslik lozim.
37
6). Ota-ona shaxsining o’zi bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ularning oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarining tarkib topishda oiladagi o’zaro ahillik halollik va rostgo’ylik, o’zaro ishonchning mavjudligi umuman sog’lom axloqli muhit muhim ahamiyatga ega. 7). Oilada bolalarni sevish, ularni shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon ularning izzat - nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini kuchaytiradi. 8). Har bir oilada uning o’ziga xos bo’lgan an`analari mavjud bu an`analar bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta`sir qiladi. Masalan: oila a`zolarining tug’ilgan kunlarini o’tkazish, qarindosh-urug’lar holidan xabar olish va hokazolar. 9). Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi mahala va qo’ni-qo’shnisi oldidagi obro’yi ham katta rol o’ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish hissini uyg’otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar. Shunday qilib, oilaviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir qilish omillari mavjud. Bularni hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’lga qo’yish mumkin emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim. Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o’ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi. Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga yo’l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta`sir ko’rsatdi. Natijada bu tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o’z aksini topa boshladi.Buning uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i lozim. Ular bolalarini ota-bobolarning pand-nasihatlari, o’gitlari, tajribalari asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar. Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o’zbek oilalarida bola tarbiyasi
38
borasidagi salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarini bemehrligidan nolishadi. Yomon yo’lga kirib ketgan farzandlari xususida ko’pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: «o’z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali desa bo’larmikan. Ishdan so’ng dam olish kunlari ota-choyxonada, ona ham «ishbilarmonlik» ga shung’ib ketib, go’yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ». Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini tashqi va ichki sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug’i bo’la turib, gohida bolalar «bolalar uyi» ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz «bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi? «O’nta bo’lsa, o’rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?Ko’p bolali bo’lish bolajonlik qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy xususiyat kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo’l keladi.Negaki oilada aka – ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o’rgatadi.O’sib uyg’onayotganlarida biri-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro inoq va aqlli-xushli, axloq odobli farzandlar o’sar ekan. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning urni muhim va betakrordir. Inson salomatligi va ma’naviy kamolotining birinchi poydevori oilada qo‘yiladi. Bu borada o‘zbek xalqining oilada farzand tarbiyalashdagi tajribasi diqqatga sazovardir. Bu tajribada milliy tarbiya an’analari, inson ma’naviyatini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy, diniy qadriyatlar ham o‘z ifodasini topgan. Mustaqillik sharoitida oilada farzand tarbiyalash borasidag an’analarimiz davr ruhi va ehtiyojlari bilan bog‘lanib yanada kattaroq ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy – axloqiy tarbiya borasidagi ahamiyatini kuchaytirish masalasi davlat siyosaida tobora katta o‘rin olmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masala bo‘yicha quyidagi fikrni aytadi: “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va
39
barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy insoniy burchimizga aylanishi darkor” i . Darhaqiqat, inson ma’naviyatining birinchi kurtaklari oilada shakllanadi Oila mustahkam bo‘lishi, uning ahloqiy, huquqiy asoslari barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. Har bir ota – ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Farzand tarbiyasi qo‘ni – qo‘shnilar ta’siri, mahallalardagi muhitga ham bog‘liqligi sababli o‘zbeklar barcha davrlarda jamoatchilikfikriga befarq qaramagan. “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinch”, degan maqollar ham ijtimoiy muhitning inson, jamiyat hayotidagi o‘rnini, ahamiyatini yuksak daajada ifodalangan hikmatlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, oilaviy tarbiyaning samaradorligi bolalarning tarbiyasi uchungina sarflangan vaqt bilan o‘lchanmay, balki oilaning ijtimoiy bosqichi bilan, ota – onalarning mahalladagi obro‘si va ularning ma’naviy – ahloqiy darajasi bilan aniqlanadi. Bundan ota – onalarning katta kishilarning yoshlar tarbiyasi yuzasidan burch va ma’suliyatini chuqur his qilishlari yetakchi mezondir. Aniqroq qilib aytganda, oila davrasida, mahallada ota – onaning ijobiy fazilat va munosabatlari bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishini birlamchi va zaruriy shartidir. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, oilaning boshqa a'zolari dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qadimdan shunday gap qolgan "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" ya'ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi. Yaxshi xulq ham yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalaridan o‘tadi. Demak har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg’aygan sari oriyatli, nomusli, burchini his qiladigan, xushmomala, odobli, bemorlarga hamdard bo‘ladi. "Xadisi sharifda" "Sabr va bardosh Tangridan, shoshqoloqlik esa shaytondandir" degan ulug‘ so‘zlarni eslab o‘tish joizdir. Insonning qanday kishi bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan oila tarbiyasiga, ota-ona mas'uliyatiga, vijdoniga, shuningdek ota-onaning bola tarbiyasini umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilishiga 40
va hamda ularga qanchalik amal qilayotganiga bog’liqdir. Oila tarbiyasidagi asosiy talablardan biri shuki, oiladagi katta yoshli hamma kishilar bolaga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablarda bir yoqadan bosh chiqarib ish ko‘rishlari kerak. Ba'zan bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi, otasi bergan jazoni onasi bekor qiladi. Bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa shu qiligi uchun ota uni koyiydi va hokozo.Bunday munosabat tarbiyada xatoliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalarni harakatlaridagi kelishmovchilikni ko‘rib mug‘ombirlik, aldamchilik, hushomadlik qilishga odatlanadilar. Bolaga nisbatan o‘zaro kelishmagan talablar qo‘yilganda u o‘zini butunlay yo’qotib qo‘yadi va nima qilishni bilmay qoladi. Kattalar o‘rgasidagi janjal va mashmashani bola ko‘rib turishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Oilada bolaning to‘g‘ri tarbiyalamog’i uchun er bilan xotinni, oiladagi katta yoshdagi kishilami o‘zaro maslahatlashib bola tarbiyasida bir xil yo‘l tutishlari g‘oyat muhimdir. Oila a'zolari o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiya ishi bilan doimo shug‘ullanish kerak. Tarbiya g’oyat nozik, ko‘p va darrov ko‘rina qolmaydigan murakkab ish. Uning natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Tarbiya uzoq muddatga cho‘ziladigan, ota-ona va kattalardan bilmdonlik, qunt, sabr-chidam talab qiladigan jarayondir. Tarbiya ishi muntazam shug‘ullanishni taqozo etadi. Tarbiyada paysalga solish "keyin" "vaqtim yo‘q" "bu arzimas" "mayda- mayda" deb qarash yaramaydi. Oilada bolaning dunyoqarashi, aqliy faoliyati, mehr- muhabbat hissi, vatanni sevish va vatanparvarlik kabi tuyg‘ulari tarkib topadi va takomillashib boradi. Shunday ekan, «Yoshlik-beboshlik» bo‘lishi ham, «Yoshlik-donolikning boshlanishi» bo‘lishi ham farzandlarimizga oilada berilayotgan tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, bu borada mutafakkirlarimizning benazir ta'limotlari, o‘gitlari, asarlari, o‘zlarining hayot yo‘llari ibrat-namuna sifatida tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir», «Yoshlikda o‘rgangan hunar - o‘zingga o‘ljaga qolar», «Yoshlikda bersin mehnat, qariganda bersin davlat», «Yoshlar xizmatda, kattalar hurmatda» va boshqa shunga o‘xshash hikmatli iboralar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mutafakkirlarning
41
o‘git-nasixatlariga ko‘ra, oilada bolalarning yoshlik chog‘idanoq bilimga qiziqish uyg‘otish, kitob mutolaa qilishga odatlantirish, shuningdek, biror kasb-hunarga mehr qo‘yishga o‘rgatish kabi qadriyatlarimizdan unumli foydalanishimizni taqozo etadi. Donishmandlarimiz farzandlar tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, har bir yosh oila muhitida quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini alohida ta'kidlaydilar: - ota-ona va boshqa izzat-hurmatga ega zotlarning hurmatini joyiga qo‘yish; - aka-uka, yor-do‘st, qarindoshlar va el-yurtga sadoqatli bo‘lish; - o‘z vatani va xalqiga xizmat qilish; - or-nomusi uchun kurashish; - o‘z nomusi, obro‘-e'tiborini qo‘riqlash; - o‘z oilasi or-nomusi uchun kurashish; - oilasining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlash; - farzandining el-yurt, Vatan manfaati uchun xizmat qilish; - farzandlarni shijoatli, g‘ayratli, matonatli etib tarbiyalash; - oila va oila a'zolarini do‘stlar davrasida shafqat va e'tibordan go‘zal odatlardan bahramand etish; - bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarf etish va boshqalar. Donishmandlarning yaratgan o‘git hamda pand-nasihatlari bugungi kunda ham o‘zining tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay, ta'lim-tarbiya ishida o‘z samarasini bermoqda. Oila tarbiyasi -jamiyat tarbiyasining negizi.Ko‘p millatli O’zbekiston aholisini katta oilaning a'zolari deb tushunish mumkin. Oila xuquqiy va ma'naviy - axloqiy asoslar negizida barpo etiladi, unda demokratik tarbiya negizlariga asos solinadi. Shu sababli o‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oila a'zolari, qarindosh-urug‘lari, birodarlari hamda qo‘shnilarining sihat- salomatligi, omonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. O’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yuqoridagi holatlarga e’tibor bersak, o’ylaymanki, jamiyatimizga nafi yetadigan sog’lom dunyoqarashli kishilarni yetkazib berish ishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. |
ma'muriyatiga murojaat qiling