Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
1.2. Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari
17
xususiyatlari. Tarbiya har qanday jamiyatini muhim vazifasidir.Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehr g
oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqkiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 18
Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogliqdir. Bu faktor nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim antomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va quzlarining rangi g ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik kerakki
g odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan beriladi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandis- ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun harkanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni komil inson qilib, ularni baxtli etgan, yuksaklikka yetaklagan bu - yaxshi tarbiyadir. Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy-ma’ na viy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga іamda unutilmas qadriyatlariga asoslanib tashkiliy ijtimoiy – psixologik shakldagi vositalarni ishlab chiqish va uni amalda joriy etish borasida soha mutahasisslsridan yanada mas’uliyat talab etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi, uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va boshqalar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Insonning shakllan ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan ya’ni
19
ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek halqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida mukammallashib keldi . Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq, qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola, asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk allomalari ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishgan. Abu Ali Ibn Sino ham mazkur ustuvor masalalarga doir bir qancha asarlar, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o‘zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda quyidagicha yo‘l tutishni lozim topdik: Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga
20
barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora- tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan va
21
jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi.Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi.Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga sho‘rolar davridagi oila-nikoh munosabatlari, ekologik, demografik, ruhiy oqibatlar vash u kabilar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, sho‘rolar davrida o‘zga mafkura ta’sirida kirib kelgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, ota-onalarning ahloqiy-ma’naviy buzuqligi natijasida nosog‘lom hayot kechirayotgan oilalar hozir ham topiladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning kelajagi qanday bo‘ladi degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda
22
hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiy- ma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi javobgarliklarining qayd qilinishi, Prezident I.Karimov tomonidan 1998 yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda.
23
Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib,
o‘z oilaviy
dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘g‘ilni- otalikka, qizni-onalikka, uy bekaligiga tayyorlash milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish-o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Maktabda ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak. Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma’naviy ta’sir qiladilar. Ota-ona obro‘si o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ne’mat emas. U ota-onaning bola tarbiyasi bilan
maxsus shug‘ullanayotganligi yoki shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi. Sobiq sho‘ro davrining 80 yillarida otalar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi tarbiyachilik vazifalari qoniqarli bajarilmas edi. O‘tkazilgan tadqiqotlar sobiq ittifoqda har bir 9-bolaning otasizligi va umuman otalarning farzand tarbiyasiga bir kunda 8 daqiqagina vaqt ajratganligini ko‘rsatgan edi. Ota-ona obro‘sini ularning farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari o‘quvchi farzandlarining rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiradi. Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablar mavjudligini ko‘rsatdi. Bular:
24
- ota-onaning o‘zlarining bolalarining boquvchilari sifatida anglab, tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi; - oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi; - ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihat qilaverishlari, farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari; - ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga e’tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari, o‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o‘smirlar o‘zlariga nisbatan beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota -ona va o‘smir orasida sovuq munosabatlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi); - o‘kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini bilmaslik (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onaning qarashlariga, fe’l- atvorlariga taqlid qilib keladilar. Ana shuning uchun ham xalqimizda ularni «shirin» deyishadi. O‘smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o‘zgarish- o‘tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundadir. Ota - onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati bolalarni – o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari; - o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, o‘zini soqit qilish; - rag‘batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik. - milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik, hafsalasizlik; - tan jazosi bilan qo‘rqitish; - ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari; 25
- unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash; - «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» Deya o‘quvchi farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo‘yish yoki buning aksi – «bola qiynalib kata bo‘lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish; - o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik; - maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» degan bahona bilan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi bolalarni o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo‘li bor, onaning bichgan to‘ni bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning fikri», «Erta tur, otangni ko‘r, otangdan so‘ng otingni ko‘r», «Otangni ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, ani yig‘mang kitob bo‘lur». . . Onaning o‘zbek oilasidagi o‘rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki «Onaga bo‘lgan muhabbat-Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurmagi», «Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada», «Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas», «Bola-loy, ona –kulol», «Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi», «Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan» va hokazo. Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. «O‘g‘il -qizlarning fe’l-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa, uning sababchisi otav a onadir». (Yu.X.Xojib). Hayotda ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy holatlar, ko‘ngilsiz voqealar, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatning susayishi, shaxslararo munosabatlarda
26
uchrab turadigan ruhiy emotsional zo‘riqishlar, baxtsiz oilalar soning ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payib borayotganligi oiladagi ruhiy muhitga, oila a’zolarining o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga, oiladagi murakkab muammolarga bevosita bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga quyilmaganligi natijasida yuzaga keladi. Hozirgi davrning taqazosi ham oilaga xos Ushbu muammolarni to‘g‘ri ham qilmay turib, fozil jamiyatga erisha olmaslikni e’tirof etganligidan iboratdir. Oila muammolarini o‘rganishda bugungi kunning ahamiyatli masalalaridan biri bo‘lgan oilaviy munosabatlar kata o‘rin egallydi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, kishining insoniy fazilati, jismo niy hamda ruhiy kamoloti oila bilan bog‘liq bo‘lgan holda, unda kechayotgan o‘zaro munosabatlarning ta’siri bilan shakllanadi va mukammallikka erishishga intiladi, hayotning har bir jabhasiga xos ham nazariy, ham amaliy yo‘l - yo‘riqlarni «qo‘lga kiritish» imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari, farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning ota- onalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehr - oqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. Shuning uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan: 1. mehnatkash;
27
2. tartib intizom; 3. mehr-muhabbatli; 4. sabr toqatli; 5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota-ona obro‘li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi. Ota-ona obro‘sini ta’minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi ibratli
insoniy munosabatlari, mehnatdagi yuksak
muvaffaqiyatlar, shuningdek ularning bilim doirasi, dunyoqarashi va axloq -odob bilan aloqador bo‘lgan xususiyatlari belgilovchi mezon hisoblanadi. Namunali munosabat o‘rnatilgan oilalarda sharqona tarbiyadagidek farzandlar samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o‘rganadi. Oilaviy munosabatlarda ma’naviy ehtiyojga asoslangan aloqalardan biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol o‘ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado etadi. Chunki, kishi o‘zaro shaxslararo munosabatlar jarayoniga kirishishi bilangina atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqeiliklardan xabardor bo‘lib, ular o‘rtasida axborot ayirboshlash yuzaga keladi. Aslini olganda ham kishilar o‘z farzandlariga muloqot tarzida o‘qtirib o‘rgatadigan har qanday ilmiy, ijtimoiy tajribalari, malaka va bilimlari ham ijtimoiy-taraqqiyotning mahsuli sifatida kishilik Oila – hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma’qullanadigan xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy qirralari, vazifalari hamda xususiyatlari, sinkretik tarzda bo‘lsa-da, mujassamlashgan. Inson umri mobaynida oila ta’sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila shakllanadi. Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko‘nikmalarini hosil qilibgina qolmay, balki unda o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ota-ona maqomini ham oladi. Aksariyat tadqiqotlarda oilaning ijtimoiy institut sifatidagi to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatadi. 28
Birinchi vazifa - farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq. Ikkinchi vazifa – yangi avlodni Ushbu jamiyat madaniyatidan bahramand etish. Uchinchi vazifa – shaxsning o‘zini-o‘zi kamol toptirish, uning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish. To‘rtinchi vazifa – shaxsning muomala – muloqotga hissiy qo‘laylikka bo‘lgan psixologik ehtiyojni qondirishi. Shaxs ijtimoiy faoliyatni shakllashdek yaxlit jarayonning bu qirrasiga ko‘plab omillar, jumladan oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi bolaning ta’lim olish jarayonida ota - onaning ishtiroki singari jihatlar ta’sir ko‘rsatadi. Oila moddiy farovonligining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri baholashda kishilar ularning faqat daromaddagina emas balki har bir muayyan oilada mavjud bo‘lgan ma’naviy madaniy qadriyatlar tizimiga bog‘liqligi yo‘q. Chunki kata daromad moddiy ne’matlar sotib olish hamda dabdabali tantanalar va tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan badavlat kishi maqomini saqlab turish uchun butkul ishlatilib, shaxsni kamol toptiruvchi ma’naviy iste’molga sarflanmasligi mumkin. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishga bevosita bog‘liqdir.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling