Kaferda mudiri: S.Toshpo‘latova
Kotiba: D.Xolmirzaeva
Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Umumtexnika fanlari va mexnat ta’limi kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA № 13
Andijon shahar 08.05.2023 y
Qatnashdilar: Umumtexnika fanlari va mehnat ta’lim kafedrasi mudiri S.Toshpo‘latova va kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalar.
KUN TARTIBI:
Turli masalalar. Bitiruv malakaviy ishlarini kafedrada ko‘rib chiqish va ularni kamchiliklarni bartaraf etish, xamda ximoyaga tayyorlash to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Toshpo‘latova so‘zga chiqdi BMI yozayotgan talabalarning ilmiy raxbarlari bilan birgalikda BMIlari kurib chiqish va kamchiliklarini bartaraf etish to‘g‘risida aytib o‘tdi..
SHuningdek, 3-bosqich 302-gurux talabasi Nurmamadova Shaxlo Nizomiddin qizining «Kasb-hunar maktablarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish texnologiyasi» mavzusida bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi kurib chiqildi. Ichki ximoyada quyidagi kamchiliklar aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishida orfografik xatolar aniqlandi va mavzular ketma- ketligi tartibidagi kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etildi.
Bitiruv malakaviy ishining “Pedagogik tajriba -sinov ishlarini tashkil yetish va uning natijalari taxlili” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarining bosqichlari va mazmuni tavsiflangan, uning metodikasi asoslangan, o‘tkazilgan tadqiqotlar yakuni qarab o‘tilgan, olingan natijalar tahlil etilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari kasb-hunar maktablarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni ifodalovchi yakuniy xulosaning haqqoniyligi tasdiqlangan.
QAROR QILADI.
Talaba Nurmamadova Shaxlo Nizomiddin qizining 60112300 - Texnologik ta’lim yo’nalishi bo‘yicha yozgan bitiruv malakaviy ishi amaldagi Nizom talablariga mos ravishda yozilgan, ilmiy yangiliklari asoslangan, tugallangan bo‘lganligi uchun bitiruv malakaviy ishi nizom talablariga javob berganligi tekshirildi va uni davlat attestatsiya xay’atida ximoya qilishga tavsiya etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |