Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi ba’zi tanlangan, xalq xo’jaligida keng foydalanib kelinayotgan o’simliklarga tashqi muhit omillari hisoblangan abiotik omillarni ta’sirini o’rganishdan iborat. Ishning vazifasi esa tanlagan madaniy o’simliklarni (kungaboqar, kartoshka, bodring) rivojlanishiga va hosil berishiga ta’sir qiluvchi abiotik omillarni o’rganish orqali, yuqorida nomlari keltirilgan o’simliklarni rivojlanishini optimal muhitini aniqlash va olingan tadqiqot natijalari asosida qishloq xo’jaligida o’simliklarni yetishtirish texnologiyalari bo’yicha tegishli tavsiyalar berish hisoblanadi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Mazkur kurs ishining ob’ekti sifatida xalq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan moyli o’simliklar qatoriga kiruvchi kungaboqar o’simligi, insoniyatning asosiy oziqasi hisoblangan “ikkinchi non” ta’rifiga ega kartoshka o’simligi va savzavotchilikda asosiy o’rin tutuvchi bodring o’simliklari o’rganilgan bo’lsa, ishning predmeti sifatida esa tadqiqotda qo’llanilgan texnologiyalar va uslublar olingan.
Ilmiy ahamiyati. Tadqiqot davomida olingan va taxlil etilgan ma’lumotlar qishloq xo’jaligida yoki kichik hajmlarda madaniy ekinlarni yetishtirish uchun ilmiy va amaliy ko’rsatma vazifasini o’taydi. Madaniy o’simliklarga abiotik omillarni ta’siri va ularni umumiy xususiyatlari o’rta maxsus va oliy ta’limda ilmiy ishlar olib borish uchun ilmiy asos sifatida qo’llanishi mumkin.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy yangiligi mazkur bitiruv malakaviy bitiruv ishida keltirilgan kungaboqar, kartoshka va bodring o’simliklariga tanlangan muhitda abiotik omillarni ta’siri o’rganilgan. Shuningdek, yuqoridagi o’simliklarni yetishtirish texnologiyalari, ularning biologik xossalari, o’simliklarga ta’sir etuvchi abiotik omillarni umumiy tavsiflari va ta’sir qilish mexanizmlari yoritilgan. Olingan natijalar va tahlillar ilmiy tadqiqot ishlari va qishloq ho’jaligi bilan shug’ullanuvchilar uchun uslubiy ko’rsatma vazifasini o’taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |