Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.8 Mb.
bet14/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Birpallalilarning unib chiqishi:
1, 2— piyozbosh; 3, 4— qarg‘ako‘z; 5— 7—marvaridgul (landish); 8— xurmo palmasi; 9, 10— tradeskansiya; 1—4— yerusti o‘sish; 5— 6—yerosti o'sish; 9, 10— chala yerosti o‘sish; PbQ— pallabarglarning qini; PbY— pallabarglar yaprog‘i; G— gaustoriya; K— kurtak; QipB— qipiqsimon barg; YB—yashil barg; AI— asosiy ildiz; YI— yordamchi ildizlar; En—endosperm;
UQ— urug‘ qobig'i; Q— qincha.
Bunday yordamchi ildizlar sistemasi ba’zi g‘allalilarda embrionda hosil bo‘ladi. Natijada birpallalilarga xos popuk ildizlar sistemasi hosil bo‘ladi.
Pallabarglar, odatda, o‘ta oddiy shaklga ega (72 (1,3,5,8,13)- rasm) bo‘ladi, holbuki, ba’zan mustasno holat ham uchraydi (72 (4)-rasm). Birinchi barglar taraqqiy etmagan, qipiqsimon (yerosti o'sishda) yoki yashil fotosintezlovchi bo‘lishi mumkin, lekin shakli va hajmi bilan mazkur tur definitiv barglaridan jid- diy farq qilishi mumkin. Bu kabi yuvenil barglardan to definitiv barglargacha qator o‘zgarishlarni — barglar seriyasini (72 (5)- rasm) kuzatish mumkin.
Shunday qilib, o‘simtadan keyin maysada barcha asosiy vegeta- tiv organlar — ildiz va novdalar sistemasi mavjud bo‘lib, ular apikal meristemalar va shoxlanish hisobiga kelajakda o‘sishni davom ettiradi.



G‘alla ekinlarining unib chiqishi (sxemasi):
1—4— unib chiqish davrlari; E— endosperm; Qal— qalqoncha;
Kip—koleoptil; Kir— koleoriza; AI— asosiy ildiz; YI— yordamchi ildizlar; MP— maysaning poya qismi; Ep—epiblast; D— doncha.


2.2 Ildiz va ildizlar sistemasi. Ildiz funksiyalari
Ildiz o‘simlikning asosiy organi bo‘lib, tipik holda tuproqdan oziqlantirish vazifasini bajaradi. Ildiz radial simmetriyaga ega va apikal meristema faoliyati tufayli uzoq vaqt uzunasiga o‘suvchi o‘q organdir. U novdadan morfologik jihatdan barglar hosil qilmasligi va apikal meristemasi doim qin bilan o'ralganligi bilan ajralib turadi. Ildiz asosiy vazifasidan tashqari, boshqa vazifani ham bajaradi:
a) ildiz o‘simlikni tuproqqa biriktiradi, tik o‘sishni va novda- larni tepaga olib chiqishni ta’minlaydi;
b) ildizda har xil moddalar — ko‘pchilik aminokislotalar, gor- monlar, alkaloidlar va boshqa moddalar sintezlanadi va o‘simlik- ning boshqa organlariga yo‘naladi;
d) ildizlarda jamg‘arma moddalar jamg‘arilishi mumkin;
e) ildizlar boshqa o‘simlik ildizlari, tuproqda yashovchi mikro- organizmlar, zamburug'lar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Kolpchilik o‘simliklarda ildizlar maxsus vazifani bajaradi.
Ildizning evolutsiyada kelib chiqishi
Ildiz tarixiy taraqqiyot jarayonida riniofitlarning dixotomik shoxlangan poyasining pastki qismidan paydo bo‘lgan. Uning qoplovchi hujayralari funksional muhim to‘qima — rizodermani hosil qiladi.
Ildizlarning umumiy yuzasi ularning kuchli shoxlanishi va ko‘p sonli so‘ruvchi uchlarining, ildizlarning doimo o‘sishi va tup­roq ning yangi qismlariga o‘sib kirishi, ildiz tuklari hamda yangi yordamchi ildizlarining hosil bo‘lishi hisobiga kengayadi, ular­ning apikal meristemasini qin himoyalaydi.
97
XULOSA
Ma'lumki, madaniy o'simliklar nafaqat inson hayotida balki, qishloq xo’jaligida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o'simliklarni asosan oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika, chorvachilik va xalq ho'jaligining turli sohalarida keng miqiyosda qo'llanilib kelishini hisobga olsak, ulardan yuqori darajada hosil olish uchun o'simliklarga ekologik ayniqsa abiotik omillarni ta'sirini o'rganish dolzarb vazifalardan biridir. Shularni hisobga olgan holda ushbu kurs ishida tanlab olingan madaniy o'simliklarga abiotik omillarni ta'sirini o'rganish vazifasi qo’yildi va olingan natijalar asosida quyidagilar xulosa qilindi.
1. Kurs ishida dastlab tanlab olingan o'simliklarning biologiyasi o'rganildi. Madaniy o'simliklarni biologik xossalarini o'rganishda har bir tanlangan o'simlik uchun uning vegetativ va generativ organlari tuzilishi, o'simliklarni rivojlanish bosqichlari va ularda kechadigan o'zgarishlar, respublikamizda ekiladigan o'simlik navlari haqida ma'lumotlar keltirildi.
2. Shuningdek, o'simliklarga ta'sir qiluvchi abiotik omillar va ularni o'simliklarga ta'sir qilish mexanizmlari ham yoritilgan. Unda asosan madaniy o’simliklarga bevosita ta’sir etuvchi abiotik omillar tavsiflari yoritildi.
3. Kurs ishida tanlangan madaniy o’simliklarni parvarishlash, ularni yetishtirish texnologiyalari va o’simliklarni ko’paytirishning boshqa usullari bayon etildi.
4. Ishda tanlangan o'simliklarga abiotik omillar hisoblangan yorug’likka bo'lgan ehtiyoj, namlikka bo'lgan talab, yetishtirilayotgan joydagi tuproq xossalari, mineral oziqlanishni ta'siri kabi kriteriyalar o'rganildi.
5. Madaniy o'simliklarni etishtirishda va undan mo'l hosil olish uchun dastlab o'simliklarni biologik xossalaridan kelib chiqqan holda, ularga ta'sir qiluvchi ekologik omillarni ayniqsa abiotik omillar me'yorlarini hisobga olish zarur.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling