Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
Download 0.8 Mb.
|
ONTOGENEZ BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jenshen urug‘ining unib chiqishi
- Urug‘larning unib chiqish tezligi
Urug‘larning tinim davri
Barcha o‘simliklar urug‘lari, hatto o‘ta qulay sharoitda ham unib chiqavermaydi. Ko‘pincha urugMarning chuqur tinimi ku- zatilib, buning sababi har xil bo‘lishi mumkin. Bularning biri — pishgan urug‘da embrionning taraqqiy etmaganligi bo‘lib, bu to‘g‘rida yuqorida aytilgan. Bunday urugiarda embrion unib chi- qishi uchun uzoq vaqt endospermni o‘zlashtirib taraqqiy etadi va keyin unib chiqadi. Masalan, jenshen urug‘i yerga tushgach, uchinchi yili unib chiqadi (68-rasm), lekin urug‘larning qobig‘i suvni o‘tkazmaydigan (ko‘pchilik dukkakdoshlarda) bo‘lishi, o‘ta qattiq va o‘sib chiqishda me- xanik qarshilik ko‘rsatishi (da- nakli urug‘lar) mumkin. Ba’zida urug‘chibarg va sper- moderma to‘qimalarida ingibitor- lar ishlab chiqariladi va bu mod- dalar bir qator tropik daraxtlarda urug‘ unib chiqishini to‘xtatib qo‘yadi (masalan, shumtollarda). Ko‘pchilik g‘alla o‘simliklarida, tamakida, balzaminlarda spermo- dermaning ichki qavatlari gaz al- mashinuvini (havo kirishini) o‘ta qiyinlashtiradi. Mo‘tadil iqlimdagi o‘simliklarda urug‘larning tinimi spermodermaning qattiq- ligi va namlikning o‘tmasligi bilan birgalikda kuzatiladi. Shunday qilib, urug‘larning tinimi — keng tarqalgan hodisa bok- lib, bu gulli o‘simliklar evolu- tsiyasi jarayonida ishlab chiqilgan muhim moslanish xususiyati- dir. Urug‘larning tinimi ularni bevaqt unib chiqishdan saqlaydi. Ma’lum vaqt davomida urug‘ spermodermasi tabiiy buziladi: yemiriladi, chiriydi, ingibitorlari yuviladi, embrionlar taraqqiy etadi va o‘sish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jenshen urug‘ining unib chiqishi: 1—avgust oyidagi pishgan meva danagi; 2, 3— aynan shu danak kelasi yilning iyul va sentabr oylarida; 4—shu danak uchinchi yilning may oyida (qora rang bilan embrion, nuqtalar bilan endosperm, shtrix bilan danak belgilangan). Urug‘larning unib chiqish tezligi Barcha o‘simliklar urug‘lari ham tinim davriga ega bo‘laver- maydi. Ba’zi o‘simliklar urug‘lari pishgach, tez unib chiqadi va tez orada unib chiqish xususiyatini yo‘qotadi. O‘simliklar urug‘- larining unib chiqish tezligi va unuvchanligining davomiyligiga qarab, bir necha guruhga bo‘linadi. 1.Urug‘lar davomli va chuqur tinimga ega, unib chiqish xususiyatini uzoq vaqt saqlaydi, ya’ni 1—2 va undan ortiq yil. Bu guruhga ko‘pchilik daraxt va o‘rmon o‘tlari kiradi. Masalan, dala begona o'tlari tuproq ichida o‘n yillab (40—50) yotishi mumkin. Nilufar urug‘i 200—250 yilgacha unib chiqish xususiyatini saqlaydi. 2.O‘simlikdan tushgandan keyin urug‘lar birdaniga yoki tez orada (qishlovdan keyin) unib chiqadi (7—12—18 yil): bularga ko‘pchilik madaniy o‘simliklar (g‘alladoshlar, sabzavotlar, ko‘p- chilik tabiiy o‘tloq va cho‘l o‘tlari) kiradi. 3.Urug‘lari tez o‘sib chiqadi va tez unuvchanligini yo‘qotadi: tol va teraklar, sudralib o‘suvchi sebarga va ko‘pchilik nam o‘rmon o‘simliklari. 4.Urug‘lari ona o‘simlikning o‘zida unadi. Bunday o‘simlik- larni «tirik tug‘uvchi» o‘simliklar deyilib, bularga misollar kam. Misol uchun mangr o‘rmonlarida o‘sadigan Rhizophora va Avicennia (69-rasm). Uning mevasidan baquwat va embrion ildizchasiga ega bo‘lgan gipokotil tez o‘sib chiqadi, uzunligi 50— 70 sm.ga yetadi. Bu og‘ir o‘simta ona o‘simligidan ajralib, ildizi bilan loy va yumshoq bo‘lgan subrastga sanchilib tushadi va suv bilan yuvilib ketmaydi. Bu hodisa ko‘pincha dengiz suvi qaytganda ro‘y beradi va yana suv ko‘tarilguncha, ildiz otib mustahkamlanib oladi. Ko‘proq og‘ir sharoitlarda meva va urug‘ bermaydigan o‘simliklar uch- raydi, lekin ularning gullari metamarfozlashib, kichkina novda- larni hosil qilgan holda ular yerga tushib, yangi individlarni beradi. Bu hodisa tundra, baland tog‘liklar, cho‘llarda kuzatiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling