Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


G‘alladoshlarning donchalari va embrionlari


Download 0.8 Mb.
bet9/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

G‘alladoshlarning donchalari va embrionlari:
1—bug'doy donchasi, qavariq embrion ko‘rinib turibdi, tashqi konturi uning qalqonchasi; 2— bug‘doy donchasining uzunasiga kesmasi sxemasi;
3— doncha qoplog‘ichlari olib tashlangandan keyingi bug‘doy embrioni (hajmiy); 4— bug‘doy embrionining uzunasiga kesmasi; 5— makka donchasi, qoplog‘ichlar ostida embrion ko‘rinib turibdi; 6— makka embrionining uzunasiga kesmasi (epiblastning yo'qligiga e’tibor bering); 7—-sholi donchasining pastki qismi, qoplog‘ichlar olib tashlangan. Yirik uch qirrali epiblastga ega bo‘lgan embrion ko'rinib turibdi; ^—sholi embrionining uzunasiga kesmasi sxemasi; DQ—doncha qoplog‘ichlari; En— endosperm;
Qal— qalqoncha; K— kurtakcha; Kir— koleoriza; Kip—koleoptil;
Ep—epiblast; AI— asosiy ildiz; YI— yordamchi ildizlar.
Birpallalilarning endospermsiz urugMari
Bu tipdagi urug‘lar birpallalilarning suvda yashaydigan qator oilalariga xos. Bunga misol qilib yoybarg (Sagittaria), bulduruq o‘t (Alisma) va rdest (Potamogeton)ni ko‘rsatish mumkin (64 (7, 8)-rasm).
64 (7, 8)-rasmda ko‘rinib turibdiki, Alisma — urug‘i bir urug‘li mevada joylashgan va taqa shakliga ega. Yupqa qobiq ostida urug‘ning pishish davomida barcha jamg‘arma moddalami pallabargida yig‘ib olgan embrion bor; endospermni «yeb» bo‘lgan. Bu kabi embrion­ning morfologik a’zolarga tarmoqlanishi yuqorida ko‘rilgan gulsapsar embrionidan farq qilmaydi, faqat u to‘g‘ri emas, balki egilgan.
1.2 Taraqqiy etmagan va reduksiyalangan embrionli urug‘lar
Magnoliyadoshlar, lavradoshlar, ba’zi ayiqtovondoshlar va- killari, ko‘pchilik palmalar va loladoshlarda embrion pishgan urug‘da shunchalik kichkinaki, unda hatto nechta pallabarg borligini ham aniqlash mumkin emas, lekin o‘simlikdan uzilib tushgach va unib chiqishdan oldin bunday urug‘larda yirik endospermni hazm qilish hisobiga embrion kuchli darajada kattalashadi, xususan, pallabarglari. Embrion katta bo‘lguncha 1, 2, 3 yil o‘tadi.
Bir va ikkipallalilardan bo‘lmish parazit o‘simliklar (masalan, shumg‘iyadoshlar, zarpechak va devpechaklar) yoki zambu- rug‘lar bilan birga yashovchilarda urug‘lari o‘ta mayda, changsi- mon bo‘lib, ularning og‘irligi mingning 1/1000 qismiga to‘g‘ri keladi. Bunday urug‘lar havo oqimi bilan ham tarqalaveradi. Bu- lar ko‘pincha tropik o‘rmonlarda tarqalgan, masalan, ko‘pchilik orxideyadoshlarda ularning embrioni juda kichkina va qismlarga ajratilgan emas, ko‘pincha bir nechta hujayradan iborat (66-rasm). Bu kabi parazit o‘simliklar embrioni urug‘dan o‘ta erta chiqadi va tashqarida o‘zining egasi bilan uchrashuvchi (kontaklanish va- zifasini bajaruvchi) o‘ziga xos organlarni hosil qiladi va keyin novda boshlang‘ichlarini shakllantiradi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling