Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Ikkipallalilarning yerosti va yerusti unib chiqishi


Download 0.8 Mb.
bet13/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Ikkipallalilarning yerosti va yerusti unib chiqishi:
7—urug‘ unishining boshlanishi; 2, 3— yerusti o‘sishining bosqichlari;
4, 5—yerosti o‘sishi; UPb—urug‘palla barglari; Epk—epikotil; A /—asosiy ildiz; YonI— yon ildizlar; YI— yordamchi ildizlar; QpB— qipiqsimon bargchalar. Gipokotil qora rangda.
Birpallaiilarda yerosti o‘sishda pallabargning bir qismi tuproq ustiga chiqadi, lekin yashil bo‘lmaydi, parmacha va barglar o‘sib chiqadigan kanal vazifasini bajarish bilan cheklanadi. Yerdan chiqib pallabarg qini birdaniga o‘sishdan to‘xtaydi va qurib qoladi (73 (9, 10)-rasm). Agar pallabarg to‘liq tuproqda qolsa, unda parmacha vazifasini birinchi pallabargning ustida hosil bo‘lgan barg bajaradi (73 (6, 8)-rasm).
G‘allalilarda qalqon yer ostida qoladi va gaustoriya funksiyasini bajaradi. Parmacha bo‘lib, o‘z asosi bilan o‘suvchi koleoptil xizmat qiladi; koleoptil yuzaga chiqqan uchki tomonida kichik yoriqni hosil qiladi va o‘zidan keyingi yashil barglarni o‘tkazadi (74-rasm).
O‘simtaning keyingi taraqqiyoti. LJrug‘dan o‘simtalar unib chiqqandan keyin o‘sish konusidagi kurtakda yangi barg mur- taklari hosil bo‘ladi, uning oldin hosil bo‘lganlari yoziladi, barglar



Ikkipallalilarning maysalari:
1—11—yerusti o'suvchilar; 12—14— yerosti o‘suvchilar; 1—5 у a 12—13— uzaygan asosiy novdalilar yoki razvetkali asosiy novdalar.
7 (a va b)—oddiy loviya; 2— qovoq; 3 (a va b) kanakunjut; 4-jo‘qa;
5—oddiy shumtol; 6— sudraluvchi ayiqtovon; 7—qizil maymunjon;
8— zira; 9— rediska; /(?—yirik bargli zubturum; 11—eman;
12— nastursiya; 13— oq burchoq (gorox).
oralig‘idagi poya qismi uzayadi va bo‘g‘in oraliqlarini hosil qiladi. O‘simtaning endi asosiy ildiziga aylangan murtak ildizcha o‘sa borib, shoxlanadi — yon ildizlarni hosil qiladi; yon ildizlar aso­siy ildizlar bilan birgalikda asosiy ildizning birlamchi sistemasini hosil qiladi.
Ildiz bo‘ynida, gipokotilda va poyaning pastki bo‘g‘inlarida yordamchi ildizlar erta hosil bo‘lishi mumkin. Agar barcha bo‘- g‘in oraliqlari sezilarli darajada cho‘zilsa, asosiy novda uzun bo‘- ladi (72 (1,3,5,12—13)-rasm). Ba’zida asosiy novda bo‘g‘in oraliqlarining o‘sishi tormozlanishi bois ular qisqa novda bolib qoladi. Bunda bo‘g‘inlar bilan barglar bir-biriga o‘ta yaqin bo‘lib, to‘p bo‘lib joylashadi (72 (l,ll)-rasm) yoki qisqargan novda faqat barg qinlaridan iborat bo‘lgan (74-rasm) soxta poyani hosil qiladi. Ba’zida asosiy ildiz sistemasi yordamchi ildizlar sistemasidan zaifroq taraqqiy etadi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling