Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
I BOB. MURTAK - EMBRION VA MAYSA GULLI O‘SIMLIKLAR
Download 0.8 Mb.
|
ONTOGENEZ BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘ning shakllanishi va tuzilishi
I BOB. MURTAK - EMBRION VA MAYSA GULLI O‘SIMLIKLAR
1.1 Ontogenezining boshlang‘ich bosqichlari Yuksak o‘simliklarda organlarning hosil bo‘lishi Jinsiy yo‘l bilan hosil bo‘l gan yuksak o‘simlik individining individual taraqqiyoti zi- gotadan boshlanadi. Individual taraqqiyot jarayonida — onto- genezda — ko‘p hujayrali yuksak o‘simlik yangidan barcha or- ganlarni, birinchi navbatda, vegetativ organlarni hosil qiladi. Gulli o‘simlikning asosiy organlari — novda va ildiz, odatda, pishgan urug‘dagi embrionda murtak sifatida mavjuddir. Lekin urug‘unib chiqqandan keyin, nafaqat, embrion organlari o‘sadi, balki yangilari ham hosil boiadi: barglar va poya qismlari, kurtaklar va yon novdalar, yon va yordamchi ildizlar. Ikki pallali o‘simliklar tuzilishining sxemasi: 1—yosh embrion; 2— pishgan embrion; 3— o‘simta; 4—vegetativ fazadagi yosh o‘simlik; Pb—palla- barg; Gp—gipokotil; AI — asosiy ildiz; YI — yon ildizlar; Yorl — yordamchi ildizlar; El— embrion ildizchasi; UK— uchki kurtak; YK— yon kurtaklar; NO ‘k— novdaning o‘sish konusi; /%/w—prokambiy. Boshlang‘ich (murtak holdagi) ko‘payish organlari umg‘dagi embrionda hech vaqt bo‘lmaydi. Ontogenez davomida yangi organlarning paydo bo‘lish jarayoni va qarilarining nobud boMishi (masalan, xazonrezgi) yuksak o‘simlikni «ochiq» o‘suvchi sistema ekanligini ko‘rsatadi, yuksak hayvonlarda esa «yopiq» sistemadan iborat. O‘simliklarda yangi organlarning paydo bo‘lishi o‘simliklaming butun hayoti davomida ro‘y beradi. Bu hoi embrion novdasi va ildizi uchki meristemalarining mavjudligi bilan bog‘liq. Ontoge- nezda uchki meristemalar soni shoxlanish tufayli ko‘p marta or- tadi. Bundan tashqari, organlarning hosil bo‘lishida ba’zi lateral (yon) meristemalar (perisikl, kambiy) qatnashadi. Embrion, o‘simta (maysa) va vegetativ fazadagi yosh o‘simlik organlarining nisbatlari rasmda ko‘rsatilgan. Urug‘ning shakllanishi va tuzilishi Zigota, keyin embrion ochiq- urug‘lilarda va gullilarda urug‘ ichida hosil bo‘ladi. Urug‘ bu guruhlarda ko‘ payish va tarqalish organi bo‘lib xiz- mat qiladi. Urug‘ urug‘kurtakdan urug‘langandan keyin hosil bo‘lib, gulli o‘simliklarda bir urug‘li yoki ko‘p urug‘li meva ichida joylashadi. Tipik holda gulli o‘simlik urug‘i embrion, endosperm va urug‘qobig‘idan iborat. Embrion zigota hosilasi sifatida diploid xromosomalarga ega. Endosperm embrion qopchig‘ining markaziy hujayrasidan qo‘sh otalanish natijasida hosil boiadi. Shunday qilib, morfologik va sitologikjihatdan embrion hamda endosperm urug‘dagi ikkita ko‘p hujayrali tana bo‘lib, o‘ta har xildir. Embrionning vazifasi — yangi o‘simlik murtagi — boshlang‘ichi boiib, to‘liq yoki qisman meriste- madan tuzilgan, endospermning vazifasi — boshlanishidan geterotrof bo‘lgan embrionni oziqa bilan ta’minlash. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling