О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI
BOTANIKA FANIDAN
ONTOGENEZ BOSQICHLARINI O’SIMLIK HAYOTIDA TUTGAN O’RNI
mavzusida
KURS ISHI
Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 208-guruh talabasi
Maxmudova Maftunabonu Nodirbek qizi
Kurs ishi rahbari: Tojiboyev M.
.
Andijon -2021
REJA:
Kirish
Kurs ishining mavzuning dolzarbligi
Kurs ishining maqsadi va vazifalar
I BOB. MURTAK - EMBRION VA MAYSA GULLI O‘SIMLIKLAR
Ontogenezining boshlang‘ich bosqichlari
1.2 Taraqqiy etmagan va reduksiyalangan embrionli urug‘lar
II BOB. URUG‘LARNING UNISHI VA MAYSANING TUZILISHI
2.1 Urug‘ning xo‘jalik (inson hayoti) dagi ahamiyati
2.2 Ildiz va ildizlar sistemasi. Ildiz funksiyalari
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sabzavot ekinlari, don mustaqilligi va bog’dorchilikka alohida e’tibor berilmoqda. Shundan kelib chiqib, qishloq xo’jaligida ekinlardan mo’l hosil olishning istiqbolli texnologiyalarini yaratish va joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, shu orqali Respublika iqtisodiyotida qishloq xo’jalik mahsulotlarining ulushini ko’paytirish mumkin .
Ma’lumki, xalq xo’jaligida yetishtirilayotgan madaniy o’simliklardan mo’l hosil olish ayni paytda nafaqat qishloq ho’jalik fanlari balki biologiya va ekologiya fanlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, abiotik omillarni umumiy tavsiflarini o’rganish, ularni madaniy o’simliklar rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash, abiotik omillarni madaniy o’simliklarni yetishtirishdagi optimal darajalarini aniqlash xalq ho’jaligi, qishloq ho’jaligi qolaversa, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Yuqorida qayd etilgan masalalar ishning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |