Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
Download 0.8 Mb.
|
ONTOGENEZ BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki pallali (I) va bir pallali (II) embrionlarning taraqqiyoti hamda simmetriyasi sxemasi
Urug‘ qobig‘i (spermoderma)
Spermoderma, odatda, ko‘p qavatli bo‘ladi, uning asosiy va- zifasi embrionni mexanik jarohatlanishdan, mikroorganizmlar kirishidan, o‘ta qurib qolishdan va bevaqt unishdan himoya- lashdir. Bundan tashqari, urug‘larning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifasini, masalan, tollardagi, teraklardagi tuklar, etdor o‘simtalar (binafshalarda, normushaklarda, (Il)-rasm) qush- larni yoki chumolilarni o‘ziga jalb etadi. Qobiqning qalinligi, qat- tiqligi ko‘p jihatdan urug‘chibarg xarakteri bilan bog‘liq. Agar meva chatnamaydigan (ochilmaydigan) boisa, unda urug‘chibarg qattiq va suv o‘tmaydigan bo‘lib, bu holda urug‘ qobig‘i yupqa Ikki pallali (I) va bir pallali (II) embrionlarning taraqqiyoti hamda simmetriyasi sxemasi: 1—4— embrionning ilk taraqqiyoti; 5, 6— shakllangan embrion, ikki o‘zaro perpendikular tekislikdagi ko‘rinishi; 7—embrionning kurtakchasi joylashgan joyning ko‘ndalang kesmasi; Pb— Pb2—pallabarglar; O‘N— o‘sish nuqtasi (O‘K — o‘sish konusi shakllanishidan oldin); Gp—gipokotil; I— ildiz. Nuqtali chiziq bilan tekisliklari ko'rsatilgan. 78 (eman, olcha, kungaboqar); boshqa hollarda urug‘ qobig‘i qalin va yog‘ochlangan (uzumda, g‘o‘zada) bo‘ladi. Urug‘ qobig‘ida mikro- pile (chang yo‘li, chang kirish yo‘li) bo‘lib, urug‘ unishida suv- ning kirishiga yordam beradi. Ko‘purug‘li mevalardan to'kiladigan urug‘ qobig‘ida urug‘ning urug‘ bandiga birikkan joyi bo‘lib, u chiviq (rubchik) deb ataladi va u orqali o‘tkazuvchi bog‘lam o‘tadi. Endosperm Pishgan urug‘ endospermi, odatda, yirik hujayrali jamg‘a- ruvchi to‘qimadan iborat. Unsimon endosperm hujayralarida ik kilamchi kraxmal donachalari ko‘p bo‘ladi, moyli endospermlarda moylar yig‘iladi. Ko‘pincha moylar bilan birgalikda aleyron donachalari sifatida jamg‘arma oqsillar bo‘ladi. Aleyron donachalari maxsus mayda hujayrali aleyron qavatida — endospermning tashqi qavatida joylashadi. Urug‘lar pishgan davrda hujayralarning o‘ta suvsizlanishi oqi- batida ba’zan endosperm juda qattiq, shishasimon yoki hatto toshsimon bo‘lishi mumkin. Bunday endospermlar xurmo pal- masiga xos bo‘lib, jamg‘arma moddalar sifatida selluloza yig‘iladi. Gulli o‘simliklarda moyli urug‘lar ko‘p bo‘ladi, chunki yog‘- lar jamg‘arma oziqa moddalar ichida energetik jihatdan eng foy- dali va tejamli guruhdir. Ular oqsillarga va uglevodlarga nisbatan ikki marta ortiq kaloriyaga ega. Endosperm moddalari urug‘lar- ning bo‘rtish davrida fermentlar ta’sirida uglevodlarga aylanadi, keyin uning hujayralari buzilib ketadi. Embrion Ko‘pchilik hollarda pishgan umg‘ embrioni morfologik jihatdan aniq differensiyalangan. Embrion novdasi (kurtagi) embrion poyasi (o‘qi) va ikkita (ikkipallabarglilarda) yoki bitta (birpalla- barglilarda) urug‘pallabargidan iborat; ninabarglilarda urug‘pal- labarglar bir nechta. O‘qning uchki tomonida o‘sish nuqtasi bo‘- lib, u meristema qismidan tuzilgan va ko‘pincha qabariq shaklga (o‘sish konusiga) ega. Ba’zida novda apeksida (uchida) pallabargdan keyingi chinbarglar murtaklari hosil bo‘ladi; bu hoi embrion kurtagi (o‘sish konusi emas) deyiladi. Urug‘ pallabarglari asoslari bilan band bo‘lgan o‘qning qismi pallabarg bo‘g‘ini deyiladi. Gipokotilning pastida ildiz bo‘yinchasi va embrion ildizchasi bo‘lib, oxirgisi ildiz qini bilan qoplangan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling