Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Birpallalilarning endospermli urugiari


Download 0.8 Mb.
bet8/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Birpallalilarning endospermli urugiari
Bu tipga aksariyat birpallalilar urug‘i kiradi. Masalan, gulsap- sarning urug‘ini olaylik (64 (l)-rasm). Uning mevasi — ko‘sakcha, urug‘i yassilangan yirik, qobig‘i jigarrang, uning ichki qavati tashqi qavatidan ajralib havo kamerasini hosil qiladi. Bu hoi suv yorda- mida tarqaluvchi urug‘ning suzuvchanligini oshiradi.



1-rasm. Ikkipallalilarning perispermli uruglarining uzunasiga kesmasi: 7—qoramurch mevasi; 2— sariq nilufar urug‘i; 3— randak urug‘i;
4— lavlagining pishmagan urug‘i, endospermi pishgan vaqtida yozilgan embrioni; P— perisperm; En—endosperm; E— embrion; UQ— urug‘ qobig'i;
MO — meva o‘rami; UPb—urug'palla barglari; Gp—gipokotil; /—ildiz.
2-rasm. Birpallalilar urug'larining ko'ndalang kesmasi:
1—gulsapsar; 2— piyozbosh; 3— marvaridgul; 4— qarg‘ako‘z; 5—xurmo palmasi; 6— kardamon; 7, 8— zubturumsimon buldurug' o‘t (7— endosperm qoldig‘i bor pishmagan urug‘; ^—endospermsiz pishgan urugV; HB— havo bo‘shlig‘i (qolgan belgilar oldingi rasmlardagidek).

Urug‘ning ko‘proq qismini chala tiniq, tiniq shishasimon, moy va oqsilga boy endosperm egallaydi. Endosperm ichida tayoqcha- simon embrionjoylashgan. Tashqi ko‘rinishida organlarga ega emasga o‘xshaydi, ammo uzunasiga kesmada embrion o‘qi bilan uning ter­minal pallabargi orasidagi chegarani ko‘rish mumkin .


lldiz murtagi (boshlang‘ichi) mikropile tomonga qaragan va yon tomonga surilgan novdaning meristematik apeksi bilan tugal- langan tik gipokotildan o‘tadi. Meristematik apeksi mayda hujay- raliligi bilan ajralib turadi. Silindrik pallabargning pastki qismi qinni hosil qiladi va o‘sish konusini o‘rab olib, uni berkitib turadi, ya’ni meristematik uchni himoyalaydi. Gulsapsar novdasining o'sish konusida barg murtaklari hozircha yo‘q. Lekin pallabargni tutash qini kurtakning tashqi qoplog‘ichini hosil qilgani uchun biz bu yerda kurtakning mavjudligi to‘g‘risida gapirsak bo‘ladi.
G‘alladoshlar urug‘ining tuzilishi. Urug‘ — bir urug‘li meva — doncha ichida joylashgan (65-rasm) va birpallalilar urug‘larining «o‘rtacha» tuzilish tipidan o‘ta farq qiladi. Embrion donchada bir tomoni bilan yondashgan, boshqa birpallalilarda uni endosperm o‘rab turadi. Shuning uchun uning pallabargi yassi qalqon shak- lida va endospermga taqalib turadi.
Qalqonning kuchli darajada mutaxassislashgan yuza qavati hujayralari so‘rish vazifasini bajaradi. Kurtakchasi, hech bo‘lma- ganda, 2—3, ba’zida undan ortiqroq barg murtaklariga ega. Kur­takning tashqi telpaksimon bargi koleoptil (yunon. koleos — qalqon, ptilon — pat, ya’ni birinchi yashil barg) deyiladi. Uni qalqon — pallabargining qini deb qabul qilsabo‘ladi. Gipokotil g‘alladoshlarda taraqqiy etmagan, embrion ildizchasi (1—3 tagacha va ko‘proq) maxsus ko‘p qavatli qin — koleoriza (yunon. riza — ildiz) bilan o‘ralgan bo‘lib, u o‘sayotganda shishadi va ustki yuzada so‘ruvchi tuklar hosil qiladi; ildiz koleorizani yorib tuproqqa chiqadi. Ba’zida qalqonga qarama-qarshi tomonda tangachasimon o‘simta — epi- blast (yunon. epi — ustida; blastos — embrion) hosil bo‘ladi. Uni ba’zi botaniklar 2 — pallabarg qoldig‘i (agar qalqonni 1 — pallabarg deb qabul qilinsa) deb qarashadi (65 (7, 8-rasm). Tariqdoshlar embrioni to‘g‘ri va epiblast umuman hosil bo‘lmaydi (65, (6)-rasm).
Ba’zi birpallalilar «qo‘sh» jamg‘arma moddaga — endosperm va perispermga ega (banandoshlar — Musaceae, imbirdoshlar — kannadoshlar — cannaceae,


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling