Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
Ikkipallalilarning endospermli urug‘lari
Download 0.8 Mb.
|
ONTOGENEZ BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Embrion unishidan oldingi hajmining o‘zgarishi
Ikkipallalilarning endospermli urug‘lari:
1— oddiy shumtol (a—qanotchali meva ichidagi urug‘, b—embrionning urug‘idagi ko‘rinishi, d— urug‘ning uzunasiga kesmasi sxemasi); 2— pion urug‘ining uzunasiga kesmasi; 3—jo‘qa (a—yong‘oqchasining ko‘ndalang kesmasi, b—embrioni); 4— grechixa (a—mevaning ko‘ndalang kesmasi, b—yozilgan embrion); 5—oddiy kalina — bodrezak (a, b—urug‘ning uzunasiga kesmasi, d— yozilgan embrion); 6— qora zira (a—ikkidonli meva, b—bitta mevaning uzunasiga kesmasi); 7—tomat urug‘ining uzunasiga kesmasi; 8— limonnik urug'ining uzunasiga kesmasi; 9— uzum (a—urug'ning umumiy ko‘rinishi, b, d— uning uzunasiga va ko‘ndalang kesmasi); 10— lolaqizqaldoq urug‘ining uzunasiga kesmasi; //— kopiten (o‘t o‘simlik) urug‘ining uzunasiga kesmasi. Belgilar 59-rasmdagidek, RU— mevadagi reduksiyalangan urug‘; EnB— endosperm bo‘shlig‘i. Ikkipallalilar embrionida ikkita pallabarg bo‘ladi; novdaning o‘sish nuqtasi yoki kurtakchasi pallabarglarning o‘rtasida bo‘lib, uchki yoki terminal deb ataladi. Bunday embrion bilateral simmetriyaga ega. Birpallalilar embrionida bitta pallabarg bo‘lib, u terminal holatni egallaydi, kurtakcha esa biqin tomonga surilib chiqarilgan. Shuning uchun birpallalilarda embrion bitta tekislik simmetriyaga ega bo‘lib, pallabargning o‘rta chizig‘idan (mediana- sidan) o‘tadi. Bu ikkala tipdagi farq embrion taraqqiyoti jarayonida hosil bo‘ladi (rangsiz), lekin u ilk fazalarida, odatda, birpallalilarda ham, ikkipallalilarda ham bitta tipdagi tuzilishga ega bo‘ladi. Embrion unishidan oldingi hajmining o‘zgarishi: 1—magnoliya; 2— achchiq ayiqtovon; 3— oyboldirg‘on (borshevik). Har ikki guruh o‘simliklarda ham ikkita simmetrik bo‘rtma — ikkita pallabarg murtagi hosil bo‘la boshlaydi, lekin bu simmetriya birpallalilarda ikkita pallabarglarning noteng o‘sishi natijasida yo‘qoladi va ulardan bittasi taraqqiy etmay qoladi. Ikki pallali va bir pallali o‘simliklar urug‘i va embrionining tuzilishi misollarida bir nechtasini ko‘rib chiqamiz. Masalan, mag- noliyalarda, palmalarda embrion o‘ta kichik bo‘lib, endosperm to‘qimasi deyarli urug‘ning butun hajmini egallaydi. Boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. O‘rganilgan 250 oilaning 85 % i endospermli urug‘ga ega bo‘l- gan, faqat 15 % endospermsizdir. Shunday qilib, gulli o‘simlik- larning aksariyatida, bir pallali yoki ikki pallali bo‘lishidan qat’i nazar, pishgan urug‘da endosperm bor. Embrion endospermni hazm qilib yuborgan taqdirda embrionning vazifalari ortadi, chunki u jamg‘arma oziqa moddalar joyi bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, oziqa moddalarni jamg‘aruvchi bo‘lib, perisperm ham xizmat qiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling