Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Har xil gulli o‘simliklarning urug'idagi embrion bilan jamg‘arma to‘qimalarning o‘zaro nisbati


Download 0.8 Mb.
bet4/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Har xil gulli o‘simliklarning urug'idagi embrion bilan jamg‘arma to‘qimalarning o‘zaro nisbati: 1—5, 10—birpallalilarda; 6—9, 11—14— ikkipallalilarda; 12—13— perisperm qolganlarida endosperm. Qora rang bilan embrion, oq rangda jamg‘aruvchi to‘qima ko‘rsatilgan.
Urug‘ning pishish jarayonida embrion va endosperm orasida ba’zan jiddiy antagonizmga yoki o‘zaro teng huquqli munosabatga olib keladi. Ko‘rinib turibdiki, har xil gulli o‘simliklaming pishgan urug‘laridagi embrion va endosperm hajmlari, tashqi qiyofasi, urug‘dagi embrionning holati o‘ta har xil bo‘lar ekan.
Ba’zi hollarda, masalan, magnoliyadoshlar, loladoshlar, pal- madoshlarda embrion o‘ta kichkina va endosperm to‘qimasi urug‘- ning deyarli to‘liq hajmini egallagan.

Ikkipallalilar urug‘i:
1—kanakunjut (a—urug‘ning tashqi ko‘rinishi, b—embrionning uzunasiga kesmasi, d— urug‘palla bargiga nisbatan uzunasiga kesmasi, e— ajratilgan va chala ochilgan embrion); 2— bodom (a—meva danagi ichidagi urug‘ning umumiy ko'rinishi, b—median tekislikdagi uzunasiga kesmasi, d— palla- barglaridan ajratilgan embrion); 3— qovoq (a, fr- urug'ning uzunasiga kesmasi, d— ajratilgan embrion); 4---loviya (a—embrion, b~embrion sxemasi, d— embrion palllabargi); MO — meva o‘rami; U— urug‘; UQ— urug‘ qobig‘i; UO ‘v—urug: o‘simtasi; E— embrion; En—endosperm; UPb—urug‘palla bargi; Gp—gi pokotil;
Epk— epikotil; Em! embrion ildizchasi; K— kurtakcha.

Boshqa hollarda, aksincha, urug‘ning pishish vaqtida embrion shunchalik taraqqiy etadiki, u endospermni to‘liq o‘zlashtirib, undan urug’ qobig‘i ostida faqat yupqa hujayralar qavati qoladi (masalan, olrnada, bodomda; 59 (2)-rasm) yoki umuman hech narsa qol- maydi va pishgan urug‘ faqat embriondan va urug‘ qobig‘idan iborat (dukkakdoshlarda, murakkabguldoshlarda, qovoqdoshlarda; bo‘lib, bularning orasida bir qancha o‘tkinchi shakllar mavjud.


Gulli o‘simliklaming 85 % i ozmi-ko‘pmi endospermga ega bo‘ladi. Faqat 15 % turlari ega bo‘lmaydi. Shunday qilib, aksariyat gulli o‘simliklarda, ikki pallali yoki birpallalilar sinfiga mansub- ligidan qat’i nazar, pishgan urug‘da endosperm mavjud. Jam- g‘arma moddalar perispermda ham jamg‘arilishi mumkin.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling