Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Reduksiyalangan embrionli urug‘lar


Download 0.8 Mb.
bet10/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Reduksiyalangan embrionli urug‘lar:
7—grushanka; 2—zarpechak; 3— orxideya (Cypripedium insigne)\ UQ—urug‘ qobig‘i; E— embrion; En—endosperm.
Urug‘Iarning morfologik tiplari
Gulli o‘simliklar pishgan urug‘larining morfologiyasi xilma- xil bo‘ladi. Ikkipallalilarda ham, birpallalilarda ham tegishlicha ikki yoki bir pallali embrionda embrion tashqarisidagi jamg‘aruvchi to‘qimalarning mavjudligi yoki bo‘lmasligiga qarab urug‘larning uch tipi kuzatiladi:
1) endospermli urug‘lar;
2) endospermli va perispermli urug‘lar;
3) endospermsiz va perispermsiz urug‘lar.
Ikkipallalilarda, bundan tashqari, endospermsiz, lekin peri­spermli urugiar ham uchraydi. Embrion morfologiyasi, nafaqat, pallabarglar soni bilan, balki embrionning taraqqiyoti va dilferen- siyalanganlik darajasi, uning organlarining jamg‘aruvchi organ sifatida mutaxassislashganligi, embrion qismlarining notekis o‘sish xarakteri bilan bog‘liq bo‘lib, oxirgilari uning umumiy qiyofasi — burilganligi, qatlarining mavjudligi va hokazolar bilan bog‘liq.

Yopiquruglilar (I, II) va ninabarglilar (III) (sxema):
1—3— endospermli urugiar; 4—endospermsiz urag‘lar; 5—endospermli va perispermli urugiar; 5a—perispermli urugiar; 6— reduksiyalangan embrion va endospermli mayda urugiar; 7—ninabarglilar urug‘i; /—ikkipallalilar; //—birpallalilar; III— ochiquruglilar.
II BOB. URUG‘LARNING UNISHI VA MAYSANING TUZILISHI
2.1 Urug‘ning xo‘jalik (inson hayoti)dagi ahamiyati
O‘simliklar uchun urug‘larning ahamiyati ma’lum, shu bilan birga, urug‘lar xo‘jalikda ham muhim hayotiy ahamiyatga ega. Esdan chiqarmaslik kerakki, aynan urug‘dan non va asosiy oziqa mahsulotlari ishlab chiqariladi. Dukkakdoshlar urug‘lari ham shu kabi ahamiyatga molik. Yong‘oq mevali o‘simliklarning urug‘- lari (kokos, yonqoq, funduk) yuqoridagi kabi ahamiyatga ega. Moyli o‘simliklar (kungaboqar, zig‘ir, kunjut, ba’zi palmalar va boshq.) urug‘laridan oziqa va texnik moylar olinadi. Zira, qoramuruch va boshqalar urug‘laridan ziravor sifatida foydala- niladi. Shuning uchun madaniy o‘simliklar urug‘lari soni o‘zini tiklashidan bir necha marta ortiq bo‘lishi kerak.
Hosildorlik asosan ekiladigan urug'larning sifatiga bog‘liq. Shuning uchun ekiladigan urug‘lar to‘liq pishgan va eng sifatli bolishi shart. Ularning sifat ko‘rsatkichlaridan biri unib chiqish xususiyati bo‘lib, buni, odatda, laboratoriya sharoitida har xil namlangan to‘shamalarga ekib sinaladi: filtr qog‘ozda, kigizda, flanelda va boshqalarda, ayrim hollarda qumga ham ekiladi.
Urug‘larni o‘stirishdagi eng qulay muhit toza kuydirilgan qum bo‘lib, unda hayotchan urug‘lar foizi, unib chiqish tezligi, unish va o‘sish tezligi aniqlanadi.
UrugMarning unishi
Uruglarning unishi uchun ma’lum sharoitlar bo‘lishi kerak. Ulardan eng muhimi — suv va yetarli darajada o‘sayotgan urug‘ning jadal nafas olishi uchun havoning mavjudligi. Bundan tashqari, har bir o‘simlik turi uchun ma’lum harorat mavjud boiib, undan past bo‘lganda urug1 unib chiqmaydi. Barcha o‘simliklar urug‘- larining jadal o‘sishi uchun 25—35°C, lekin minimal harorat har xil: mo‘tadil va sovuq iqlimlarda u 0°C dan birmunchadan yuqoriroq bo‘ladi (qizil sebarga uchun 0,5°C, javdar uchun 10°C, zig‘ir uchun 2—4°C), subtropik va nam tropik o‘simliklari uchun 10—20°Cga va undan yuqori (sholi 10°C, qovun, bodring 15—
18°C) va h.k. Ba’zi o'simliklar urug'lari (selderey, zirk) o‘zga- ruvchan haroratga moyil, mo‘tadil va sovuq iqlimdagi ko‘pchilik tabiiy o‘sadigan o‘simliklar urug‘lari sovuq urmay unib chiqmaydi.
Ko‘pchilik urug'lar yorug‘likka befarq, boshqalari yorug‘lik- siz o'smaydi. Sabzi, o‘tloq qo‘ng‘irboshi yorug‘da oson unib chi- qadi. Salat, tamaki urug‘lari faqat yorug‘lik ta’sirida o‘sadi; itbi- nafsha va fatseliya urug‘lari faqat qorong‘ida o‘sadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling