Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Rizofora — Rhizophora mangle urug'ining ona o‘simligida o‘sishi


Download 0.8 Mb.
bet12/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1161196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ONTOGENEZ BOSQICHLARI

Rizofora — Rhizophora mangle urug'ining ona o‘simligida o‘sishi:
1—mevali novda; 2—ajralib tushayotgan o'simta; 3— 5— uning o'sishi ketma-ket davrlari; 6— meva tuguni kesmasi; E— embrion; G/j—gipokotil; Al— asosiy ildiz (murtagi); UPb—urug'palla bargi; K— maysa kurtagi.
UrugMarning unishida pallabarglar vazifasi
Urug‘ unib chiqishdan oldin suvni shimib shishadi va urug‘ qobig‘i yoriladi. Shu vaqtning o‘zida jadal fermentativ faoliyat ro‘y beradi va jamg‘arma moddalarni eritmalarga aylantirib, eritmalarni embrion meristema hujayralari shimib oladi. Masalan, kraxmal shakar eritmasiga aylanadi.
Odatda, embrion pallabargi moddalarni eritmalarga aylantiradi. Shunday qilib, urug‘palla bargining birlamchi vazifasi (endospermi mavjud bo‘lsa) — ovqatni hazm qilish, keyin embrion tomonidan oziqa moddalarni shimib olish ham asosan pallabarglar tomonidan bajariladi (58, 59 (l)-rasm, 61 (3, 4)-rasm). Masalan, kokos palmasi embrionini va chiqqan maysasini olaylik (70-rasm). Bunda vaqt o‘tishi bilan oldin taraqqiy etmagan embrion yerusti novdasi va yordamchi ildizlarni hosil qiladi, pallabargi esa bu vaqtda uning suyuq endospermasi tomon o‘sib boradi va undan shimib olib, yong‘oq bo‘shlig‘ini bulutsimon massa bilan to‘ldiradi.

Kokos palmasining unib chiqishi:
1—kokos palmasining (bir urug'li meva) unib chiqishdan oldin; taraqqiy etmagan embrioni (E) endospermning qattiq qismi bilan o‘ralgan (EQq), ichida suyuq endosperm — «Kokos suti» (KS); MO‘— meva o‘rami; 2— unib chiqayotgan yong‘oqning o‘sayotgan urug‘ murtagi. Gaustoriya funksiyasini bajaruvchi pallabargning o‘sayotganligi kuzatiladi; YI— yordamchi ildizlar;
YK— yozilayotgan kurtak; UP— pallabarg.
Yerosti va yerusti o‘sish
Kuchli oziqlanish natijasida, eng awalo, embrion organlari o‘sa boshlaydi. Natijada qobiq yorig‘idan — mikropiledan birinchi bo‘lib embrion ildizchasi chiqadi, maysani tuproqqa biriktirib, tuproqdan suv va mineral moddalarni shima boshlaydi, shu bilan bir vaqtda gipokotil o‘sadi va ildiz uchini tuproqqa itaradi — chu- qurroq kirishiga yordam beradi.
Agar oziqa moddalari embriondan tashqarida joylashgan bo‘lsa, unda pallabargi, eng awalo, uni shima boshlaydi. Keyin gipokotilning o‘sishi hisobiga yoki o‘z asosining o‘sishi (birpal- lalilarda) hisobiga tuproq yuzasiga ko‘tarilib chiqadi, yashil bo‘- ladi va o‘simtaning birinchi fotosintezlovchi organlariga aylanadi. Bu yerusti o‘sishi bo‘ladi (71 (1, 3)-rasm). Boshqa hollarda pal­labarg yer ostida qoladi va faqat gaustoriya (shimib olish) vazifa- sini bajaradi, ular pallabarglardan keyingi barglar hisoblanadi (71 (1, 4, 5)-rasm). Bu hoi yerosti o‘sishi deyiladi.
Agar oziqa moddalar pallabarglar to‘qimalarida (endospermsiz urug‘larda) joylashgan bo‘lsa, u holda pallabarglar urug‘dan chiqmasdan turib, eng awal jamg‘arma moddalarini embrion­ning meristematik to‘qimalariga o‘tkazadi, o‘zlari esa bundan keyin tez qovjirab qoladi va nobud bo‘ladi, masalan, emanda, yashil no‘xat (72 (12, 14)-rasm), ya’ni yerosti o‘sish bo‘ladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling