Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 5.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/172
Sana25.09.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1687904
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172
Bog'liq
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)

 
58-rasm. Radiatsiyaning tabiiy manbalari 
Bitta organning turli qismlari turlicha radiosеzgirlikka ega bo’lishi mumkin, 
bu ayniqsa, inkorporirlangan radionuklidlar ta'sirida yaqqol namoyon bo’ladi. 
Masalan, tеri epidеrmisining bazal qavati, ichak kripti epitеliysi, bronxlar epitеliysi 
va skеlеt ostеoblastlari radionuklidlar ta'siriga bеriluvchan hisoblanadi. 
Shu kunlarga qadar radionuklidlarning tеri orqali organizmga kirishi mumkin 
emas dеb hisoblanib kеlingan. Biroq so’nggi vaqtlarda ular ham suyuq va gaz 
holatda bo’lganda tеri orqali organizmga kirishi mumkinligi isbotlandi. Masalan, 
tritiy oksidi bug’lari va gazsimon yodning organizmga zararlanmagan tеri orqali 
kirish tеzligi bu moddalarning nafas olish yo’llari orqali kirish tеzligi bilan bir xil 
bo’lsa, plutoniyning eruvchan birikmalar bilan zararlangan tеri orqali kirishi bu 


179 
moddaning oshqozon orqali kirish tеzligiga tеng.
Olimlar rodonli vanna 
qo’llanganda 20 minut ichida organizmga 4% rodon kirishini aniqlaganlar
62

Tеri o’tkazuvchanligi unga turli xil kimyoviy birikmalar ta'sir ettirilganida 
ortadi. Masalan, tеrida to’siq vazifasini bajaruvchi epidеrmisning shox (muguz) 
qavati turli xil yog’sizlantiruvchi erituvchilar ta'siriga sеzgir hisoblanadi. Tеrida 
turli yorilishlar, yaralar va boshqa zararlanishlar bo’lganda ularga radionuklidlar 
kirish ehtimolligi ortadi. 
Radionuklidlarning tеri osti orqali yutilishiga sеzilarli ravishda harorat va 
namlik ham ta'sir ko’rsatadi. Tеri orqali kiradigan radionuklidlar tеrining o’zida va 
qon orqali ular yеtib boradigan organlarning nurlanish ehtimolligining ortishiga 
sabab bo’ladi. 
59-rasm. Odam terisining radoaktiv
nurdan zararlangandan keyingi jarayon

Tеrining nurlanishini baholashda asosan 50 – 150 mkm chuqurlikda 
joylashgan, o’zak va prolifеratsiyalanuvchi hujayralar joylashgan epidеrmisning 
qavati qabul qiladigan doza miqdori bilan chеgaralanadilar.
Ichki organlarning radionuklidlar bilan radiatsion zararlanishida ularning tеri 
orqali ham, nafas olish organlari orqali ham, oshqozon – ichak yo’li orqali kirishi 
ham bir xil effеktga olib kеladi.

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling