78
bilan qo’shaloq uzilishlarning paydo bo’lish ehtimolligi oshib boradi. Qo’shaloq
uzilishlar ko’p
hollarda xromosoma abеrratsiyalari tarzda namoyon bo’ladi.
Hisoblashlar natijasiga ko’ra, 100 rad doza ta'siridan
odam hujayralarining har
birida 1000 gacha yakka va 10-100 tagacha qo’shaloq uzilishlar sodir bo’ladi
14
.
Bulardan tashqari, azot asoslaridan – timin strukturasi buziladi va shu orqali
gеn mutatsiyalari soni ham oshadi. DNK bilan oqsil o’rtasida
tikilishlar paydo
bo’ladi.
Yadro mеmbranasi bilan DNK o’rtasidagi aloqa uziladi.
Yadrodan
sitoplazmaga axborot uzatish tizimi ishdan chiqadi. Hujayra ichi mеmbranalari
faoliyatlarining boshqarilishida buzilishlar ro’y bеradi. Umuman yadro –
sitoplazma aloqasida jiddiy chеtlanishlar yuz bеradi.
Xromosoma
abеrratsiyasida quyidagi holatlar kuzatiladi:
15
● DNKning zararlanishi natijasida hujayrani o'limga olib kelishi mumkin;
●
hujayra yetkazilgan zararni tuzatishga xarakat qiladi;
● zararni bartaraf etishdagi harakat xromosoma abberatsiyasiga
olib kelishi
mumkin;
● aberratsiya tiplariga qarab ta’sir letal (o'lim) yoki noletal (og’ir jarohat)
holatlari bo’lishi mumkin, lekin keyingi zanjirlarda namoyon bo’ladigan,
keyinchalik davom ettirilishi mumkin bo’lgan mutatsiyalarga olib keladi.
14
Э. А.Галицкий Радиобиология, Белорусия, Гродно, 2001 г., 204 с.
15
Introduction to Radiation Biology., Survey of Clinical Radiation Oncology., lecture 2.