Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 338.95 Kb.
bet4/4
Sana28.11.2020
Hajmi338.95 Kb.
#154226
1   2   3   4
Bog'liq
Stefan Sveyg mashhur novellist adib KURS ISHI(1)

Adibning so`nggi nuqtasi


Kunlardan bir kuni hayotida ro`shnolik ko`rmagan baxtiqaro bir yigit o`z joniga qasd qilishga qaror qildi, to`g`rirog`i, o`zini otmoqchi bo`ldi.Yigit baxtsiz bo`lish bilan birga juda uyatchan ham edi. Shu bois biror zotning e`tiborini tortmaslik va bezovta qilmaslik uchun o`zini o`ldirish maqsadida qabristonni tanladi. Xudkushlikni qoq yarim tunda, oy to`lgan kechada amalga oshirishni diliga tugib qo`ydi. Shunday qilib, oydin kechada qabristonga kirib, qattol qismat ila so`nggi hisob-kitobni tugatish uchun qulayroq o`rindiq izlay boshladi.

Qabrlar orasida tentirarkan, birdan baqirib yuborayozdi: oy nuri ostida qarshisida qora libosda, qanotli bir qiz turardi! Yaxshiroq tikilib qaragandan keyingina yigit engil nafas oldi: bu oddiygina haykal ekan. G`arbda bevaqt xazon bo`lgan bolalar va qizaloqlarning qabrlari ustiga shunday farishta haykali o`rnatish udumi bor. Lekin ayni damda yigitning e`tiborini boshqa bir narsa o`ziga tortdi. Haykal ostiga marhuma qizchaning ism-sharifiyu tavallud va vafot etgan sanalaridan tashqari lotin tilida quyidagi mazmundagi yozuv ham bitilgan edi: “Hoy, uzoq yo`l yurib, horigan yo`lovchi! Shu erda bir zumga tin ol. Seni oldinda yana olis yo`l kutmoqda. Yo`lingda davom et va toki bilagingda kuching, oyog`ingda mador bor ekan, toki vujudingda mushtdekkina yuraging urib turgan ekan, baxt nashidasidan bahramand bo`l...”

Ushbu so`zlar joniga qasd qilmoqchi bo`lgan yigitga shunchalik qattiq ta`sir etdiki, u ortiga bir oz tisarildi-da, qo`lidagi to`pponchani uzoq-uzoqlarga uloqtirdi. So`ng ortiga o`girilib, istiqboli tomon yugurib ketdi. Mana shu tarzda bo`lg`usida so`zning qudrati ila o`tkir qalam sohibi bo`lib etishgan avstriyalik yozuvchi — Stefan Sveyg bir o`limdan qoladi...

Buyuk adib, munaqqid, ko`plab g`aroyib novellalar muallifi Stefan Sveyg 1881 yilning 28 noyabrida Vena shahridagi badavlat xonadonda, to`qimachi korxona egasi Moris Sveyg oilasida dunyoga keladi. Yozuvchining bolaligi va o`smirligi haqida ko`p narsa ma`lum emas. Sveygning o`zi bolaligini, barcha zodagon oilalarida bo`lganidek, zerikarli va oddiy o`tganini ta`kidlagan. 1900 yili gimnaziyani tamomlab, Vena universitetining falsafa fakultetida tahsilni davom ettiradi. Adabiyot bobida Sveygning ilk mashqlaridanoq “ketmoni ucha boshlaydi”. Ota-onasiga ortiqcha yuk bo`lishni istamagan bo`lajak adib talabalik chog`idayoq cho`ntagidagi bor chaqalarini qoqishtirib, o`z hisobidan “Kumush torlar” deb nomlangan ilk she`riy kitobchasini nashr ettiradi va uni pochta orqali taniqli shoir Rayner Mariya Rilkega yuboradi. Mana shu ilk kitobchadan boshlab Stefan Sveyg bilan Mariya Rilke o`rtasida juda uzoq davom etgan do`stlik rishtalari bog`lanadi.

Universitetni tamomlagan Stefan Sveyg dunyo bo`ylab sayohatga otlanadi. Dastlab Ovro`padagi (London, Parij), keyinchalik Osiyo va Amerika qit`asidagi ko`plab shaharlarni tomosha qiladi. Birinchi jahon urushi oxirlab qolgan 1917 yildan boshlab u Shvesariyada istiqomat qiladi. Ayni shu kezlar buyuk fransuz adibi Romen Rollan bilan do`stlashadi, hatto Rollanni “Ovro`pa vijdoni” deya alqab, unga bag`ishlangan samimiy ocherkini e`lon qiladi.

1922 yildan boshlab Stefan Sveyg nomini mashhur qilgan kitoblar birin-ketin dunyo yuzini ko`radi. Adibning tarixiy-biografik yo`nalishda yozilgan “Erazm Rotterdamusning shukuhi va fojiasi”, “Mariya Styuart”, “Bashariyatning yulduzli onlari” asarlari, ayniqsa, bir-biridan ajoyib-g`aroyib novellalari yangilanayotgan Ovro`pa adabiyotida katta o`zgarish bo`ldi.

Sveyg qisqa janr ustalarining asarlaridan ajralib turuvchi o`zining novella andazasini yaratgandi. Uning novellalari dramatizmga boyligi, noodatiy syujetlari bilan o`quvchini lol qoldirib, inson taqdiri naqadar shafqatsiz ekanligi ustida bosh qotirishga undaydi. Ulardagi voqealar ba`zida quvnoq, ba`zida xatarli sayohat-safarlarda ro`y beradi,barchasi sanoqli daqiqalarda, inson o`z manfaatlaridan voz kechib, o`zini qurbon qila olishga qodirligi elakdan o`tkaziladigan damlarda ro`y beradi. Har bir hikoyaning mag`zini esa asar qahramonining kuchli hayajon yoxud jazava holatida irod etadigan monolog tashkil etadi (“Notanish ayol maktubi”, “Quturgan qotillar”, “Murabbiya”, “Yondirguvchi tilsim”, “Leporella”, “Yangi kasb bilan tuyqus tanishuv”, “Kuygan ko`ngil faryodi” kabi novellalar shular jumlasidandir).

Yigirmanchi asr mumtoz adabiyotining eng sevib o`qiladigan jozibali asarlari muallifi sanalmish Stefan Sveygning novella va hikoyalari “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat” umumiy nomi ostida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashr etilgan. Ushbu nashr shunisi bilan ahamiyatliki, undagi novella va hikoyalar asliyatdan – nemis tilidan Botir Rahmonov taomonidan o`zbekchalashtirilgan. Yozuvchining mazkur to`plamidan joy olgan “Yondirguvchi tilsimot”, “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat”, “Amok” kabi hikoyalardagi qahramonlar hayotini kuzata turib, asrlar davomida sayqallanib avlodlardan avlodlarga meros bo`lib kelayotgan chin insoniy qadriyatlar, nokiz tuyg`ular umrning ma`lum bir fasllarida shavqatsiz to`fonli sinovlarga duch kelishi va bu sinovlarda ular aql hamda axloq me`yorlariga tayanibgina o`z muvozanatini saqlab qolishi mumkinligining guvohi bo`lasiz. Hikoyalarni o`qiyotib ayol qalbi deb ataluvchi hissiy to`lqinlar bilan to`lib-toshgan tilsimli ummonning tub-tubiga nazar tashlagandek, undagi maftunkor jilvalar sririni anglagandek bo`lasiz. Ijodkor usta musavvir singari sayqal bergan voqea va lavhalar tasviridan maroqlanish bilan birga inson taqdirining o`ta murakkab echimlarga boy ekanligidan hayratlanasiz.

O`z novellalarida Sveyg inson yuragi himoyasiz, mehrga tashnaligini, har qanday jasorat, qahramonlik, gohida jinoyat ham insonda kuchli his-tuyg`ular toshqinini keltirib chiqarishini ta`kidlashdan charchamasdi. Uning birgina “Notanish ayol maktubi” novellasini o`qigan buyuk rus adibi Maksim Gorkiy Sveygni ayol kishining ichki kechinmalari, ruhiyati bilag`oni, deya e`tirof etib, ushbu novellani ayolga bag`ishlangan eng yaxshi asar ekanligini alohida ta`kidlaydi.

30-yillarda Sveyg ikki o`t orasida qoladi. Fashizmning tobora chuqurroq tomir otayotganini birinchilardan bo`lib sezgan Stefan 1934 yili Avstriyadan bosh olib chiqib ketadi. Rasmiy ravishda yangi asari — “Mariya Styuart” qahramonining tarixiy o`tmishini Britaniya arxivlaridan titib ko`rishni ro`kach qilgan bo`lsa-da, qalbining tubida endilikda vataniga qaytib kelolmasligini his etardi. Shundan so`ng haqiqiy darbadarlik boshlanadi.

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Stefan Sveygni Amerika qit`asiga “haydadi”. U Birinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi so`nggi urush bo`lib qoladi, degan xomxayolga borgandi.

1942 yilning 23 fevralida butun dunyo ro`znomalarining birinchi sahifalaridayoq quyidagi shov-shuvli xabar paydo bo`ladi: “Taniqli avstriyalik yozuvchi Stefan Sveyg va uning rafiqasi Sharlotta Rio de Janeyro shaharchalaridan biri Petropolisdagi kulbalarida o`z jonlariga qasd qilishdi”. Yuzlab, minglab odamlarni yuhodek o`z domiga tortayotgan urush davrida bu xabar uzoq vaqt shov-shuv bo`lib qololmasdi. Kimdir bunga zamondoshlarini xudbinlarcha mensimaslik. deb qarasa, kimdir buni hayrat-la qabul qildi.

Xudkushlik qilishga Sveygda hech qanday arzirli sabab yo`q edi. Uni na ijodiy inqiroz, na moliyaviy qiyinchilik, na biror kasallik, na shaxsiy hayotda uchraydigan qo`ydi-chiqdilar bezovta qilardi. To`g`ri, 30-yillarning o`rtalariga kelib Germaniyada uning kitoblarini o`qish va sotish taqiqlangan edi. Shunday bo`lsa-da, Amerika noshirlari adibni quchoq ochib kutib olishgandi. O`limidan bir kun oldin o`zining so`nggi asarlari — “Shaxmat novellasi” hamda “Kechagi dunyo”ni o`sha noshirlardan biriga jo`natadi. Keyinroq yozuvchining stolidan tugallanmagan bir necha qo`lyozmalar ham topiladi: Balzak haqida tarixiy biografiya, Montenga bag`ishlangan ocherk va hali sarlavhasi qo`yilmagan roman.

Shaxsiy hayotda ham uning omadi kelgandi. Yigirma yil birgalikda turmush kechirgan rafiqasi Frederika Mariya fon Vinternis bilan ajrashsa-da (ular keyinchalik bir-birlariga tez-tez xat yozib turishadi), o`limidan uch yil oldin o`zidan yigirma etti yosh kichik Sharlotta Altmanga uylanadi. Sharlotta turmush o`rtog`iga umrining so`nggi nafasigacha sadoqatli bo`lib qoladi.

Xudkushlikning vaj-karsoni etib yozuvchining begona yurtdagi yolg`izligini, vataniga bo`lgan sog`inchini, qattiq charchoq va nasistlarning Ovro`pa bo`ylab g`olibona yurishlariga toqat qilolmaslik natijasida kelib chiqqan og`ir ruhiy tushkunlikni ham ko`rsatishadi.

Adibning fojiali o`limi haqida Erix Mariya Remark o`zining “Jannatdagi soyalar” romanida shunday satrlarni bitgan edi: “Agar olis Braziliyada o`z jonlariga qasd qilgan Stefan Sveyg va uning suyukli xotini o`sha fojiali oqshom hech qursa telefon orqali o`z his-tuyg`ularini biron zotga to`kib solish imkoniga ega bo`lganlarida edi, bu dahshatli o`lim yuz bermagan bo`larmidi? Afsuski, Sveyg musofirchilikda, begona odamlar orasida edi”.

Balki o`sha yoshligida amalga oshirmoqchi bo`lgan qilmishiga farishtalar “omin” deyishgandir; balki novellalarining aksar qahramonlarini o`z joniga qasd qildirish orqali o`zini ham xudkushlikka tayyorlab borgandir. Yana kim biladi deysiz?!

Vidolashuv maktubida Sveygning o`zi shunday degandi: “Oltmish yoshdan keyin hayotingni yangitdan boshlash uchun katta kuch talab qilinar ekan. Mening kuch-quvvatim esa uzoq yillar davomida vatanimdan olislarda, sarson-sargardonlikda tugab bitdi. O`ylaymanki, yaxshisi, boshni baland ko`tarib, oliy qadriyati ozodlik bo`lmish tiriklik kitobiga hozirning o`zida ayovsiz so`nggi nuqta qo`yganim afzaldir. Men barcha yor-birodarlarimni olqishlab qolaman. Uzoq davom etgan qaro tundan keyin, ufqni ana o`shalar ko`rishsin! Men esa g`oyat besabrman va ulardan avvalroqketaman”.

XULOSA


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Sveyg hayotida juda ko'p narsalarni boshdan kechirdi va biz unga munosib bo'lishimiz kerak, vijdonan yashaymiz. So'nggi yillarda umidsizlikka qaramay, u oxirigacha sodiq qoldi. U faqat o'zining "aql nuri" bilan boshqariladigan kishiga ishonib, gumanist bo'lib qoldi. Ammo bu e'tiqod silkinadigan poydevor bo'lib chiqdi, chunki u yo'q qilish oson bo'lgan narsaga qurilgan edi. U patsifist bo'lib qoldi, u hech qanday tarzda urushni qabul qilmadi, o'zini soxta chehralardan va vatandoshlarining vatanparvarlik va shovinist yurishlaridan himoya qildi.

Hatto qiyin paytlarda ham Sveyg yozishni davom ettirdi, ko'plab qiziqarli hikoyalar, roman va tarjimai hollarni yozib nashr etdi. U o'z e'tiqodlari uchun qo'lidan kelganicha kurashdi, lekin barchasini yarashtiradigan odam bo'lishni xohladi: “Ehtimol bugungi kunda millionlab odamlar shafqatsiz qatliomga duchor bo'lganida, biz oqilona va aqlli, kulgili va qisqa ko'zli, talabchan bo'lib tuyulishi mumkin, xalqlarning birodarlik va tinchlik haqida gaplashishi mumkin emas ". Ammo, ehtimol u ko'rinishni xohlagan darajada kuchli odam emas edi. Vaziyatlarga bunday kuchli bog'liqlik Tsvegning yanada chuqur ishonchsizligini, uning g'oyalari va xarakterining umumiy arxitekturasidagi kamchilik va kamchiliklarni aks ettirdi. Jang qilish uchun odam nima bilan kurashishni bilishi kerak. Sveyg kurashning foydasizligini anglab etgach, vafot etdi. Ehtimol, uning ruhiy tushkunlikka olib keladigan odatiy jamiyatdan madaniy va ma'naviy jihatdan ajralib chiqishi, uning "ildizlardan ajratilganligi" uning ketishiga hissa qo'shgan.

Ammo uning asarlari uning e'tiqodiga, sababiga xizmat qiladi. Uning asarlari markazida odam turadi. Psixologizmga to'lgan Sveyg asarlari odamni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilishga o'rgatadi, kuchsizligi va kuchliligi bilan, odamni nima qilganda uni nima harakatlantirishi haqida o'ylashni o'rganadi, aks holda odamlarning qalbiga chuqurroq kirib borishni o'rganadi.

Sveyg iste'dodli yozuvchi sifatida, ayniqsa, ruminlashgan biografiya janrining etakchi pog'onasida yozuvchi sifatida jahon adabiyotida muhim o'rin egallaydi. U Kafka, muzey, Doderer bilan birga Avstriya adabiyotining taniqli vakili.

Sveyg umrining oxirigacha gumanist, antifashistik bo'lib qoldi. U aql-idrok falsafasini targ'ib qildi, urushni rad etdi, kosmopolit qarashlar unga juda yaqin edi, uzoq vaqt Sveyg o'zini butun dunyoning fuqarosi deb hisoblardi, shuning uchun u og'riq va umidsizlik bilan Evropaning "aka-uka" lari o'rtasidagi qirg'inga qaradi. Insonga, axloqqa va poklikka ishonish uning butun umri uning dini edi. Uning asarlari insonga bo'lgan muhabbat va chuqur psixologizm bilan uyg'unlashgan, Sveyg vafotidan keyin ham o'z ideallariga xizmat qilib kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


1. Arxipov Yu. I. Jahon Lite instituti. ular. A. M. Gorkiy. - M.: Fan, 1983-1994. - Sarlavhaga. l muh .: Jahon adabiyoti tarixi: 9 jildda - T. 8. - 1994 - S.347-348.

2. Arxipov Yu. Zafar va Stefan Zvayg fojiasi // Zweig S. Yurak sabrsizligi. Tarixiy miniatyuralar. - M .: Pravda, 1981 - S.410-415.

Arens Xans. Stefan Tsveyg // "Word \ Word" 2006 yil, 52-son. [Elektron manba. Kirish tartibi: ]

Bezelyanskiy Yu.Stefan Zvayg. Inson qalbi tadqiqotchisi. [Elektron manba. Kirish tartibi: ]

1. Frantsiyaning kemasozlik zavodi. Stefan Zvayg. - Neva, 1993. № 8.

2. Hayotimning ko'zgusidagi nigoh // Zweig S. Jinlarga qarshi kurash: Gelderlin. Kleist. Nitsshe. - M .: Respublika, 1992, - 304 b.

3. Zherebin A.I. Vena impressionistlarining tanqidiy nasri // Jahon adabiy jarayonidagi birlik va milliy o'ziga xoslik (To'plam). - SPb., 1999 yil.

4. Zatonskiy D. XX asr avstriyalik adabiyoti - M .: Badiiy adabiyot, 1985. - 444 b.

5. Zatonskiy D. Stefan Zvayg yoki odatda tipik avstriyalik // Zatonskiy D. XX asrning badiiy diqqatga sazovor joylari. - M., 1988 yil.

6. Zatonskiy D. Stefan Zvayg - kecha va bugun // Zweig S. Kecha dunyo. - M.: Rainbow, 1991 .-- S. 5-32.

7. Kaiser III D.U. Stefan Zvayg: Zamonaviy odamning o'limi. Tarixiy va badiiy insho // Tarjima. ingliz tilidan A.Vernikova, 1996 - 63 b.

8. Kisling Wolfgang. Petropolisga yo'l - Chet el adabiyoti, 1984, № 6.



9. Kertman L.E. Evropa va Amerika mamlakatlari madaniyati tarixi 1870-1917. - M., 1987 yil.


Download 338.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling