Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maksadi.
- Kerakli jixozlar
Keyslar banki
Keys. Transpiratsiya jadalligini aniqlashni o’rganadi. Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: 237 Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda). Transpiratsiya jadalligini aniqlashdan kelib chiqib bir nechta usulda dastur kodini taqdim eting (individual holda). Laboratoriya mashg’ulot - 3 Bargda suv tanqisligini aniqlash O’simliklarning xayotiy faoliyatini cheklovchi omillarning asosiylari bizning sharoitlarimizda yuqori xarorat va namlikning yetishmasligi hisoblanadi. Noqulay sharoitga chidamli o’simlik turlarini bilishda ularda suv tanqisligini aniqlash zarurati tug’iladi. Buning yordamida esa o’simliklarning suv yetishmasligiga bo’lgan javob reaktsiyasini aniqlash mumkin. Ishning maksadi. O’simlik turlarida suv tanqisligini aniqlash orqali, talabalarda o’simliklarning muayyan sharoitdagi xolati xaqida ko’nikma hosil qilish. Identiv o’quv maqsadlari: O’simliklarda suv tanqisligi ko’rsatkichini aniqlay oladi; Suv tanqisligi natijasida o’simliklarda bo’ladigan o’zgarishlarni tuShunib yetadi. Kerakli jixozlar: O’simlik barglari, suv quyiladigan idishchalar (vannacha), uyali gubkalar, qaychi, filьtr qog’ozi, tsellofan, daftar, qalam, chizg’ich, qog’oz qopchalar. Ishni bajarish. Ish I. Catsky metodi asosida, kun davomida 3 maxal, ya’ni yertalab, tush payti va kechkurun bajariladi. Takrorlanishi 3 marta 2-3 dona, uzunligi 1-2 sm keladigan butun barglarning bandi kesilgan xolda dastlabki og’irligi tortiladi, daftarga yoziladi hamda og’irligi tortilgan barglar suvli kameraga, ya’ni uyali gubkachaga joylashtiriladi. Doimo nam xoldagi kamerani xosil qilish uchun uyali gubkachaning usti avvalo filьtr qog’ozi, keyin tsellofan bilan yopiladi. 5-6 soat o’tgandan keyin barglarning joylarini almashtirmasdan gubkadan olib, filьtr 238 qog’ozida ozgina nami tortib olinadi, yana og’irligi tarozida tortiladi va daftarga yoziladi, keyin raqamlangan qog’oz xaltachalarga solinib, termostatga quritish uchun qo’yiladi. Quritilgandan keyin ham quruq massasining og’irligi yozib olinadi. Ish shu tartibda soat 13 va 18 da ham bajariladi. Olingan ma’lumotlar asosida jadval tuziladi hamda to’liq to’yinishga nisbatan bargdagi suv tanqisligi % xisobida formula asosida hisoblanadi. Ish jadvalni to’ldirish, xulosa qilish bilan yakunlanadi. Bargdagi to’liq to’yinishga nisbatan suv tanqisligi (ST) O. SHtoker (Stoskeg) formulasi bo’yicha hisoblanadi: ST = (suvni shim. dan keyingi og’irl. - suvni shimgunga qadar og’irligi) x 100 (suvni shimgandan keyingi og’irligi -- quruq og’irligi) Jadval-3 O’simlikdagi suv tanqisligini aniqlash (tulq to’yinishga nisbatan % hisobida) № O’simlik nomi 8 s. 13 s. 18 s. Quruq og’irligi Suv tankisligi Dastlabki og’irligi To’yingandan keyingi og’irligi Dastlabki og’irligi To’yinganda n keyingi og’irligi Dastlabki ogirligi To’yingan dan keyingi og’irligi 1 2 3 Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling