Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish»
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5278419548704343726
- Bu sahifa navigatsiya:
- RDBli boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan stanokning tavsifi
- Tabiiy cherepitsa (keramik va sement-qumli)
- Metallcherepitsa
Yumaloq, materialni qirqish. Kichik diametrli metallar qo‗larra bilan, katta diametrli o‗k, val va shunga o‗xshash metall zagotovkalari vintqirqar dastgohlarda hamda g‗ildirakli arralar yordamida qirqiladi. Zagotovkaga kernlab iz tushirib, uni tiskaga gorizontal holatda qisiladi va uch yokli prizma egov bilan katta bo‗lmagan ariqcha ochiladi. Polotnoga mineral moy surkab uyikdan arralanadi. Tasma metallni qirqishni kambar tomonidan boshlash maqsadga muvofik. Polotnoni burib qirqish usuli arra ramkasi kirib boraolmaydigan uzun materiallarni qirqishda qo‗llaniladi. Ammo, polotnoni qirqishda uni kallak yon kesigiga o‗rnatib 90° burchak ostida buraladi. Bunday vaziyatda arra tishlari metaldagi ariqchadan qiyalab ketishining oldini olish maqsadida uni extiyotlik bilan aralash kerak. Yopiq kontur bilan chegaralangan zagotovkalarni qirqishda ham bu usulni qo‗llash mumkin. RDBli boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan stanokning tavsifi RDB tizimiga ega bo‗lgan stanoklarda ishlov berish jarayonida oldindan berilgan topshiriq bo‗yicha avtomatik tarzda bevosita inson ishtirokisiz ishchi a'zolarni boshqaruvi amalga oshiriladi. Dasturiy boshqaruv – bu shunday boshqaruv tizimiki u stanok mexanizmlarini avtomatik tarzda ishlashini oson rostlanuvchi va sozlanuvchi dastur yordamida boshqarish imkonini beradi. RDBli stanoklarning oddiy avtomatlashtirilgan stanoklardan prinsipial farqi maxsus dastur tashuvchi qurilmalarga kiritilgan matematik (raqamli) shakldagi detalga ishlov berish dasturining mavjudligidadir. Shuning uchun xam uning nomi raqamli dasturiy boshqariluvchi stanokdir. Berilgan dastur asosida: stanok ijrochi mexanizmlarining siljish yo‗nalishi va tezlikgini rostlash, stanok ishchi siklini boshqarish, ishlov berish instrumentini o‗zgartirish va boshqalarni boshqarish mumkin. Stanoklarda dasturiy boshqaruv yordamida ishlov berish jarayonini avtomatlashtirishning asosiy xususiyati ularda keng universallikni saqlab qolishdir. Bu bitta stanok yordamida detallarning ko‗plab qismlariga turli xil ishlov berish imkoniyati yaratib beradi ya'ni moslashuvchan stanok turiga aylantiradi. Dasturiy boshqaruv: ishl ov berish jarayonini avtomatlashtirish, stanokni sozlash vaqtini qisqartirish, instrumetni o‗rnatish va sozlashni dastur yordamida boshqarish, seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishda moslashuvchan ishlov berish imkoniyatini yaratish, ish maxsuldorligini ishlab chiqarish madaniyatini, va ishlov berilgan detallarning sifatini oshirish imkonini beradi. RDBli stanoklarnining asosiy ratsional ekspluatatsiyasi masalasi stanokni ishlatishda minimal chiqimlarga asoslangan uzoq muddatli va buzilishlarsiz, ishlov berilayotgan yuzaning nuqsonsizligi va aniqligini ta'minlash, berilgan maxsuldorlik bilan ish jarayonini tashkil qilish xisoblanadi. Gidroabraziv kesish texnologiyasining tavsifi. Gidroabraziv kesish texnologiyasining asosini ishlov berilayotgan materialga yuqori tezlikka ega bo‘lgan suv oqimining errozion ta‘siri va qattiq abraziv qismlarga ta‘siri yotadi. Gidroabraziv kesish mexanizmining fizik mohiyati kesilayotgan sirtdan material bo‘laklarini qattiq bo‘laklarning oqimi yordamida tezlik bilan uzib olish hisoblanadi. Ikki fazali (suv va abraziv) oqimining ta‘sir samaradorligi va oqim mo‘tadilligi kesish parametrlarining bir qator optimal usullari bilan ta‘minlanadi. Ularga bosim va suv sarfi? Shuningdek abraziv material bo‘laklarining o‘lchami va sarfi kiradi. [9]. Nasos yordamida yuqori darajadagi 1000-6000 atmosfera bosimigacha siqib uzatilayotgan suv kesuvchi kallakka uzatiladi. Ingichka soplodan otilib chiqayotgan 0.08-0.5 mm diametrli yontovushli yoki o‘ta yuqori tovushli tezlikka (900-1200 m/s) ega bo‘lgan suv oqimi aralashtiruvchi kameraga kelib tushadi va abraziv bo‘laklari – elektrokorund donalari, karbid kremniy yoki boshqa turdagi yuqori qattiqlikka ega bo‗lgan material qumi bilan aralashtiriladi. Aralashgan oqim ichki diametri 0.5-1.5 mm li aralashtiruvchi trubkadan chiqib materialni kesadi. Kesuvchi kallaklarning ba'zi modellarida abraziv aralashtiruvchi trubkaning o‗ziga uzatiladi. Oqimning qoldiq energiyasini so‗ndirish uchun odatda 70 – 100 santimetrli qalinlikka ega bo‗lgan suv qatlamidan foydalaniladi. Quyidagi rasmda gidroabraziv kesish sxemasi keltirilgan.
1.1. rasm. Gidroabraziv kesish sxemasi Quyidagi rasmda abrazivni aralashtirish sxemasi keltirilgan.
1.2. rasm. Abraziv qismini aralashtirish sxemasi Gidroabraziv kesish jarayonining afzalliklari: Materialga termik ta'sirning yo‗qligi (kesish zonasidagi temperatura 60-90ºS); Materialning eng kam miqdordagi chiqindi bilan ishlov berilishi; Kesilayotgan materiallarning yuqori spektri (turli tumanligi) va turli qalinlikka egaligi (150 mm gacha va undan yuqori); Listli materiallarning 8 mm va undan yuqori bo‗lgan qalinliklarida eng katta samaradorliligi; Legirlangan po‗lat va qotishmalardagi legirlovchi elementlarning kuyish extimolining yo‗qligi; Materialni ishlov berilayotgan paytda ishlov berish zonasida detalning ishlov berilgan bo‗laklarida erish va kuyish xolatining yo‗qligi; Bir necha qatlamdan iborat paketda joylashgan yupqa qalinlikka ega listlarni kesuvchi golovkaning salt yurishi xisobiga kesish va ish maxsuldorligini oshirish imkoniyatining mavjudligi; To‗liq pojar va portlash xolatlarining xavfsizligi;
Ekologik tozalik va zaxarli gazlar ajralishining yo‗qligi; Kesishning yuqori sifatliligi (kromkaning tukliligi Ra 1,6); Mazkur texnologiyaning kamchiliklari: Yupqalistli po‗latni kesish tezligining uncha yuqori bo‗lmagan tezligi; Aloxida komplektlovchi uskunalar va kesuvchi golovkaning chegaralangan resursi. Abrazivning qimmatligi (sarflanayotgan material). Gidroabraziv kesish gidroabraziv kesish stanogi yordamida amalga oshiriladi. Konstruksiyaning aloxida xususiyatlari: Stanokning ishchi vannasi Stanoking tashuvchi ustunlari zanglamas po‗latdan tayyorlangan va eskirgan xolatda almashtirish imkoniyati mavjud. Ishlov berilayotgan materialni ustunlarda ushlab turish uchun tez almashtiriluvchi qovurg‗alar o‗rnatiladi va bu qovurg‗alar tayanch ustunlarni gidroabraziv oqim ta'siridan ximoyalash uchun xam xizmat qiladi.. Ishchi zonani shovqin va changdan saqlash uchun vanna suvni tez tushish va ko‗tarilish tizimi bilan ta'minlangan, bu detalga ishlov berishda to‗liq suvga botirilgan xolda amalga oshiriladi. Bunday yondashuvda ishlov berish jarayonida xosil bo‗layotgan chang suvda cho‗kindi bo‗lib qoladi, shovqin esa 65 Db gacha kamayadi. Siljish tizimi Stanok konsolli konstruksiyaga ega bo‗lib o‗qlar siljishi kamarli yuritmaga ega.
Kamarli yuritma sodda ekspluatatsiyaga ega bo‗lib, eskirganda yoki yeyilganda oson almashtiriladi, shuningdek u gidroabraziv kesish stanoklarida qo‗llash uchun eng maequl qurilmadir. Pozitsiyalash aniqligini oshirish uchun stanokka chiziqli induktiv datchiklar o‗rnatiladi, bu datchiklar ±0,025 mm aniqlikda pozitsiyalash imkonini beradi. O‗qlarning siljishi chiziqli yo‗nalish bo‗ylab xarakatlanadi va buning xisobiga pozitsiyalash aniqligiga, xarakat tekisligiga va siljish tezligiga erishiladi. Yuqori bosim nasosi Ixtiyoriy gidroabraziv kesish qurilmasining eng muxim bo‗g‗ini bu yuqori bosim nasosidir. Raqamli dasturiy boshqaruv tizimi Gidroabraziv stanoklarga raqamli dasturiy boshqaruv RDB tizimi o‗rnatiladi. Maxovikli tashqi pult
Xar qanday stanokni boshqarishda maxovik va tashqi pultdan foydalanish juda qulay xisoblanadi. Mazkur qurilmalar stanok bilan bog‗lanishni tezligi, aniqligi va qulayligini ta'minlab beradi. Mazkur masalani yechish uchun stanokka materialni lazerli yoki ultratovushli skanerlash uskunasini o‗rnatish mumkin. Bunday tizim materialni ishlov berishdan oldin kerakli zazor bilan skanerlash imkonini beradi, va bu ishlov berish vaqtida kerakli vaqt intervalini ushlab turishga xamda ishlov berish aniqligini maksimal darajada ushlab turishga xizmat qiladi. Kichik detallar bilan ishlashda faqat kesish nuqtalarini skanerlash imkoniyati mavjud DARDI kompaniyasi klientlarni hamisha butun komlekt bilan ta‘minlashni hush ko‘radi, shuningdek, montaj, sozlash va o‘qitish ishlari va qo‘shimcha qismlarning etkazib berilishi. DARDI International Corporation kompaniyasining mahsulotlari AQSH, Evropa, Rossiya, Italiya, Avstraliya, Janubiy-Shimoliy Osiyo mamlakatlarida juda mashxur sanaladi. Quyidagi rasmda DWJ30-BB seriyali DARDI tipidagi gidroabraziv kesish stanogi ko‗rsatilgan.
Stanok katta o‗lchamdagi listli materiallarni figurali kesish uchun mo‗ljallangan. Yuqori chastotatli gidroabraziv kesish. Ergonomik inson-mashina
interfeysi. Dasturiy ta'minot ko‗plab masalalrni yechimini topish imkonini beradi: ish maxsuldorligini oshirishdan tortib uning vaqt xisobi xamda tan narxigacha. 1.1-jadvalda DWJ30-BB seriyali portal mashinalar sinflanishi keltirilgan. 1.1.-jadval. DWJ30-BB portal tipidagi mashinalar seriyasi Model 3020
3040 3060
3080 Stol o‗lchamlari 3170×2130 mm
3170×4130mm 3170×6130 mm 3170×8130 mm O‗qlar
bo‗yicha siljish
X 3000mm
3000mm 3000mm
3000mm Y 2000mm 4000mm 6000mm
8000mm Z 210mm 210mm 210mm
210mm Yuritma turi O‗zgaruvchan tok elekt yuritmasi (Japan YASAKAWA) Poza olish aniqligi ±0.1mm Takrorlash aniqligi ±0.025mm Siljish tezligi 0-15m/min Elektr ta'minoti 220/380/415 VAC,50/60 HZ RDB tizimi FAGOR 8035/8040
Ijrochi mexanizmlar va servoyuritmalar YASKAWA (Yaponiya) yuqori sifat va aniqlik bilan ajralib turadi. Yo‗naltirgichlar va ShVU (sharik-vintli uzatmalar) – Tayvandan keltirilgan. Turg‗unlikning optimal ko‗rsatkichlari va vibratsiya xamda xatoliklarning yo‗qligi xattoki yuqori tezlikda xam mashinaning aniqlik bilan ishlashini ta'minlab beradi. Dasturiy ta'minoti (ingliz
tilida) DARDI
INTERNATIONAL CORPORATION kompaniyasi uchun maxsus NEWCAM (Tayvan) firmasi tomonidan yozilgan. Dastur WINDOWS XP operatsion tizim muxitida ishlaydi. Uning yordamida kesish vaqti xamda narxini xisobini yuritish mumkin. Asosiy urg‗u ishlov berilayotgan materialning samarali iqtisodiy jixatdan maxsuldorlgiga qaratilgan. Kesish jarayonida qo‗llanilayotgan zamonaviy CNC (RDB) tizimi – FAGOR (Ispaniya)ga tegishli. Yog‗ning o‗rnatilgan sachrash tizimi stanokning texnik xizmat ko‗rsatilishini yengillashtiradi. Stanokning uzoq muddat xizmat
qilishini ximoya tizimi ta'minlab beradi. Mashinaning yuqori bosim tizimi texnik xarakteristikalari quyidagi 10-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval. Mashinaning yuqori bosim tizimining texnik xarakteristikalari. Mode l Maks. bosim MRa Quvvati, KVt/l.s. Forsunkala r soni Maks. Suv sarfi, l/min Soplo
diametri, mm
Gabarit o‗lchamlari UxKxB, m Massasi
g DIPS
6- 2230
300 22/30
1 3,1
0,25 1,6x0,9x1,2 900 DIPS
9- 3040
380 30/40
2 3,1
0,3 1,7x1,0x1,2 1000 DIPS
7- 3740
380 37/50
2 3,7
0,33 1,7x1,5x1,4 1300
suvning bosimi
– 0,2
MPa dan
ortiq. Ta'minot manbasi 220/380/415V; 50/60 Gerts. Nasos yordamida ta'minlanayotgan uzluksiz va stabil suv bosimi kesish sifatini a'lo darajadaligini ta'minlab beradi. Mashinalar uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega Xavfsiz ekspluatatsiya shartlari va xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik o‘z-o‘zini nazorat qilish funksiyasining mavjudligi bilan asoslanadi. DIPS6-2230 yuqori bosim
tizimi DARDI
INTERNATIONAL CORPORATION kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va to‗la Xitoy texnologiyalari asosida yasalgan. DIPS9-3040 tizimining bo‗g‗in komponentlari – AQSh va Germaniya olimlari tomonidan yaratilgan. DIPS7-3740 tizimidagi asosiy komplektlovchi qism janubiy ishlab chiqarish korxonalaridan olib kelingan. Portal tipdagi gidroabraziv kesish uskunasi berilgan dastur bo‗yicha keng diapazondagi kenglik va mustaxkamlik xarakteristiksiga ega bo‗lgan materiallarni
kesish imkoniyatiga ega. Ushbu uskuna yordamida amalga oshirilayotgan gidroabraziv kesish, kesish sirtining mukammal sifati, matematik modelning yuqori aniqlikdagi konturliligi bilan amalga oshirilmoqda, bu aniqlikka boshqa usullar bilan erishish amri maxoldir [10]. Shunday qilib, metall cherepitsa va profnasti ishlab chiqarish bo‗yicha faoliyat quyidagicha kechadi: Xaridor buyurtma berish davrida unga qanday material kerakligini, tomning tipini va xar bir taxlamning o‗lchamlarini aniq ko‗rsatadi. Individual ko‗rinishga ega omalarni tunukalarini loyixalash bo‗limi xaridor talabidan kelib chiqqan xolda RoofBuilder dasturi yordamida yopgich material sarfini xisoblab chiqadi (to‗g‗ri burchakli va shakl berilgan metall cherepitsa va profnastil listlari), berilgan konfiguratsiya bo‗yicha sarflanuvchi chiziqqacha yetkazib berish elementlari va samorezlarning sarfini xisoblab chiqadi. Ushbu ma'lumotlar ikki nusxada pechat qilinib bir nusxasi ishlab chiqarishga jo‗natiladi ikkinchisi esa xaridorga beriladi. Bu bosqichda xaridor tomonidan to‗lov amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni: Avval metall cherepitsa/profnastilni shakl bukish/shakl berish qurilmasi yordamida to‗rtburchak shaklda listlar olinadi. Bunda listlar o‗lchamlari (uzunligi va miqdori) RoofBuilder dasturi ma'lumotlari asosida olinadi; so‗ngra DWJ30-BB seriyasiga kiruvchi DARDI tipidagi portal gidroabraziv kesish stanogi yordamida metall cherepitsa yoki profnastil to‗g‗ri burchali listlaridan materialni kesish yoki qirqish usulida shakl berilgan listlar qirqib olinadi (agar bu xolat biron bir tomini yopish ob'ektining dasturi bo‗yicha oldindan rejalashtirilgan bo‗lsa).
Rostlanadigan, nazorat qilinadigan va signallashtiriladigan parametrlarni tanlash va asoslash
List 5 Diplom loyihasi Bajardi Jamoldinova N Raxbar Turg’unova N Taqrizchi Tunuka (profnastil) mahsulotlariga shakl berish jarayonini avtomatlashtirish Adab Listlar TJICHAB 053-12 ка Kaf.mudiri Sabirov U Massa Masshtab AndMI
1:1 Tom yopish uchun ishlatiladigan materiallarni tanlash tashqi ko‗rinish, qulaylik va uyning ekspluatatsiya davriga ta'sir e'tuvchi eng muxim faktorlardan xisoblanadi. Tom yopish uchun quyidagi metall konstruksiyalardan foydalaniladi: cherepitsa (sopol), polimer materiallar, yog‗och, asbest plitalar, ruberoid, turli xil isitgichlar, germetika va boshqa mayda chuyda materiallar. Tom yopish uchun material tanlayotganda barcha ko‗rsatkichlarni xisobga olish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Birinchidan, xar bir tom yopish uchun ishlatiladigan material o‗zining kamchilik va afzalliklariga egadir. Ikkinchidan, ba'zi-bir tom konstruksiyalari maxsus materiallarni ishlatishni talab etadi. Uchinchidan, sifatli material ancha qimmat turadi, biroq ―Arzon molning sho‗rvasi tatimas‖ deb bekorga aytmaydi dono xalqimiz. Yopgich materiallar ikki guruxga bo‗linadi: qattiq va yumshoq. Birinchi guruxga asbestsement plitalarni ya'ni oddiy qilib aytganda ―shifer‖ni, temir yopgichlarni, keramik va beton cherepitsani kiritishimiz mumkin. Ikkinchi guruxga esa, ruberoid, bitum asosidagi yopgichlarni, kauchuk va termoplast asosida yasalgan kompozitsion va polimer qoplamaga ega bo‗lgan materiallarni kiritishimiz mumkin. Eng ko‗p tarqalgan yopgichlarga quyidagilirni kiritishimiz mumkin: Tabiiy cherepitsa (keramik va sement-qumli) Tabiiy cherepitsa uncha katta bo‗lmagan o‗lchamga ega bo‗lgan donali material bo‗lib, tom yopishda keng qo‗llaniladi. U juda kichik temperaturaviy chiziqli kengayishga ega bo‗lib ikki xil vertikal kiyilishga ega (qumli-sement cherepitsa) yoki ikkita gorizonatl kiyilishga ega (loyli cherepitsa), shu sababli unda yoriqlarning paydo bo‗lishi umuman kuzatilmaydi. Afzalliklari: ekologik toza; shovqinsiz; yonmaydigan material; uzoq xizmat davri – 100 yilgacha; ta'mir va parvarishni talab qilmaydi, keng o‗ziga xos shakl, rang, va tur tanlovi, tezkor va oson taxlash imkoniyati. Kamchiliklari: tan narxining qimmatligi va keltirish xamda o‗rnatish narxining qimmatligi.
Metallcherepitsa po‗lat tekislangan list bo‗lib, unga tayyorlash vaqtida klassik keramik cherepitsa shakli beriladi, u fakat tom yopish uchun mo‗ljallangan bo‗ladi. Afzalliklari: oddiy tomlarga listlarni tez o‗rnatish imkoniyati, unchalik qimmat bo‗lmagan usta xaqi va keltirib berish arzonligi keng rang gammasi va rekonstruksiya imkoniyatining mavjudligi. Kamchiliklari: polimer qoplamalarning gullashi, cheklangan xizmat davri, shovqinlilik darajasining balandligi, kondensatsiya maxsuli, murakkab tomlarda chiqindi xajmining ko‗pligi, kesilgan list bo‗laklarining korroziyaga uchrash extimolining balandligiyoppasiga qotirilishi va murakkab remont xamda rekostruksiya. Profnastil Profnastil o‗ziga xos metall list bo‗lib trapetsiya yoki to‗lqinsimon shaklga ega. U quyidagi qurilish ishlarida ko‗llaniladi: Bino va inshootlarning tomlarini yopishda; Devorlar yuzasini yopishda; Zabor va to‗sgichlar yasashda; Beton bloklarni qo‗yish uchun opalubka sifatida. Afzalliklari: montajning oson va soddaligi, buning uchun maxsus qurilmalar shart emas, atmosfera ta'sirlariga chidamlilik, antikorroziya xususiyati, uzoq muddatli xizmat davri va parvarishning shart emasligi, yuqori germetiklik, olovbardoshlik, estetik tozalik, arzon va iqtisodiy jixatdan tejamlilik, keng rang tanlash imkoniyati. Kamchiliklari: shovqinlilik darajasining balandligi, quyoshda qizib ketishi, zararlangan listlarning korroziyaga uchrashi. Qurilmalarga o‗rnatilgan elektron komponentlar Yaponiyaning «Omron Corporation»: Shiokoji Horikawa, Shimogyo-ku, Kyoto, 600-8530 kompaniyasidan sotib olingan. Maxsulot uzunligini xisoblovchi qurilma sifatida E6B2-CWZ6C-500 P/R 2M (Omron) reversiv o‗tkazgich datchiklardan (enkoderlardan) foydalanilgan, bunday datchiklar impulslarning fazaviy siljishi va impulslar soni xamda uzunligini qayta xisoblash koefitsienti bilan ta'minlangan. Enkoderning o‗qi kuzatuvchi rolikning o‗lchovchi g‗ildiragi bilan bog‗liq bo‗lib u uzatilayotgan lentaga tegib turadi va xisoblash xamda ruyxatga olishni osonlashtiradi. E6B2-CWZ6C enkoderining tashqi ko‗rinishi va gabarit o‗lchamlari quyidagi rasmda keltirilgan.
2.1. rasm. E6B2-CWZ6C enkoderining tashqi ko‗rinishi va gabarit o‗lchamlari Maxsulotning kerakli uzunlikdagi listi o‗tganda ijrochi elementga qurilmani ishga tushiruvchi signal kelib tushadi (masalan kesuvchi qaychini ishga tushirish yoki, shakl berish uskunasini ishga tushirish buyrug‗i). Kerakli shakl berilgach metall cherepitsaga/profnastilga listining taxlamlari orasidagi qadam o‗lchanib chiqiladi (ikkita qo‗ni taxlam orasi o‗lchanadi), so‗ngra bu o‗lchamlar ishchi zonaga jo‗natiladi va qaychilar ishga tushadi va tayyor maxsulotni kesish amali bajariladi. Berilgan xisob bo‗yicha buyumlar soni to‗g‗ri bo‗lgach dastur avtomatik tarzda ishni to‗xtatadi va tizim qo‗lda boshqaruv tizimiga o‗tadi. Mazkur rejimda sozlash ishlari rostlash va material rulonini yuklash ishlari xamda komponentlar tizimini boshqarish amalga oshiriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling