Andijon Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti eee yo'nalish talabasidan


Download 63.6 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi63.6 Kb.
#1082471
1   2   3   4
Bog'liq
Til haqida

Masalan, yer so‘zi planeta, uning quruqlik qismi, planeta qobig‘ining sirtqi qatlami, ekin ekiladigan maydon, joy, biror mamlakatga tegishli hudud, masofa, biror narsaning bo‘lagi, ish joyi kabi o‘ndan ortiq ma’nolarga ega bo‘lsa, chuvalchang yoki chumchuq so‘zlari bir ma’nolidir.

Atama. Ilm-fan, adabiyot, san’at, texnika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ma’lum tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi atama deb yuritiladi. Atamalar, asosan, bir tushuncha – bir ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi.

Chunki fanda bir atama bilan bir necha ma’nolarni ifodalash ijobiy hol sanalmaydi. Ammo ma’lum bir soha uchun atama bo‘lgan so‘z o‘sha doiradan tashqarida boshqa ma’nolarda ham qo‘llanaverishi mumkin. Masalan: ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, ot, sifat, son, fe’l, ravish va hokazo.

4.O'zbek tili kelajagi

So‘nggi paytda ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda milliy til va o‘zlik (identiklik) haqida bahslar va turli fikrlar ko‘paydi. Bu, albatta, yaxshi holat. Til va o‘zlik doimo bahslarda shakllanadi. Mashhur fransuz olimi Ernest Renan e’tirof etganidek, «millat – bu har kuni plebissit demakdir».

Millat doimo so‘zlashuv va muloqot (dialog) orqali barpo etiladi. Milliy tilning asosida anglangan borliq yotadi. Til jahondagi voqealarni anglab, ilmiy mushohada orqali soddalashgan dunyo tasvirini ham yaratadi.

Voqealar o‘z vaqtida anglanmasa va tilimizda aks etmasa, ular bayonini biz boshqa tillardan olishimizga to‘g‘ri keladi. Natijada jamiyat ongi o‘zga tilga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham oxirgi yillarda til masalasi davlat darajasiga ko‘tarildi.

Quyida hozirgi o‘zbek tili holati va o‘zlik (identiklik) masalasida fikr va qarashlarimni muxtasar bayon etmoqchiman. So‘nggi uch-to‘rt yil ichida o‘zbek tilini­rivojlantirish, davlat tilida ish yuritish va o‘zbek tilining obro‘sini ko‘tarish uchun qonunlar qabul qilindi, qo‘mitalar va markazlar tuzildi. Lekin ezgu ishlar biz kutganchalik natijalar berayotgani yo‘q. Nima uchun?


Download 63.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling