Andijon Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti eee yo'nalish talabasidan
Download 63.6 Kb.
|
Til haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat
Negaki biz qonunlar va qonunosti hujjatlarni qabul qilayotganda va turli markazlar tuzayotganda bugun dunyoda mavjud bo‘lgan til holati va so‘nggi ilmiy texnologiyalardan foydalanayotganimiz ham, ularni hisobga olayotganimiz ham yo‘q.Hozirgi kunda jahonda axborot va fan tili ingliz va biz kabi postsovet jamiyatlarida ko‘proq rus tilidir. O‘z vaqtida jadidlar tilni yangi so‘zlar va madaniy yangiliklar bilan to‘ldirishgan. «Teatr», «roman», «pesa», «poezd» va hokazo so‘zlarni keng qo‘llashgan va buning ta’siri o‘laroq XX asrning 20-yillarida milliy romanchilik vujudga keldi.Jadidlar o‘zbek tili grammatikasini isloh qilishga urinishgan va hatto lotin alifbosini kiritishda katta jonbozlik ko‘rsatishgan. Ular sa’y-harakati bilan o‘zbek siyosiy millati vujudga keldi. Yevropadan olib kelingan va o‘zlashtirilgan madaniyat o‘zligimizni (identiklikni) ma’lum ma’noda shakllantirdi.Shuni alohida qayd etish kerakki, jadidlar o‘zbek tilini yangilikka ochiq sistema deb tushunishgan. Bu tilda o‘sha paytlardayoq ko‘plab Yevropa va rus romanlari tarjima qilindi. Pirovardida O‘zbek tili modern tilga aylandi va XX asrning 30-60-yillarida o‘zbek tilida ko‘plab nodir asarlar va she’rlar yaratildiBiz hozirgacha G‘.G‘ulom, A.Oripov, E.Vohidov, P.Qodirov va boshqa adiblarimiz asarlari va ulardagi til «jozibasi» ta’siridamiz. Holbuki, undan keyin qancha suvlar oqib o‘tdi: dunyo globallashdi, madaniyatlar qorishib ketdi, deymiz, siyosiy tuzumlar o‘zgardi, qadriyatlar «safi» kengaydi. Bizda esa…O‘ylashimcha, bizning hozirgi o‘zbek tili ana shu davr bilan chambarchars bog‘liq bo‘lgani va ko‘p hollarda uni o‘zi uchun «etalon» deb bilgani bois rivojlanishdan to‘xtab qoldi.Etiboringiz uchun rahmatDownload 63.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling