Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti


Issiqlik elektr stantsiyalari: kondensatsion elektr stantsiyalari


Download 0.62 Mb.
bet5/22
Sana22.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1650045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
diplom tugadi Bozorboyeva

Issiqlik elektr stantsiyalari: kondensatsion elektr stantsiyalari. KES-lar odatda yoqilg‘i qazib olinadigan va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan joylarga quriladi.


Kondensatsion issiqlik elektr stantsiyasini printsipial texnologik sxemasi:


1-yoqilg‘i ombori va yoqilg‘i uzatish sistemasi; 2-yoqilg‘i tayyorlash sistemasi; 3-bug‘ generatori; 4-turbina; 5-kondensator; 6-sirkulyatsion nasos; 7-kondensat nasosi; 8-ta’minlovchi nasos; 9-bug‘ generatorining o‘txonasi; 10-parrak; 11-tutun; 12-havo isitgich; 13-suv ekonomayzeri; 14-past bosimli suv isitgich; 15-deaerator; 16-yuqori bosimli isitgich.
KES agregatlari katta quvvatli bo‘lib, ularning boshqa stantsiyalardan farqlovchi xususiyati manevrli emasliklaridir, ya’ni bu agregatlarni ishga tushirib, sinxronlash uchun ketadigan vaqt 3-6 soatni tashkil etadi. KES-larda faqat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va ishlatilgan bug‘ kondensatorlarga yig‘ilib, qayta foydalanish uchun yuboriladi. Bu elektr stantsiyalarning foydali ish koeffitsiyentlari 32-40%-dan ortmaydi. Ular atrof muhitga salbiy ta’sir etadi.
Issiqlik elektr stantsiyalari: issiqlik elektr markazlari. IEM-larini esa iste’molchilarga yaqin joylarga quriladi va tashib keltiriladigan yoqilg‘idan foydalaniladi IEM-larda elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqariladi.
Ular nisbatan tejamli ishlaydi va foydali ish koeffitsiyentlari 60-70% ga yetadi.
Gaz turbinali elektr stantsiyalarning asosini quvvati 25-100 MVt-li gaz turbinalari tashkil etadi. Yonish kamerasiga yoqilg‘i (gaz, dizel yoqilg‘isi) tashlanadi, shuningdek u yerga kompressor orqali siqilgan havo haydaladi.
GTK-larni FIK-i 30% atrofida bo‘ladi. Qizigan yonish mahsulotlari o’z energiyasini gaz turbinasiga beradi va u kompressor hamda sinxron generatorni aylantiradi. qurilma ishga tushiruvchi elektr motori yordamida 1-2 minut davomida ishga tushiriladi.
Gaz turbinalarining tejamkorligini oshirish uchun bug‘-gazli qurilmalar ishlab chiqilgan. Ularda yoqilg‘i bug’ generatorining o‘txonasida yoqilib, hosil bo‘lgan bug‘ esa bug‘ turbinasiga yo‘naltiriladi. Bug‘ generatoridan chiqayotgan yonish mahsulotlari, tegishli haroratgacha sovutilgandan so‘ng, gaz turbinasiga yo‘naltiriladi.





Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling