Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
Download 0.62 Mb.
|
diplom tugadi Bozorboyeva
Podstantsiyalar
Elektr tarmoqlarida podstantsiyalar ayrim iste’molchilarni yoki butun bir tumanni elektr energiya bilan ta‘minlash uchun, energotizimni bir qismini yoki turli energotizimlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Podstantsiyalarni yuqori kuchlanish shinalari energotizimning tugun nuqtasi bo‘lib, unda bir nechta podstantsiyalar parallel ishlashga biriktirilishi mumkin. Podstantsiyalar elektr ta’minoti tizimini asosiy zvenosi xisoblanadi. Ularni elektr energiya tizimida joylashishiga qarab shahar, tuman elektr tarmoqlari podstantsiyasi yoki sanoat korxonalari podstantsiyasi deb ham yuritiladi. Tuman podstantsiyasi asosan tuman elektr tarmog‘idan energiya iste’mol qiladi va sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi. Sanoat korxonalari maydonida ruxsat etilgan transformator podstantsiyalari quyidagi ko‘rinishda bo’ladi: 1.Bosh pasaytiruvchi podstantsiya ochiq taqsimlash qurilmasi orqali energiya tizimidan 110, 35 kV kuchlanishli elektr energiyani korxona tarmog‘i uchun 10, 6 kV kuchlanishli elektr energiyaga aylantirib tsex transformator podstantsiyasiga beradi. 2.Transformator podstantsiyasi va yopiq taqsimlash qurilmasi orqali 10, 6 kV kuchlanishli elektr energiyani 0,4 kV kuchlanishga pasaytirib beradi. Podstantsiyalar vazifasi bo’yicha iste’molchilarni va energotizimni podstantsiyalari bo‘ladi. Energotizim podstantsiyalari shinalar orqali energotizimni ayrim tumanlari bilan bog‘lanadi. Odatda bu 500, 220 kV li yuqori kuchlanishli podstantsiyalardir. Iste’molchilarning podstantsiyalari iste’molchilar o‘rtasida elektr energiya taqsimlash uchun xizmat qiladi. Podstantsiyani sxemasi podstantsiyani ta’minlovchi tarmoqga ulanish usuli va vazifasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi lozim. 1.Podstantsiya iste’molchilarini energiya bilan ishonchli ta’minlashi hamda normal va avariyadan keyingi rejimlarda magistral va tizimlararo aloqa bo’yicha quvvat uzatishni ta’minlash, rivojlanish istiqbollarini xisobga olishi; 2.Asta-sekin kengayish imkoniyati mumkinligi; 3.Avariyaga qarshi avtomatika talabini xisobga olishi; 4.Qo‘shni ulanishlarni uzmay, sxemani ayrim elementlarida ta’mirlash va foydalanish ishlarini olib borish mumkinligi. Podstantsiyalarda yuqori kuchlanishli va o‘chirgichlar soni kam bo’lgan oddiy sxemalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Berk va shoxobchali podstantsiyalar yuqori kuchlanishli shaxobchalarga ega bo‘lmagan oddiy sxemalar bo’yicha quriladi. Bir transformatorli podstantsiya ta’minlovchi tarmoqka qisqa tutashtirgich va bo‘laklagich qurilmali sxema bilan ulanishi mumkin. Ikki transformatorli podstantsiyalar yuqori kuchlanish tomonida avtomatik yoki noavtomatik bog‘lovchi bilan ta’minlanadi. Avtomatik bog‘lovchidan ikki tomonlama ishlaydigan uzgich o‘rnatiladi. Podstantsiyalarni asosiy elektr uskunalariga shina qurilmalari, turli elektr apparatlari, kuch va o‘lchov transformatorlari, ximoya, avtomatika, signalizatsiya va o‘lchash qurilmalari kiradi. Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalariga kuchlanish ostida rostlanuvchi (RPN) kuch transformatorlari ham o‘rnatiladi. Korxonani kunlik yuklama diagrammasiga bog‘liq ravishda chiqish kuchlanishi rostlab turiladi. Hozirda elektr energetika tizimi rivojlangan mamlakatlarda shu jumladan Rossiyada kuchlanish ostida rostlanuvchi kuch transformatorlari yuritmasini avtomatik boshqaruvchi mikroprotsessorli qurilma ishlab chiqildi va amaliyotga keng tadbiq etilmoqda. Bu qurilmani vazifasi chiqish kuchlanishini stabillashdir. Qurilmadan transformatorni transformatsiyalash koeffitsiyentini avtomatik rostlash kompleksi tizimida yoki alohida qurilma sifatida foydalanish mumkin. Har qanday podstantsiyalarda taqsimlash qurilmasi mavjud va u quyidagi jixoz va apparatlardan iborat. 1.Kommutatsiya apparatlari; 2.Avtomatika va ximoyalash uskunalari; 3.O‘lchov asboblari; 4.Yig‘ma va bog‘lovchi shinalar; 5.Yordamchi uskunalar. Taqsimlash qurilmalarni tuzilishi bo’yicha ochiq va yopiq turlari mavjud. Ular komplekt yig‘ilgan yoki qisman yig‘ilgan xolda ishlab chiqariladi. Sanoat korxonalarida taqsimlash qurilmasini ikkala turi ham keng qo‘llaniladi. Ochiq taqsimlash qurilmalari ochiq xavoda o‘rnatiladi. Berk taqsimlash qurilmalarini uskunalari esa bino ichida o‘rnatiladi. Komplekt taqsimlash qurilmalari to‘la va qisman berk shkaflar yoki bloklardan iborat bo‘ladi. Ularda kommutatsiya apparatlari, avtomatika va ximoya uskunalari, o‘lchov asboblari, yordamchi uskunalar to‘la yig‘ilgan va yig‘ishga tayyor xolda zavodlardan keltiriladi va binolar ichiga o‘rnatishga moslanadi. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori kuchlanishlar uchun odatda podstantsiyalarda ochiq taqsimlash qurilmalari o‘rnatiladi va uskunalar yig‘ma bloklar shaklida zavodlarda ishlab chiqariladi. Ochiq taqsimlash qurilmalarini konstruktsiyasi turlicha bo‘ladi va elektr ta’minoti tizimidagi yuqori va past kuchlanishlar tanlangan ulanish sxemasiga, yuqori kuchlanish tomonida o‘chirgichlar yoki qisqa tutashtirgich, ajratgich o‘rnatilishi va joylashtirilishiga bog‘liq. Sanoat korxonalarini bosh pasaytiruvchi podstantsiyalarida 110/35/10 kV li taqsimlash qurilmalari ETQ bo’yicha ochiq turda quriladi, ammo atrof muxit o‘ta zararli bo‘lsa, xavo harorati juda past bo‘lsa berk taqsimlash qurilmasi o’rnatiladi. Ochiq turdagi taqsimlash qurilmalarini qo‘llash qurilishni arzonlashtiradi va vaqtni tejaydi, chunki uskunalarni ta’mirlash, almashtirish berk taqsimlash qurilmalariga nisbatan ancha qulay. Ammo ochiq turdagi taqsimlash qurilmalaridan foydalanish berk taqsimlash qurilmalarinikidan ancha murakkab. Bundan tashqari ochiq taqsimlash qurilmalarini uskunalari ochiq xavo ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak bu talab uskunalar narxini keskin oshiradi. 10/6/0,4 kV li taqsimlash qurilmalarini 2 turi mavjud: ochiq va berk komplekt taqsimlash qurilmalari tarkibidagi, ximoya, o‘lchash va boshqarish uskunalariga hamda past haroratga sezgir bo‘lgan apparatlarga isitish tizimi o‘rnatiladi. Xavo harorati 50C dan past bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘chirgichlar yuritmasi isitish uskunasi bilan jixozlanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling