Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
Podstantsiyalarning turlari
Download 0.62 Mb.
|
diplom tugadi Bozorboyeva
Podstantsiyalarning turlari
Podstantsiyalar tarmoqqa ulash usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Tupikli - energiyani bitta elektr uskunasidan bitta yoki bir nechta parallel liniyalar orqali oladigan podstantsiya. 2. Shoxlanuvchi - bitta yoki ikkita o‘tayotgan liniyalarga uzilmas qilib ulab qo‘yiladi. 3. O‘tkazuvchi- ikki tomonlama yoki bir tomonlama energiya oladigan bitta yoki ikkita liniyani uzilishiga ulanadi. 4. Tugunli - ta’minlovchi tarmoqni ikkitadan ortiq liniyasi ulangan, liniyalar ikkita yoki ko‘proq elektr uskunalaridan kelgan bo‘ladi. Podstantsiya sxemalari vazifasi va tarmoqqa ulanish usuliga bog‘liq va quyidagilarni ta’minlashi kerak: 1.Iste’molchilar ta’minotini ishonchliligi va normal va avariyadan so‘ng rejimlarida tizimlararo yoki magistral aloqa liniyalardan quvvatni qayta oqishi; 2 Rivojlanishni istiqbollarini hisobga olinishini; 3.Hamma kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalarini kengaytirish imkoniyatlari; 4.Avariyadan so‘nggi avtomatika talablari hisobga olinishi; 5.Sxemani elementlarida qo’shni ulanishlarni o‘chirmasdan ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish imkoniyatlari. Tupikli va shoxlanuvchi podstantsiya sxemalari yuqori kuchlanish uzgichsiz soddalashtirilgan sxemada bo‘ladi. Bir transformatorli tupik podstantsiyalar 35-220 kV tomonida transformator - liniya bloki sxemasi bo’yicha kommutatsion apparaturasiz yoki bitta ajratgich bilan bajariladi. Buni faqat liniyani energiya beruvchi tomonidan himoyasi transformatorni shikastlanishiga yetarli sezgir bo‘lsa bajarish mumkin. 35 kV-li tupik podstantsiyalar transformator - liniya blok sxema bo’yicha ajratgich va saqlagich qo‘yib bajariladi. Bu saqlagich transformatorni ishonchli himoya qilsa va past kuchlanish tomonidagi liniya himoyasi bilan selektivlik ta’minlansa bajariladi. Bu shartlar bajarilmasa ajratgichli bloklar sxemasi qo‘llaniladi. Asos bo‘lsa ajratgich o‘rniga uzgich qo‘yish mumkin. Ikki transformatorli tupik podstantsiyalar ikkita blokli sxema bo’yicha ajratgichlar, saqlagichlar yoki avtomatik ajratgichlar bilan yuqoridagi shartlarga bog‘liq bloklarni bir - biriga ulamay bajariladi. 35-220 kV liniyalarga qo‘zg‘almas ulanadigan shoxlanuvchi podstantsiyalar ikkita blokli sxema bo’yicha transformator zanjiridagi avtomatik ajratgich va qisqa tutashtirgichlar bilan hamda ikkita ajratgichdan iborat bloklarni ulovchi bilan bajariladi. Agar tupikli yoki shoxlanuvchi podstantsiyada bitta qo‘shimcha liniya ulash zarurati tug‘ilsa, 110 kV kuchlanishda transformatorlar zanjirlarida avtomatik ajratgichli ko‘prik sxemasi va ikkita uzgich orqali ulangan qo‘shimcha liniya mavjud sxemasi qo‘llanilishi mumkin. Agar podstantsiya ikkala tomoni manbaga ulangan liniyani kesib ulangan bo‘lsa, transformatorlar zanjirlarida avtomatik ajratgichlar qo‘yiladi, liniyalarni bir-biriga ulaydigan zanjirga uzgich qo‘yiladi. Normal rejimda uzgich ulangan, remont uchun ulanadigan 3 va 4 ajratgichlar uzilgan. Bu sxema ajratgich va uzgichlar yordamida har qanday operativ holatda ham iste’molchilarni elektr ta’minotini buzilmasligini ta’minlaydi. Agar ob-havo sharoitiga ko‘ra ajratgich va qisqa tutashtirgich qo‘yilishi mumkin bo‘lmasa, transformator zanjirida uzgichlar qo‘yiladi. Tugun podstantsiya sxemalari. Bunday podstantsiyalarda energotizim qismlarini bir-biriga bog‘lash yoki ikkita tizimni bir-biriga bog‘lash ko‘zda tutiladi. 330-750 kV tomonida shinalar-transformator sxemasi qo‘llanilgan. Har bir liniyani zanjirida ikkita uzgich mavjud. Avtotransformatorlar shinalarga uzgichsiz ulanadi. O‘rta kuchlanish 110-220 kV tomonida bitta ishchi va bitta aylanma shinali yoki ikkita ishchi va bitta aylanma shinali sxemalar qo‘llaniladi. Past kuchlanish tomoniga sxema tanlashda 1-navbatda qisqa tutashuv tokini cheklash masalasi ko‘riladi. Tupikli bir transformatorli podstantsiyalar sxemalari: a) yuqori kuchlanish uzgichisiz; b) yuqori kuchlanish saqlagich bilan. Transformator zanjirlarida avtomatik ajratgichli va liniyalar orasidagi ulamada uzgich bo‘lgan ko‘prik sxema. O‘tkazuvchi podstantsiyani kengaytirilgan to‘rt burchak sxemasi. Tugunli podstantsiya sxemasi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling