Elektr uskunalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Elektr stantsiyalarining turlari va printsipial texnologik sxemalari, podstantsiyalar.
Elektr stantsiyalarni turlari. Issiqlik elektr stantsiyalari: kondensatsion elektr stantsiyalari, issiqlik elektr markazlari, gaz-turbinali va bug‘-gaz turbinali elektr stantsiyalar; gidroelektrstantsiyalar; atom elektr stantsiyalari; MGD elektr stantsiyasi.
Elektr stantsiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘zgartirish hamda taqsimlash uchun elektr podstantsiyalari xizmat qiladi.
Elektr stantsiyasi - bu birlamchi energoresurslarni yoqish, yoki suvning energiyasidan, yoki boshqa bir energiyadan foydalangan xolda elektr, ba’zida esa qo‘shimcha issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan sanoat korxonasidir.
Tabiiy energiya manbaasining turiga qarab elektr stantsiyalari quyidagilarga bo‘linadi:
Issiqlik elektr stantsiyalari-IES.
a) kondensatsion elektr stantsiyalari-KES;
b) issiqlik elektr markazlari-IEM;
v) gaz-turbinali va bug‘-gaz qurilmali elektr stantsiyalar-GTK va BGqES.
Katta xudud iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadigan KES-lar davlat tuman elektr stantsiyalari (DTES-GRES) deb ataladi.
Gidroelektrstantsiyalar va gidroakkumulyatsion elektr stantsiyalar GES va GAES.
Atom elektr stantsiyalari-AES.
Gelio elektr stantsiyalari (quyosh ES)-qES.
Geotermal elektr stantsiyalari-GTES.
Dizel elektr stantsiyalari-DES.
Oqim elektr stantsiyalari-OES.
Shamol elektr stantsiyalari-ShES.
Magnitogidrodinamik elektr stantsiyalari-MGD ES
Dunyoda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning ko‘p qismi IES, AES va GES-larga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston hududida 85% dan ko’proq elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |