Android studioda uchraydigan ba'zi xatoliklar


Download 370.23 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2020
Hajmi370.23 Kb.
#101495
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Android studioda uchraydigan ba'zi xatoliklar

Abdulaziz RasulbekApril 20, 2020

Assalomu alaykum ushbu maqolamizda Xudo xohlasa Android studioda Gradle bilan uchraydigan xatoliklardan ba'zilarini ko'rib chiqib, bartaraf etishga harakat qilamiz.

Dastlab Gradlega to'xtalib o'tsak. Gradle o'zi nima?

Android operation tizimida asosan Gradlega oid quyidagi uchta tushunchaga duch kelamiz:


  • Gradle

  • Android Gradle Plugin

  • Gradle Wrapper

Gradle

Gradle asosan moslashuvchanlik va ishlash samaradorligiga e'tibor qaratadigan, ochiq manbali, loyihani qurishni avtomatlashtirish vositasidir.

Nazariy jihatdan, Gradle har qanday loyihani, masalan, Java, Android va hatto iOS loyihasini qurish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, u har qanday IDE bilan moslashtirilishi mumkin, masalan, Android Studio, Netbeans yoki Eclipse.

Gradlening ajoyib xususiyatlaridan biri bu Custom Pluginlarni qo'llab-quvvatlashidir. Ya'ni o'z loyihamiz uchun Gradle asosida ishlaydigan plugin yozib ishlatishimiz mumkin.

Android Gradle Plugin

Android Gradle Plugin - bu Google tomonidan ishlab chiqilgan ana shu Custom Pluginlardan biri. Android loyihasi uchun ushbu plaginning versiyasini build.gradle(Project)da sozlash mumkin.

buildscript {

....

dependencies {



classpath 'com.android.tools.build:gradle:3.6.3'

}

....



}

Yuqoridagi misolda Android Studio 3.6.3 versiyasi uchun chiqarilgan Android Gradle Pluginning 3.6.3 versiyasi ishlatilganini ko'rish mumkin.

Ushbu plaginning har bir versiyasi uchun Gradlening minimal versiyasi talab qilinadi

uni ushbu gradle-plugin linki yoki quyidagi jadval orqali bilish mumkin:



Gradle-Plugin

Masalan, Android Gradle Plugin 3.6.0+ versiyasi Gradlening minimal 5.6.4 versiyasini talab qiladi.

Gradle Wrapper

Gradleni Gradle Wrapper(qisqacha Wrapper) yordamida o'rnatish tavsiya etiladi. Wrapper - bu Gradlening loyihada e'lon qilingan versiyasini agar u cache xotirada mavjud bo'lmasa, ko'rsatilgan linkdan yuklab oladigan skript hisoblanadi. Keyingi safar gradle plugin ishlatilganda cache xotiradan olib ishlataveradi, har safar internetdan ko'chirib olishga hojat yo'q. Ushbu xususiyat loyihani qurishni sezilarli ravishda tezlashtiribgina qolmay vaqt va puldan tejash imkonini beradi.

Ushbu Wrapper sozlamalari loyiha katalogi ostidagi gradle-wrapper.properties  dan sozlash mumkin bo'ladi. Masalan quyidagicha:

distributionUrl=https\://services.gradle.org/distributions/gradle-5.6.4-all.zip

yoki Project structure orqali ham sozlash mumkin buning uchun Android Studioda Ctrl+Alt+Shift+S klavishlar kombinatsiyasi bosiladi. Quyidagi oyna hosil bo'ladi:



Project structure

Ikkinchi maydonni o'zgartirish orqali Gradle versionni sozlash imkoniyatiga egamiz.

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Endi shu Gradle va shu bilan birga Kotlin plugini bilan bog'liq xatoliklarga to'xtalib o'tsak.

Aytaylik birorta kompyuterda Android studioda ochilgan loyihani o'zimizning kompyutermizga ko'chiradigan bo'lsak yoki Internetdan open-source loyihaning kodini yuklab oladigan bo'lsak Gradle versiyasi, Android Gradle Plugin yoki Kotlin plugin versiyasi bilan bo'g'liq muammolarga duch kelamiz. Bu avvalo ikkita sababga ko'ra bo'lishi mumkin.



  • Boshqa kompyuterda ochilgan loyihaning Gradle yoki Kotlin plugin versiyasi yuqori bo'lishi hisobiga

  • Internetdan yuklab olingan loyihaning Gradle yoki Kotlin plugin versiyasi pastligi hisobiga

birinchi holat asosan narigi kompyuterda Android Studioning oxirgi versiyasi o'rnatilgan va shunga mutanosib ravishda Gradle, Android Gradle Plugin va Kotlin versiyalari oxirgisiga yangilangani hisobiga bo'lishi mumkin. Agar bizda Internet trafik cheklanmagan miqdorda va yuqori tezlikda bo'lsa buni Gradle offline modeni o'chirib qayta sinxronizatsiya qilish orqali internetdan yuklab olish mumkin.

Ha aytgancha Android Studioning 3.6.0+ versiyasidan boshlab Offline modeni o'chirib yoqish biroz o'zgargan. Buning uchun menular qatoridan

View->Tool Windows->Gradle

bosiladi va quyidagi oyna hosil bo'ladi:



shu yerdagi Toggle Offline Mode buttoni orqali o'chirib yoqishimiz mumkin bo'ladi.



Toggle Offline Mode

Lekin "Internet orqali yuklab olishda muammo bo'lganda taqdirdachi, cache xotirada bor Gradledan yoki kotlin plugindan foydalansak bo'lmaydimi" degan savol tug'iladi.


Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling