Android studioda uchraydigan ba'zi xatoliklar


Download 370.23 Kb.
bet2/3
Sana26.04.2020
Hajmi370.23 Kb.
#101495
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


1-holat

Aytaylik shu kungacha Android Studioning 3.6.2 versiyasini ishlatib kelayotgandik lekin do'stimiz yoki ustozimiz bizga yangi loyihani zip holatda tashlab berdi. Bu loyiha Android Studioning 3.6.3 versiyasida qilingan va mutanosib ravishda Android Gradle Pluginning ham 3.6.3 versiyasidan foydalanilgan. Lekin biz hali Android Studioni ma'lum sabablarga ko'ra yangilamaganmiz va hali ham 3.6.2 versiyadan foydalanyapmiz.



Bunda bizning komyuterda bor Gradle versiyasi 5.6.4 va bu boshqa kompyuterda ochilgan Android loyiha Gradle versiyasi bilan bir xil. Lekin Android Gradle Plugin versiyasi farqli ya'ni bizdagi 3.6.2, narigi loyihaniki esa 3.6.3, bu esa bizning kompyutermizda yo'q. Agar biz loyihani sinxronizatsiya qilsak quyidagicha xatolik tashlaydi:

Bu xatolikni to'g'irlash uchun Android studioda loyihaning Project structure oynasiga kiramiz va undagi birinchi maydondagi 3.6.3 versiyani 3.6.2 ga o'zgartiramiz keyin sozlamalarni saqlaymiz.





OK ni bosishimiz bilanoq Gradle qaytadan sinxronizatsiya bo'ladi va hammasi tayyor. :)

Successful 😊



2-holat

Internetdan biror open-source loyihaning kodini tortib olib uni Android Studioda ochadigan bo'lsak bu holatda Gradle versiyasi ham Android Gradle Plugin versiyasi ham biznikidan ko'ra eskiroq bo'ladi, tabiiyki bizda bu Gradle versiyalari bo'lish ehtimoli kam. Shunday ekan bu loyihani ochib sinxronizatsiya qiladigan bo'lsak quyidagi xatolikni tashlaydi:



Bunga sabab esa Gradle versiyasi eskiligi. Android Studio shu versiyani internetdan yuklab olishga harakat qilib, internet yo'qligi uchun xatolik tashlaydi. Xo'sh qanday qilib bizdagi bor Gradle versiyadan foydalanib proyektni run qilishimiz mumkin?



Buning uchun yana loyihaning Project structure(Ctrl+Alt+Shift+S) oynasiga kiramiz.

Gradle versiya bizda boridan ancha faqrli ekanini ko'ramiz

Birinchi maydondagi Android Gradle Plugin Version maydonini 3.6.2 ga Gradle version maydonini esa 5.6.4 ga o'zgartiramiz va OK ni bosib saqlaymiz.


Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling