Termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, energiya yoʻqolmaydi va yoʻqdan bor boʻlmaydi. Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yoʻqolsa, uning oʻrniga ekvivalent miqdorda boshqa bir turi paydo boʻladi. Qonunga shunday ta’rif berilgan: - Termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, energiya yoʻqolmaydi va yoʻqdan bor boʻlmaydi. Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yoʻqolsa, uning oʻrniga ekvivalent miqdorda boshqa bir turi paydo boʻladi. Qonunga shunday ta’rif berilgan:
- agar biror-bir sistemaga ma’lum miqdorda Q issiqlik berilsa, u holda Q miqdori sistema ΔU ichki energiyasining ortishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan A ishga sarf boʻladi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha ifodalanadi.
- Q = ΔU + A
- Bunda: ΔU – sistema ichki energiyasining oʻzgarishi,
- Q – sistemaga berilgan issiqlik miqdori,
- A – porshen koʻtarilishi uchun bajarilgan ish.
Faraz qilaylik, biz koʻrib chiqayotgan sistema bu rasmda koʻrsatilgandek, silindrga joylashtirilgan gaz boʻlsin. Silindrga erkin harakatlanuvchi porshen oʻrnatilgan. Porshenning harakati bosimni oʻzgartiradi, bunda hajm ham oʻzgaradi. Porshen yordamida gazni siqsak, bosim ortadi, hajm kamayadi, ish bajariladi. - Faraz qilaylik, biz koʻrib chiqayotgan sistema bu rasmda koʻrsatilgandek, silindrga joylashtirilgan gaz boʻlsin. Silindrga erkin harakatlanuvchi porshen oʻrnatilgan. Porshenning harakati bosimni oʻzgartiradi, bunda hajm ham oʻzgaradi. Porshen yordamida gazni siqsak, bosim ortadi, hajm kamayadi, ish bajariladi.
- ΔU = Q - pΔV
- Bunda: p – sistemaning bosimi ΔV – sistema hajmining oʻzgarishi pΔV = A boʻlganligi uchun,
- ΔU = Q – A
koʻrinishida yozish ham mumkin. Bu formula sistemaga berilgan issiqlik ichki energiyaning ortishiga sarflanishini ifodalaydi: - Bu formula sistemaga berilgan issiqlik ichki energiyaning ortishiga sarflanishini ifodalaydi:
- Q= ΔU + pΔV
Do'stlaringiz bilan baham: |