Faza – geterogen sistemadagi bir xil tarkibga va bir xil termodinamik xossalarga ega boʻlgan gomogen qismlarning yigʻindisidir. - Faza – geterogen sistemadagi bir xil tarkibga va bir xil termodinamik xossalarga ega boʻlgan gomogen qismlarning yigʻindisidir.
- Gomogen sistema – bir fazali sistema, geterogen sistema – bir necha fazali sistemadir, demak, geterogen sistemaning gomogen qismlari fazalardir.
- Sistemaning berilgan vaqtdagi fizik va kimyoviy xossalari toʻplami sistemaning holati deb ataladi.
Sistemaning holatini ifodalaydigan sonlar parametrlar deyiladi. Masalan, sogʻlom va kasal odamning holatini harorat, bosim, biologik suyuqliklarning kimyoviy tarkibi va hokazo parametrlar ifodalaydi. - Sistemaning holatini ifodalaydigan sonlar parametrlar deyiladi. Masalan, sogʻlom va kasal odamning holatini harorat, bosim, biologik suyuqliklarning kimyoviy tarkibi va hokazo parametrlar ifodalaydi.
- Sistema holatining vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi – termodinamik hodisa deyiladi. Masalan, odamning kasalligi – bu termodinamik hodisadir, chunki, bu holatda odam organizmida harorat, bosim, suyuqliklarning kimyoviy tarkibi (siydik, qon, me’da shirasi va hokazo), organizm vazni va boshqa parametrlar oʻzgaradi.
Termodinamikaning birinchi qonuni - Termodinamikaning birinchi qonuni energiya va ish tushunchasiga asoslangan boʻlib, bu kattaliklarning oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi. Har qanday sistema ma’lum bir energiya miqdori bilan xarakterlanadi. Bunda toʻliq energiya miqdori ΔE uch turdagi energiyalar yigʻindisidan iborat boʻladi.
- ΔE = ΔEkin + ΔEpot + Δeichki
- ΔEpot- qiymati umumiy energiyaga deyarli ta’sir etmaydi. ΔEkin- esa nolga yaqinlashadi. Demak, sistemaning toʻliq energiyasi asosan, ichki energiya miqdoriga bogʻliq boʻladi.
Termodinamikaning birinchi qonunidan quyidagi xulosalar chiqadi: - 1. Issiqlik sarflanmasdan ish bajarib boʻlmaydi yoki ajratilgan sistemada barcha turdagi energiyalar yigʻindisi o ‘zgarmas qiymatga ega.
- 2. Energiya sarflanmasdan abadiy ishlaydigan mashina qurib boʻlmaydi.
- 3. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va bordan yoʻq boʻlmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |