Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan


Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar


Download 200.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana16.10.2023
Hajmi200.45 Kb.
#1705188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar 
soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, 


10 
biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining 
alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab 
chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati 
hisoblanadi. 
Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari, 
mineral ichimliklari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish 
mumkin. 
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan 
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni 
juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki 
xaridor mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati 
hisoblanadi. Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan 
yetishtirilayotgan paxta tolasi va ularni shartnoma asosida 
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul 
qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O’zpaxtasanoat” aksiyadorlik 
jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta 
yetishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan yetishtirilgan paxta xom-
ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi. 

Download 200.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling