Angren universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi
Download 237 Kb.
|
BOG`LOVCHILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkor bog‘lovchisi
- Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
- Bordiyu
Ayiruv bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni yoki gap bo‘laklarini bir – biridan ajratib, ta’kidlab bog‘laydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p qo‘llanadigan ayiruvchi bog‘lovchilar: yo, yoki, yoxud, yoinki, yo…, yo…, goh…, goh; dam…, dam; bir…, bir; ba’zan…., ba’zan; xoh., xoh.
Bulardan yo, yoki, yoxud, yoinki bog’lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. U ham ko‘p o‘tmay yo injener, yoki o‘qituvchi bo‘lib ishlashi mumkin. (O.) goh…, goh; dam…, dam; bir…, bir; ba’zan…, ba’zan bog‘lovchilari esa, uyushgan bo‘laklarning yoki qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarning oldida takrorlanib kelib, ularni ayiruv yo‘li bilan bog‘laydi: Dam qor yog‘adi, dam yomg‘ir tomchilaydi. Inkor bog‘lovchisina so‘zidan iborat bo‘lib, uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni inkor ma’nosi orqali bog‘lab, takrorlangan holda qo‘llanadi: U hozir na odamlarni, na ularning gapini pisand qilardi. Unda na insof bor, na diyonat. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarni ergashtirish, tobelash yo‘li bilan bog‘laydi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: Aniqlov bog‘lovchilari (ya’ni, -ki(-kim) ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun ishlatilib, bosh gapda ifodalangan fikrni aniqlab, izohlab ko‘rsatadi: Deydilarkim, oyda ham dog‘ bor (U). Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab, sabab, natija ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Biz o‘z vatanimizni sevamiz, shuning uchun uning tarixini yaxshi bilmog‘imiz zarur. Shart bog‘lovchilari agar, gar, agarda, basharti, mabodo, garchi shart va to‘siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatidagi shartni, shu bilan birga, to‘siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Gar shu eshitganim bo‘lmasa ro‘yo, Sen ona emassan, dorsan tabiat (A.O). Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi: Oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday (O.) Bulardan tashqari, boshqa turkumga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: bordiyu shart bog‘lovchi vazifasida (Bordiyu hayotda uchratolmasam, uylab xayolimda yaratardim); deb maqsad bog‘lovchisi vazifasida (Hosilimiz mo‘l bo‘lsin deb, tinimsiz mehnat qildik) ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar ham vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi. Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, yo…yo, ham…ham, dam…dam, goh…goh. Bilan ko’makchisi ba’zan uyushiq bo’laklarni bog’lab kelganda bog’lovchi vazifasini bajaradi. Qalam bilan daftar oldim. O’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lab kelganda ko’makchi vazifasini bajaradi. Qalam bilan yozdim. Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra teng va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi. Uyushiq bo’laklar va o’zaro teng munosabatdagi gaplarni bog’lab keluvchi bog’lovchilar teng bog’lovchilar hisoblanadi. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’lak va gaplarni bog’lash bilan birga ular o’rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. SHunga ko’ra teng bog’lovchilar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Biriktiruv bog’lovchilari: va, hamda, bilan, ham. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki. Ayiruv bog’lovchilari: yoki, yo…yo, ham…ham, goh…goh, dam…dam,bir…bir. Inkor bog’lovchisi: na…na. SHunga ko’ra teng bog’lovchilar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Biriktiruv bog’lovchilari: va, hamda, bilan, ham. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki. Ayiruv bog’lovchilari: yoki, yo…yo, ham…ham, goh…goh, dam…dam,bir…bir. Inkor bog’lovchisi: na…na. Bog’lovchilar ham xuddi ko’makchilar singari sof va vazifadosh turlarga bo’linadi. Faqat bog’lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so’zlar sof bog’lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi. Bir o’rinda bog’lovchi, boshqa o’rinda ko’makchi, yuklama yoki modal so’z vazifasida keluvchi yordamchilar vazifadosh bog’lovchilar sanaladi. Masalan: bilan ham ko’makchi, ham bog’lovchi; ham na…na ham bog’lovchi, ham yuklama; -u, -yu, -da yordamchilari ham yuklama, ham bog’lovchi; balki ham bog;lovchi, ham modal so’z vazifasini bajaradi. Uyushiq bo’laklarni va uyushiq gaplarni o’zaro biriktirib keluvchi bog’lovchilar biriktiruv bog’lovchilari hisoblanadi. Biriktiruv bog’lovchilariga va, hamda sof bog;lovchilari, bilan ko’makchi-bog’lovchisi, -u, -yu, -da, ham yuklama-bog’lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog’lovchi vazifasida takror holda qo’llaniladi. _U (-yu) –da o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi,lekin uyushiq bo’laklar o’rtasida vergul qo’yilmaydi. Bu she’r menga bag’ishlangani uchungina emas, balki unda ulug’ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling