Aniq fanlar’’ fakulteti,,Fizika va Astronomiya o’qitish metodikasi’’ yo’nalishi


Download 263.33 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi263.33 Kb.
#215220
1   2   3   4
Bog'liq
ozoda mustaqil ish

P=

P-sel oqimi kuchi, m- sel oqimi massasi, V-sel oqimi tezligi. Sel jarayoni xalq xo`jaligiga juda katta zarar keltiradi, oqim yo`lida uchragan inshoatlarni, yo`llarni, qishloq va shaharlarni, bog`-rog`larni, ko`priklarni voyron qilib ketadi, katta maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan ko`mib tashlaydi. Sel –arabcha so`z bo`lib, tog`lik hududlardagi suv toshqini ma’nosini anglatadi.Sel oqimlari ozi bilan olib ketayotgan qattiq zarrachalarni o`lchamiga qarab 3 guruhga bo`linadi:

-suv-toshli sellar;

-loyqa sellar;

-aralash sellar;






oxirgi 100 yil ichida Ozbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimi ko`zatiladi. Bulardan 1400 dan ortig`i loyqa, 350 dan ortig`i suv-toshli, 650 dan ortig`i aralash sellardir. Respublikamizning Farg`ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida ham sel oqimlari kuzatilib turiladi. Sel oqimlari respublikamiz hududlarida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz beradi, bunga sabab hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bo`lib, bahor oylaridagi kuchli (jala) yomg`irlar, haroratning issiq kelishi, tog`liklarda muzlik va qorlarning tez erishi, daryo o`zani qiyaligining 3-50 dan kattaligi, suv yig`ish maydonida zarrachalarni bog`lanmagan bo`shroq tog` jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bo`lib hisoblanadi.

Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo`lishi mumkin bo`lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur o`rganish, atrof muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etishda katta xalq xo`jalik ahamiyatiga ega. shuning uchun sel xodisasini bartaraf qilish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy amaliy xulosalarga tadbir-choralarga asoslangan bo`lmog`i kerak. Bular qo`yidagilardan iborat:

1. Sel bo`lishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig`ish maydonida bo’shroq tog` jinslarining yig`ilishini oldini olish, oqar suvlar oqimiga to’sqinlik qiluvchi tabiiy va sun’iy to’siqlardan tozalash ishlari.

2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish maydonlarini muhofaza qilish, yani bu maydonlarda o`simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgor qilish va sug`orish ishlarini olib borishni chegaralash.

3. O`rmon xo`jaliklarini rivojlantirish, yani, tog` yonbag`irlarida

butalar va daraxtlarning ekilishini yo`lga qo`yish talab etiladi. Chunki bu o`simliklar tog` jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi.

4. Tog`li hududlardagi daryolarning o`zanida suv oqimini boshqaruvchi inshoatlar qurish, tabiiy, sun’iy to`g`onlarni tartibga solish, temir, avtomobil yo`llari ostiga sel o`tkazuvchi katta diometrli quvurlar yotqizish ishlari.

Qor ko`chkisi, kelib chiqishi sabablari va falokatli oqibatlari.

Tog`larning tik yonbag`irlaridan qor massasining ag`darilib yoki sirpanib tushishi qor ko`chkilari deb ataladi.

Baland tog`larning o`stiga qish faslida ko`p qor yog`ib uning qalinligi oshadi. O`z og`irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib yonbag`irlikda pastga qarab osilib turadi va qalinligi oshgan sari turg`unligi susayib boradi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan hosil bo`lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib yonbag`irdan pastga qarab siljiy boshlaydi yoki ag`darilib tushadi. Qor kuchkilari quruq yoki ho’l bo`lishi mumkin. Agar qorning o`stki qismi biroz muzlagan bo`lib, uning ustiga qalin qor yog`sa va ma’lum sabablarga ko`ra pastga qarab siljisa, quruq kuchki hosil bo`ladi. Bunday hollarda ko’chkilar juda ham katta bo`ladi. Bahor oylarida qor erigan suvining shimilib, qorning tagini ho’llashi natijasida qor massasining turg`unligi kamayib pastga ag`darilib tushushidan ho’l ko’chki hosil bo`ladi.

Quruq ko’chkilar pastga qarab harakat qilgan vaqtda yon atrofdagi qor massalarini va tog’ jinslarini o`zi bilan surib ketadi. Natijada qorning massasi kattalashadi, hajmi 2 mln.km3 ga, ko`chki kuchi esa soatiga 250-350 km ga yetib, o`z yo`lidagi o`rmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshoatlarni vayron qiladi. Harakat qilayotgan qor massasining oldida vayronalik keltiradigan kuchga ega bo`lgan havo to`lqini yuzaga kelib, uning kuchi har kv.m ga 100-120 m ga to`g`ri keladi.



Hozirgi vaqtda tog`li hududlarda suv omborlari yani GES lar, bolalar oromgohlari, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi munosabati bilan qor ko`chkilari sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlar haritalarga tushirilib, o`rganib chiqilgan. Ularning xavfi bor maydonlarda qurish man etiladi. Lekin bunday maydonlarda qor ko`chkilarining oldini oladigan muhandislik choralarini ko`rib, imorat va inshoatlar qurish mumkin bo`ladi. Bu choralarga yonbag`irlarni tekslab, daraxtzor barpo etish, harakatga kelishi
mumkin bo`lgan qor uyumlarini oz-ozdan yuqotish, maxsus muhandislik qurilmalari-damba, qor ko`chkisining harakat yo`nalishini o`zgartiradigan ariqlar devorlar qurish yonbag`irlaridagi yo`llarni tosh va temir betondan yasalgan galeriya bilan to’sish, qor ko`chkilarini o`tkazib yuboradigan tunillar qurishdan iborat.

Xulosa

Markaziy Osiyoning sеysmik jihatdan eng faol zonalaridan biri bo‘lib , O‘zbеkiston hududida zilzilalarning ko‘p qismi 8 balldan 10 ballgacha bo‘lmoqda . 2007 yilda mamlakat Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va qayta tiklash Global Fondining tabiiy ofat xavfi eng yuqori mamlakatlar ro‘yxatida 24-o‘rinda turadi. Shunga muvofiq ravishda O‘zbеkistonning umumiy maydonining 9,3 foiziga tеxnogеn yoki tabiiy ofatlar xavf soladi, bunda shu kabi tumanlarda mamlakat aholisining 65,6 foizi yashaydi va milliy YaIM ning 65, 5 foiz (yiliga 12 mlrd) ini aynan shu tumanlar ta’minlaydi.

O‘zbеkiston Rеspublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha salohiyatini mustahkamlash” ga mos ravishda tabiiy ofatlar xavfini pasaytirishning barqaror mеxanizmini yaratishda tеgishli tashkilotlar tajribasini oshirishga BMTTD tomonidan ko‘maklashish maqsadida amalga oshiriladi.

Loyihaning maqsadi O‘zbеkistonning tabiiy tеxnogеn ofatlarga tayyorligi sohasida va O‘zbеkiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda ularga chora ko‘rish salohiyatini oshirish hisoblanadi. O‘zbеkiston zilzila va boshqa tabiiy ofatlar natijasida insonlar hayoti va mulkni yo‘qotgan mamlakatlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarda turadi.Shu maqsadda hozirgi paytda xavflarni bartaraf etishning zamonaviy metodlari ustida qator ishlar, malaka almashinuv jarayonlari olib borilmoqda .

Adabiyotlar:


  1. Fuqoro muhofazasi asoslari” Toshkent 2003 yil ma’ruzalar to’plami.

  2. Harbiy toksikologiya va tibbiy muhofaza” Ibn sino 1997 yil I.i. Mamatov

3.”Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhifazasi” Toshkent 2005 yil

O.Qudratov. T.G’aniyev

4.”Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash”Toshkent 2006yil R.Ramazonova
Download 263.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling