13-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FOLIYATIDA BANKROTLIK VA FRANCHAYZING
Reja:
Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv xodisasidir.
Kichik biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari.
Kichik biznes subyektlarini tugatish va qayta tashkil etish
Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv xodisasidir.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini takomillashib borishi munosabati bilan Respublikada faoliyat olib borayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarini barqaror va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun etarli shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi «Bankrotlik to’g’risida» gi Yangi tahrirdagi Qonunda bankrotlik va asosiy foydalaniladigan atamalarga quyidagicha tarif berilgan:
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi;
Kelishuv bitimi - taraflarning sud nizosini o’zaro yon berish asosida tugatish to’g’risidagi bitimi;
Kreditorlar - qarzdor pul majburiyatlari bo’yicha va (yoki) majburiy to’lovlar majburiyatini bajarish bo’yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo’lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog’lig’iga zarar etkazilganligi uchun javobgar bo’lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o’z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno);
Kreditorlar yig’ilishi (kreditorlar qo’mitasi) vakili - bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
Kuzatuv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o’tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Do'stlaringiz bilan baham: |