Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 324.93 Kb.
bet4/67
Sana16.11.2023
Hajmi324.93 Kb.
#1778778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-fayllar.org

Moliyaning xususiyatli belgilari














Munosabatlarning pulli xususiyati:
1.Yaratilgan qiymatni taqsimlash bilan bog‘liq pul munosabatlari.
2. Turli xil pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq munosabatlar.




Munosabatlarning taqsimlash xususiyati:
1.Birlamchi taqsimlash (ish haqi fondini shakllantirish, foydani shakllantirish va boshqalar).
2.Qayta taqsimlash
(ish haqi fondini taqsimlash, foydani taqsimlash, soliqlar).




Munosabatlarning fondlilik xususiyati:
1.Markazlashtirilgan pul fondlari
(davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar)
2.Markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan moddiy rag‘batlantirish, iste’mol va boshqa fondlar).

Moliya dastlab har qanday pul to‘lovlarini anglatgan bo‘lib, keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim elementlaridan biriga aylanib koldi.

Ammo, har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. SHuning uchun ham, moliya va pul o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bilan birgalikda ularning ma’lum farqlari ham mavjud.
CHunonchi, pul-tovarlar dunyosidan ajralib chiqqan va barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini uynovchi maxsus tovardir.
Moliya esa o‘ziga xos pul munosabatlari tizimini qamrab oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimidir.

MOLIYA – davlatning o’z funktsiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir.

Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil kiladi.

Pul aylanishining ikki xil turi mavjud:

Moliya o‘ziga xos tarixiy kategoriya hisoblanadi. Ma’lumki, pulning vujudga kelishi va ahamiyati insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Kishilik sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayoq pul paydo bo‘ldi, tovar-pul munosabatlari yuzaga keldi va rivojlandi, davlatlar shakllandi. Ammo, nima uchun moliya o‘rta arslarda paydo bo‘ldi degan qonuniyatli savol yuzaga kelishi tabiiydir. Bu davrda moliya yuzaga kelishining ob’ektiv shart-sharoitlarini quyidagicha izohlash mumkin:


1. O‘sha davrlarda qator davlatlarda ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo‘la boshladiki, ularni hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mablag‘lariga ehtiyoj seza boshladi.
2. O‘sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va undan foydalanish tizimli xususiyatga ega bo‘la boshladi. O‘sha davrlardayoq, harajatlarning to‘rt turi amal qila boshlagan edi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot xarajatlari, ijtimoiy soha xarajatlari va boshqaruv xarajatlari.
3. O‘sha davrda soliq to‘lovlarini undirishning pul shakli ustuvor tarzda rivojlanayotgan edi.







Download 324.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling