Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Siklоаlkanlar deb qanday moddalarga aytiladi.
Siklоаlkanlarning sinflanishini tushuntiring.
Siklоаlkanlarning olinish usullarini yozing.
Siklоаlkanlarni fizikaviy xossalarini ayting.
Siklоаlkanlarni kimyoviy xossalarini tushuntiring.
Siklоаlkanlar konformatsiyasi haqida malumot bering.
Bаyеrning kuchlаnishlаr nаzаriyasi nima haqda?
18-mavzu: KARBON KISLATALARNING TUZULISHI , NOMLANISHI, IZOMERIYASI VA OLINISH USULLARI .(2 soat amaliy mashg’ulot)
Reja:
Тo’yingan bir asosli karbon kislotalar tuzilishi,
Nomenklaturasi,
Izomeriyasi
Tayanch so’z va iboralar: Karbon kislotalar tuzilishi, nomenklaturasi, izomeriyasi;
Karbon kislotalar tuzilishi, nomenklaturasi, izomeriyasi. Molekulasida karboksil guruhi –COOH tutgan uglevodorodlarning hosilalariga karbon kislotalar deyiladi. Karbon kislotalar karboksil guruhining soniga va uglevodorod qoldig’ining tabiatiga qarab monokarbon, dikarbon va polikarbon kislotalarga, krabon kislotalarning funktsional hosilalariga bo’linadi.
Monokarbon kislotalar uglerod radikalining tabiatiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
to’yingan monokarbon kislotalar CnH2n1COOH va halqa tutgan kislotalar
to’yinmagan monokarbon kislotalar CnH2n-1COOH, CnH2n-3COOH ;
arenmonokarbon kislotalarga ArCOOH, ArCH2COOH, ArCHCHCOOH.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. To‘yingan bir asosli karbon kislotalar yog‘ kislotalar deb ham ataladi, chunki bu kislotalarning birinchi vakili yog‘lardan olingan. To‘yingan bir asosli yog‘ kislotalarni nomlashda, ko‘pincha
ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligini ko‘rsatadi, masalan, ularning birinchi vakili H—COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dastlab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o‘xshash, valerian kislota — valeriana o‘simligining ildizidan olingan.
Ba’zida tarmoqlangan tuzilishga ega bo’lgan kislotalarni nomlashda -, -, -, - harflaridan foydalaniladi:
Kislotalarni ratsional nomenklatura bo’yicha sirka kislotani asos qilib olib, atrofidagi radikallarni nomini yozgan holda nomlash mumkin. Masalan:
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi:
To‘yingan karbon kislotalarda aldegidlardagi singari izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining va karboksil gruppaning zanjirda turlicha joylanishidan kelib chiqadigan izomeriyasi mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |