Nazorat savollari
Murakkab efirlarga umumiy ta’rif, nomenklaturasi, olish usullari va xossalari haqida nimalarni bilasiz?
Yog’lar, sovunlar haqida malumot bering.
Pereeterifikatsiya nima?
Detergentlar nima?
Mavzu : Oqsillar laboratoriya
AMINOKISLOTALAR. OQSILLARGA XOS SIFAT REAKSIYALAR
Ishning bajarilishi
1 - tajriba. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar
Reaktiv va materiallar : tuxum oqsili eritmasi, kons. nitrat kislota, 10 % li ammiak eritmasi, natriy gidroksidning 10 % li eritmasi, 2 % li mis (II)- sulfat eritmasi; probirkalar, menzurka, isitish asbobi.
1. Ksantoprotein reaksiyasi. Probirkaga 2–3 ml tuxum oqsili eritmasidan quying va unga ehtiyotkorlik bilan 1–2 ml kons. HNO3 qo’shing va bu aralashmani ohistalik bilan qizdiring. Bunda oqsil moddasi bir joyga to’planib oladi va sariq bo’yalish ro’y beradi. Probirkadagi aralashmaga 10 % li ammiak eritmasidan qo’shganda sariq rangli eritma to’q-sariq rangga bo’yaladi. Bunday bo’yalish oqsil moddalar tarkibida aromatik yadrolar (fenilalanin, tirozin, triptofan) ning borligini ko’rsatadi.
2. Biuret reaksiyasi. Probirkaga 2–3 ml tuxum oqsili eritmasi, 2–3 ml o’yuvchi natriyning 10 % li eritmasidan quying va unga 2 % li mis (II)- sulfat eritmasidan 1–2 tomchi tomizing. Bunda eritma binafsha rangga bo’yaladi. Bu bo’yalish oqsil tarkibida (–NH–CO– ) peptid bog’i borligini ko’rsatadi.
2 - tajriba. Oqsillarning cho’kishi
Reaktiv va materiallar : tuxum oqsili eritmasi, etil spirti, mis (II)- sulfatning to’yingan eritmasi, 20 % li Pb(CH3COO)2 eritmasi; probirkalar, menzurka, spirt lampasi yoki isitish asbobi.
1. Oqsillarni qizdirish natijasida cho’kishi (ivishi). Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 2–3 ml quying va qaynaguncha qizdiring. Bunda oqsil pag’a-pag’a bo’lib, loyqa holda cho’kmaga tushishini kuzating.
2. Oqsillarni spirt bilan cho’ktirish. Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 2–3 ml quying va unga ozgina etil spirti qo’shilsa, cho’kma hosil bo’ladi. Agar bu cho’kmaga tezlik bilan dstillangan suv qshilsa cho’kma erib ketadi.
2. Oqsillarning tuzlar ta’sirida cho’kishi. Ikkita probirka olib, ularga tuxum oqsili eritmasidan 1–2 ml quying. So’ngra birinchi probirkaga mis (II)- sulfatning to’yingan eritmasidan, ikkinchisiga esa 20 % li qo’rg’oshin (II)- atsetat eritmasidan qo’shing va probirkalarni chayqating. Bunda har ikala probirkada cho’kma hosil bo’lishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |